Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish


Download 4.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/77
Sana10.11.2023
Hajmi4.44 Mb.
#1760762
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   77
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari (2)

o
+ 90
o
= 440
o
bu 
mantiqan notog„ri, sababi graduslar soni max 360
o
gacha qilib belgilangan. Demak 
bunda biz yotish azimutini 360
o
dan keyin graduslardan boshlab qabul qilishimiz 
mumkin. Yani 1
o
dan boshlaymiz va 90 raqami 10 qiymatga kamayganda 360 dan 
keyingi raqamni 80
o
deb qabul qilishimiz mumkin, aksincha bo„lganda 350
o
 – 90
o
 
= 260
o
 bu mantiqan to„g„ri, chunki haqiqatdan xam 260
o
mavjud. Biroq arifmetika 
nuqtayi nazaridan transportyorga qaralganda 80
o
va 260
o
bir yo„nalishda yoki bir 
chiziqda yotadi. Demak bajariladigan har ikkala amal ham o„zini oqlaydi. Biz bu 
variantda tog„ jinslarining yotish azimutini ikki tomonga ya‟ni, 1. Tog„ jinslari 
shimoli-sharq tomonga qarab yotibdi. 2. Tog„ jinslari janubi-g„arb tomonga qarab 
yotibdi. (Bunga aniqlik kiritish keyingi amaliy ishlarda amalga oshiriladi)
Aniqlangan yo„nalishga parallel qilib chiziq tortamiz, o„tkazilgan chiziq 
sxematik xaritaning ramkalarigacha belgilanadi. Shu usulda keyingi qidiruv 
chiziqlari avval o„tkazilgan chizig„ga parallel qilib o„tkaziladi. Ularning orasidagi 
masofa tanlangan masshtab asosida bir hil qilib belgilanadi. Masalan bir chiziq 
bilan ikkinchi chiziq orasidagi masofa 4 sm. yani 1:1000 masshtabda 40 m. bo„lsa, 
o„tkaziladigan ikkinchi va uchunchi chiziq orasidagi masofa ham shunga teng 
bo„lishi shart. Geologiya qidiruv ishlarini olib borish yo„riqnomalarida 
o„tkaziladigan qidiruv chiziqlari yoki profillari orasidagi masofa imkon qadar bir-
biriga teng va parallel bo„lishi belgilab qo„yilgan (3.2-rasm). 
O„tkazilgan qidiruv chiziqlari tartib raqamlari, rim raqamlari va harflar bilan 
istalgancha belgilanadi. Ushbu qidiruv chiziqlari ustida istalgan usulda 
qidirishning texnik vositalari o„rni belgilab olinadi. Texnik vositalarning 
ma‟lumotlari asosida qirqimlar olinadi va ma‟dan tanalari yer usti va ostida 
chegaralanadi. 
 
Nazorat savollari: 
 
1. Konning o‘ziga xos geologik-sanoatbop parametrlariga (GSP) nimalar 
kiradi? 
2. Geologiya qidiruv ishlari bosqichlarini ayting. 
3. Qidiruv chiziqlari (profil) va to‘rlari deganda nimani tushunasiz? 
4. Qidiruv chiziqlari va qidiruv to‘rlarining o‘zaro farqi nimada? 
5. Qidiruv chiziqlari dalada qanday aniqlanadi va o‘tkaziladi? 
6. Qidiruv chiziqlari sxematik xaritada qanday o‘tkaziladi? 



26


Download 4.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling