Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish


Aerokosmogeologik qidirish usullari


Download 4.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/77
Sana10.11.2023
Hajmi4.44 Mb.
#1760762
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   77
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari (2)

Aerokosmogeologik qidirish usullari 
Kosmik tasvirlarni geologik deshifrovkasi va aerovizual kuzatuvlar hozirgi 
sharoitda eng asosiy izlanish usullaridan sanaladilar. 1:1000000 dan to 1:10000 



32

gacha bo„lgan masshtabdagi geologik tasvirlar hozirgi paytda raqamli kosmik 
tasvirlarni kompyuterlashtirilgan deshifrovkasi va aerofototasvir materiallari 
asosida o„tkaziladi. Aerokosmofotosuratlarni geologik deshifrovka qilish usullari 
va apparaturasining rivojlanishi hamda takomillashishi tadqiq qilinayotgan joyning 
geologik tuzilishini bilish va foydali qazilmalarni izlash uchun geologlar qo„liga 
qimmatbaho material berdi. 
Aerokosmoizlanishlar foydalilik, rejalilik, tezlik va samaradorlik bilan 
tavsiflanadi. Ishning yetakchi usuli - geologik deshifrovkadir. Uning vazifasiga 
aerokosmofotosuratlarda ayrim tog„ jinslarining, gorizontlarning, turli litologik 
tarkibli svitalarning tarqalish chegaralarini aniqlash va kuzatish, tog„ jinslari 
joylashuvida yotish elementlari, qatlamlar qalinligi nomosliklarining turli tiplarini 
aniqlash, turli tipdagi strukturalar, tektonik buzilishlarni belgilash va tahlil qilish
turli tog„ jinslari yuzasida kechuvchi fizik-geologik jarayonlarni aniqlash va tahlil 
qilish, hududning geomorfo logik xususiyatlarini o„rganish va tahlil qilish, 
aerokosmofotosuratlarda izlash belgilarini belgilash va o„rganish kiradi. 
Geologik deshifrovkada bevosita va bilvosita deshifrovka belgilari 
foydalaniladi. Bevosita deshifrovka belgilari geometrik (deshifrovka qilinayotgan 
obyektlar uchun xos bo„lgan maydon konfiguratsiyasi, uzunlik o„lchamlari, hajmiy 
shakllar) va fotogrammetrik (oq-qora suratlarda deshifrovka qilinayotgan obyekt 
fototonidan yoki rangli suratlarda ularning bo„yoqlaridan foydalanish) belgilariga 
bo„linadi. Bilvosita belgilar esa geomorfologik belgilar (relyef shakllari va 
gidrotarmoq tuzilishi, asosan tog„ jinslarining moddiy tarkibi, fizik-geologik 
xossalari, yotish sharoitlari, hududning tektonik va tabiiy geografik sharoitlari 
bilan bog„liq) bilan birga geobotanik, antropogen va zoogen belgilarini ham o„z 
ichiga oladi. 
Deshifrovka qilish hozirgi davrda raqamli kosmofotosuratlarni keng qo„llashga 
asoslangan bo„lib, murakkab kompyuter tarmoqlari va dasturiy vositalar (Kirsh, 
Sobel, ITS va boshqalar) ishlatilgan holda amalga oshiriladi. Ana‟naviy 
qo„llaniladigan eng sodda asbob stereoskop hisoblanadi. Unda deshifrovka qilish 
jarayoni sodda bo„lgani bilan ma‟lum bir ko„nikmalarni talab qiladi. 
Avtomatlashgan dasturlar yordamida raqamli tasvirlarning deshifrovkasi esa, jadal 
ravishda rivojlanayotgan yo„nalish sifatida geologlardan amaliy tajriba bilan bir 
qatorda kompyuterni qo„llash malakasini ham talab qiladi. 
Aerovizual kuzatish materiallarini deshifrovka qilish va qayta ishlash parvoz 
tugashi bilanoq amalga oshiriladi. Aerokosmik kuzatishlar va deshifrovka esa, 
geologik tasvir va izlash jarayonlari natijalari sifatida hisobotlarda aks ettiriladi. 
Qo„llangan hamma materiallar (suratlar va boshqalar) aks ettirilgan barcha chizma 
va jurnallar mavzuviy va dala ishlari hujjatlari tarkibiga kiradi. 

Download 4.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling