Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish


Download 4.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/77
Sana10.11.2023
Hajmi4.44 Mb.
#1760762
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   77
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari (2)

Qidirish to‘ri. Qidirish jarayoni foydali qazilma tanalarini va konni yaxlit 
kuzatishga hamda chegaralashga olib keladi. Foydali qazilma tanalarini kuzatish va 
chegaralash uning shakli to„g„risidagi oddiy tasavvurlarni olishdan boshlanadi. 
Keyin bu tasavvurlar asta-sekin oydinlashtiriladi. Tadqiqotlarning to„liqligi 
tamoyillariga muvofiq qidirish lahimlari foydali qazilma tanalarining morfologik 
va sifat xususiyatlarini yoritish uchun uni ushbu yo„nalishda uning uzunligi 
bo„ylab to„liq kesib o„tishi kerak. Bir necha aralash lahimlarni ularda doim kesim 
qurish imkoniyati mavjud bo„lgan joyga qulay joylashtirish kerak. Shuning uchun 
qidirish lahimlari imkon boricha bir yuzada, ya‟ni mo„ljallanayotgan kesim 
yuzasida joylashishi kerak. 
Foydali qazilmalarning hamma tanalari geometrik belgiga ko„ra uchta asosiy 
morfologik turga bo„linadi: 
1) bitta kalta va ikkita uzun o„lchamli tanalarga (qatlamlar va qatlamsimon 
uyumlar, tomirlar, linzalar va boshqa tekis tanalar); 
2) bitta uzun va ikkita qisqa o„lchamli tanalarga (quvurlar va boshqa o„xshash 
tanalar); 
3) izometrik yoki ularga yaqin tanalarga (shtokverklar, cho„ntaklar va 
boshqalar). 



21

Foydali qazilma tanalari morfologik turlarining har biri qidirish kesimlarini 
turli makoniy yo„naltirishni talab qiladi. Shunga ko„ra vertikal (tik) va gorizontal 
(yotiq, bo„ylama) kesimlar mavjud. Ko„pincha ma‟dan tanalari tuzilishini aniqlash 
uchun, masalan, ikkinchi morfologik turni (quvurlar, cho„zilgan shtoklar) aniqlash 
uchun vertikal va gorizontal qidirish kesimlari tizimlaridan foydalanishga to„g„ri 
keladi. 
Kesimlar kon lahimlari, burg„i quduqlarini kavlab o„tish ba‟zan, geofizik 
ma‟lumotlar bo„yicha tuziladi. Qidirish kesimlari yo„nalishi ko„pincha quyidagi 
qoidalarga bo„ysunadi: 1) kesimlar, shu bilan birga qidirish lahimlari ham ular 
bo„yicha foydali qazilma tanalarining shakllari, yotish elementlari va ichki 
tuzilishi, shuningdek uning qamrovchi tog„ jinslari bilan o„zaro munosabati 
yetarlicha yaqqol ko„rinishi uchun foydali qazilmalar tanalari xususiyatlarining 
maksimal o„zgaruvchan liniyalari bo„yicha yo„naltirilgan bo„lishi kerak; 2) qidirish 
kesimlari tekisliklari foydali qazilma tanalarining eng uzun o„lchamlariga 
ko„ndalang yo„naltiriladi. 
Odatda foydali qazilma tanalarining maksimal o„zgaruvchi yo„nalishi uning 
qalinligi liniyasi bilan mos tushadi. Shuning uchun ko„p hollarda qidirish 
qirqimlari foydali qazilma tanalari yoki ma‟danli zonaning yo„nalishlariga 
ko„ndalang yo„naltiriladi. 
Ma‟dan tanalarini kuzatish va chegaralash turli kon lahimlari va burg„i 
quduqlari, ya‟ni qidirishning texnik vositalari yordamida amalga oshiriladi. 
Kesimlarni barpo qilish uchun qidirish lahimlari doim chiziqlarda (qidirish 
chiziqlarida, profillarda) joylashishlari zarur. Qidirish chiziqlari parallel va turli xil 
yo„naltirilgan bo„lishi mumkin. Odatda ular mahsuldor qatlamlar, ma‟danli 
hududlar va alohida ma‟dan tanalari bo„ylab yo„nalishga ko„ndalang kavlab 
o„tiladi. Biroq ularning yo„nalishi keskin o„zgarishida qidirish chiziqlari mo„ljali 
mos ravishda o„zgartiriladi. Qidirish chiziqlarining kesishishlari qidirish to„rini 
hosil qiladi. Qidirish to„rlarining uchta asosiy - kvadrat, to‘g‘ri burchakli va 

Download 4.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling