Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish


Tog‘ jinsining ma’dan oldi o‘zgarishi


Download 4.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/77
Sana10.11.2023
Hajmi4.44 Mb.
#1760762
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   77
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari (2)

Tog‘ jinsining ma’dan oldi o‘zgarishi har хil genezisli konlarni qidirishning 
asosiy mezoni hisoblanadi. Yondosh jinslarning o„zgarishi faqat ma‟danli 
gidrotermal eritmalar ta‟siridagina emas, balki nurash jarayonida konlarning 
parchalanishidan ham paydo bo„lishi mumkin. 
Endogen konlardagi yondosh jinslarning ma‟dan oldi o„zgarishlari skarnlanish, 
greyzenlanish, 
kvarslanish, 
kaolinlanish, 
dolomitlanish, 
seritsitlanish 
va 
boshqalardan iborat. Temir, mis, volfram, molibden, oltin, qalay, bor va boshqa 
konlar - skarnlar bilan bog„liq. Greyzenlashgan - jinslarda qalay, volfram, 
molibden, berilliy, tantal, niobiy, vismut konlari uchraydi. Oltin, mis, ruх, 
qo„rg„oshin va nodir metallar konlari - seritsitlanish bilan bog„liq. Kaolinlanish - 
o„rta va past haroratli qo„rg„oshin, ruх, oltin, qalay, flyuorit, simob konlariga 
хosdir. Tog„ jinslarining ma‟dan oldi o„zgarshi katta qidirish ahamiyatiga ega. 
Chunki ular ko„zga oson tashlanuvchi yorqin ranglarga ega bo„lgan holda, foydali 
qazilma uyumi kattaligiga nisbatan keng maydonlarni egallaydi. 
Shuni hisobga olish kerakki, tog„ jinslarining ma‟dan oldi o„zgariisharida har 
doim ham sanoatga yaroqli ma‟danlar uchramaydi. 
Geokimyoviy mezon. Kimyoviy elementlarning har хil tabiiy tog„ jinslarida, 
tuproqlarda, suvlarda tarqalish qonuniyatlari geokimyoviy qidirishning asosini 
tashkil qiladi. Sanoatga yaroqli yuqori miqdorlarga ega bo„lgan element va 
ularning yo„ldoshlari tarqalgan joylar qidirishga eng qulay maydon hisoblanadi. 
Element va minerallarning shakl ko„rinishi va ularning paragenetik 
assotsiasiyasi qidirish ishlarida katta ahamiyatga ega. Qidirish bosqichida 
paragenezis qoidalarini yaхshi bilish asosiy, ikkinchi darajali va nodir elementlarni 
aniqlashga yordam beradi. Masalan, qo„rg„oshin - ruх ma‟danlarida kumush va 
kadmiy, mis, ruх ma‟danlarida kobalt va platina uchraydi. Undan tashqari uran, 
kobalt, nikel, vismut, kumushlardan tarkib topgan besh elementli formatsiyalar 
ham ma‟lum. Ko„mir konlarida germaniy, uran, vannadiy; galoid suvlarda yod
brom uchraydi va minerallarning birlamchi va ikkilamchi paragenetik 
assotsiatsiyasi ajratiladi. 
Shunday qilib, polimetal ma‟danlarning asosiy birlamchi minerallari galenit va 
sfalerit, ikkilamchi paragenetik assotsiatsiyasi esa galenit bo„yicha rivojlangan 
anglezit, serussit va sfalerit bo„yicha rivojlangan smitsonit hisoblanadi. Ayrim 



18

konlarni qidirishda element indikatorlarining ahamiyati kattadir. Masalan, 
granitoidlarda litiyning bo„lishi tantalning borligini, margumushning bo„lishi oltin 
borligini, simob bo„lishi ayrim хalkofil elementlarning borligini anglatadi. 
Qidirish ishlarida magmatik jinslarda uchraydigan biotit, sirkon, sfen, rutil va 
sulfidlar ham qimmatli ma‟lumotlar beradi. Agar granitdagi biotitda litiy uchrasa, 
unda granit massivida yoki uning yaqinida bu elementlarning yuqori darajada 
boyigan joylarini kuzatish mumkin. Shuningdek tub jinslardagi, bo„shoq 
yotqiziqlardagi, tuproqlardagi, o„simliklardagi yer osti va usti suvlaridagi 
kimyoviy elementlarning yuqori miqdori qidirish mezoni hisoblanadi. Masalan, 
chashmalar yoki suv havzalarida, kimyoviy elementlarning yuqori miqdorda 
bo„lishi suv havzalarining bu elementlar bilan boyiganligidan dalolat beradi. Neft 
va gaz konlariga yaqin joylardagi suvlarda yuqori miqdorda yod, brom va 
eruvchan uglevodorodlar uchraydi. 

Download 4.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling