Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish
Download 4.44 Mb. Pdf ko'rish
|
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Geofizik mezon
Geomorflogik mezon yer yuzi relyefining paydo bo„lishi tub tog„ jinslarining
parchalanishi va bo„shoq materiallarning qayta yig„ilish bilan bog„liq bo„lgan konlarning fazoviy holatini aniqlaydi. Bularga har хil sochilmalar, nurash konlari, gillar, qumlar va shag„allar kiradi. Relyefning asosiy shakllari nurash va muzlik yotqiziqlari rivojlangan maydonlarga хosdir. Juda katta boksit, marganes, nikel, nodir metall konlari tekislangan nurash yuzalari bilan bog„liq. Relyefning muzlik shakllari (ozlar, drumlinlar, kamlar) yuqori sifatli qum, shag„al konlarini qidirish uchun ishonchli belgi hisoblanadi. O„zgargan tog„ jinsi maydonlarida joylashgan ma‟dan uyumlarini qidirishda geomorfologik kuzatishlar katta yordam beradi. Nurashga chidamli ma‟dan uyumlari, daykalar o„zgargan maydonlar relyefining musbat shaklini paydo qiladi. Oson nuraydigan oksidlangan sulfidli ma‟dan uyumlari, tektonik harakatga uchrab buzilgan tog„ jinslari manfiy relyef shakllarini hosil qiladi. Bunday holatlarni aerofotosuratlar yordamida, dala ishlariga chiqish bosqichidan oldin, geomorfologiya belgilar bo„yicha u yoki bu foydali qazilmalarni qidirish uchun qiziqarli maydonlarni ajratish mumkin. Geomorfologik mezon yer po„stining hozirgi zamon tektonika harakati bilan bog„liq bo„lgan, yosh ko„tarilmalarni aniqlashga va neft, gaz konlarini qidirishga yordam beradi. Geofizik mezon tabiiy va sun‟iy fizik maydonlarni o„rganishga asoslangan. Bu mezon orqali har хil anomaliyalar ajratiladi. Bu anomaliyalar esa foydali qazilmalarni topishga imkon beradi. Bunga magnit, radioaktiv, gravitatsion va elektr maydoni anomaliyalarini ko„rsatish mumkin. Magnit anomaliyalari orqali temir va mis - nikelli ma‟danlarini qidirish mumkin. Ammo bu mezonlarning barchasi bir vaqtning o„zida bir konni qidirishda ilmiy asos bo„la olmaydi. Yuqorida aytilgan barcha ma‟lumotlarni to„plash, amalda o„rganish fan doirasida qidirish ishlarini to„g„ri tashkil etish uchun eng asosiy ma‟lumot vazifasini o„taydi. Shu bois amaliy mashg„ulot vaqtida foydali qazilma konlarining hosil bo„lish jarayonlari va qidirish mezonlari aks ettirilgan sxema va chizmalar muntazam o„rganib boriladi. - 19 - Nazorat savollari: 1. Foydali qazilmalar genetik hosil bo‘lishiga ko‘ra necha turga bo‘linadi? 2. Morfologik, kimyoviy-teхnologik va genetik tasniflanish nazariyalarini ayting? 3. Konlarning hosil bo‘lish sharoitiga ko‘ra tasniflanishini ayting? 4. Endogen konlarni ayting? 5. Egzogen va metamorfogen konlarni ayting? 6. Qidirish mezonlari deb nimaga aytiladi va ularning nomlarini ta’riflari bilan ayting? Download 4.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling