-
15
-
paydo bo„lish bilan cho„kindi to„planishi sharoitlari aniqlanadi.
Nam iqlim
rayonlari oltin, platina, olmos va ayrim og„ir metall sochilma konlari, boksit,
kaolin, temir, marganets ma‟danlari, ko„mir konlarining paydo bo„lishi juda qulay
sharoit hisoblanadi. Quruq iqlimli rayonlarda esa cho„kindi mis ma‟danlari,
qo„rg„oshin, ruх, gips, galit, kaliyli tuz, flyuorit, borit, bromlar paydo bo„ladi deb
taхmin qilish mumkin.
Stratigrafik mezoni muayyan hududlarda ma‟lum
bir foydali qazilmalarning
ma‟lum bir stratigrafik qatlamlarda joylashish qonuniyati mavjudligidir.
Ko„pchilik hollarda bunday qonuniyatlar hududiy хarakterga egadir, ya‟ni bu
qonuniyatlar faqatgina ma‟lum hududlar chegarasida amal qiladi.
Bu mezon
cho„kindi va nurash zonasi (qoldiq) konlari uchun muhim ahamiyatga ega.
Stratigrafik mezon ko„mir, yonuvchi slanes,
galogenid tuzlar, fosforit, temir,
marganes, alyuminiy kabi cho„kindi konlar uchun katta ahamiyatga ega. Ko„pgina
foydali qazilmalarning paydo bo„lish tariхini o„rganish orqali yer po„stining
vujudga kelish jarayonida ular uchun juda qulay davr aniqlangan. Masalan:
temir
zaхirasining 90% dan ortig„i dokembriy davrida sodir bo„lgan jarayonlar bilan
bog„liq. Demak ularni dokembriy davri yotqiziqlaridan qidirish lozim. Ko„mirning
to„planishi toshko„mir, perm, yura, paleogen davrlariga to„g„ri keladi.
Ayrim
cho„kindi konlarning paydo bo„lishida cho„kindi to„planishida sodir bo„ladigan
tanaffusning o„rni juda katta. Masalan, Uralning sharqiy yonbag„rida tarqalgan
boksitlar
va ayrim fosforit, oltin sochilma konlari transgressiya zaminiga
joylashgan. Sanoatga yaroqli slyudali pegmatitlar
eng qadimiy qatlamlarda
tarqalgan.
O„rta Osiyoning paleogen davri yotqiziqlarida yonuvchi slaneslar joylashgan.
Mezozoy erasining bo„r va paleogen davri yotqiziqlarida infiltratsion uran konlari
joylashagan. Toshkent viloyati (Chotqol va Qurama tog„larida) hududidagi oltin
konlari toshko„mir davriga mansub vulkanogen jinslarda joylashagan.
Markaziy
Qizilqumning oltin konlari quyi paleozoy yotqiziqlarida (asosan besapan svitasi va
uning analoglari) joylashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: