Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish
Download 4.44 Mb. Pdf ko'rish
|
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shlix namunalarini yuvish.
Shlih namunalarini olish. Shlix namunalari asosan og„ir mineral fraksiyalari
to„planadigan joylardan olinadi. Namuna olsh uchun eng qulay joy tub tog„ jinsi ustiga joylashgan kichik qalinlikdagi allyuvial yotqiziqlar hisoblanadi. Shuningdek shlix namunalari daryo, quruq soy va ularning tarmoqlaridan, o„zanlardan olinadi. Undan tashqari tub tog„ jinslaridan namunalar olinib, bo„laklarining kattaligi 0,2-0,6 mm. qilib maydalanib sun‟iy shlix tayyorlanadi. Olinadigan shlix namunasining soni va to„r zichligi qidirshning mukammalligiga bog„liq. Masalan: 100 km maydondan 100 ga yaqin namuna olinishi mumkin. Shlix namunalarini olish nuqtalarining oralig„i asa 500-2000 m. ni tashkil qiladi. Shlix namunasi asosan maxsus qazilgan o„rachadan olinadi. O„rachaning chuqurligi 0,2 dan 1,5 m. bo„lishi mumkin. Shlix namunasining og„irligi 30-50 kg. tashkil qiladi. Olingan - 29 - hamma shlix namunalari xujjatlashtirilib dala daftarida rasmiylashtiriladi. Dala daftarida shlix namunasining tartibi, olingan joyi, tog„ jinslarining genetik turi, qisqa ta‟rifi, olingan chuqurligi, shlix namunasining hajmi, shlix massasi ko„rsatiladi. Shlix namunalarini yuvish. Oligan shlix namunasi tarkibidagi mineral konsentratlarini aniqlash maqsadida yuviladi. Yuvilgan shlix namunasidan 10-15 g. qoldiq qoladi. Buning uchun 30-50 kg. bo„shoq jinslar yuvilishi talab qilinadi. Shlix namunalarini yuvish maxsus sig„imi 0,005 m., 0,01 m. bo„lgan cho„michda (lotok) amalga oshiriladi. Yuvish jarayoni 3 bosqichda olib boriladi: Birinchi bosqichda lotokga solingan shlix namunasi suvga cho„ktirilib maxsus asbobda yoki qo„lda shalabbo qilinadi. Natijada gilli zarrachalar ho„llanadi va lotokdan suv bilan chiqib ketadi. Shu vaqtning o„zida lotokdagi katta tosh bo„laklari va shag„allar qo„l bilan terilib tashlanadi. Ikkinchi bosqichda qum fraksiyadaridan tozalanadi. Keyin lotokdagi qolgan shlix namuna materiallarini yuvish davom ettiriladi. Natijada og„ir fraksiya minerallari lotok tagiga va yengil mineral donalari esa namuna yuq orasida joylashadi. Keyin lotok asta-sekin suvga cho„ktiriladi va natijada yengil fraksiya minerallari yuvilib ketadi hamda og„ir fraksiya minerallari saqlanib qoladi. Lotokdagi namuna qora shlix qolgunicha yuviladi. Uchinchi bosqichda shlix namunalari yuvilib, qolgan yengil materiallardan tozalanib me‟yoriga yetqaziladi. Natijada lotok tagida kulrang shlix qoldiqlari qoladi. Keyin qolgan shlix quyoshda yoki past olovda quritiladi. Shlixni kuchli olovda quritish man qilinadi. Chunki sulfidlar kuyib, ayrim minerallr uchib ketishi mumkin. Shunday qilib yuvilgan shlix qoldiqlari lupa orqali ko‘zdan kechirilib minerallar o‘rganiladi. Mukammal tahlil qilish laboratoriya sharoitida olib boriladi. Download 4.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling