Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish


Download 4.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/77
Sana10.11.2023
Hajmi4.44 Mb.
#1760762
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   77
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari (2)

Magmatogen mezonlarga foydali qazilmalarning magmatik jinslar bilan 
bog„liqligini ko„rsatuvchi hamma geologik omillar kiradi. Ayrim magmatik jinslar 
turlarining parchalanishi natija-sida cho„kindi va nurash konlari paydo bo„lish 
mumkin. 
Asos va o„ta asos (peredotit, dunit, piroksenit) jinslarda хrom, platina, titan, 
olmos, mis, nikel, asbest, talk konlari uchraydi. Bu guruh jinslarning nurashi 
natijasida ikkilamchi nikel, kobalt, platina, olmos sochilma konlari paydo bo„ladi. 
Nordon magma jinslari bilan ko„pchilik endogen konlar bog„liq. Gipabissal 
kichik intruziyalar bilan ko„pincha polimetall, oltin, ba‟zan mis, qalay konlari 
bog„liq. Granit batolitlari bilan volfram, ma‟danli pegmatit, qalay, oltin va 
molibden konlari bog„liq. Nordon tarkibli magmatik jinslarning parchalanishi 
natijasida monatsit, oltin, qalay va boshqa metallarning ellyuvial, dellyuvial, 
allyuvial sochilma konlari paydo bo„ladi. 



17

Ishqorli intruziv jinslarda esa neobiyning katta karbonatit konlari ma‟lum. 
Agar daykaning ma‟dan uyumlari bilan fazoviy bog„liqligi aniqlansa, unda 
endogen ma‟danlarni qidirishga ancha yordam beradi. 
Metamorfogen mezon. Tog„ jinsi qatlamlari yer pustining rivojlanishi 
jarayonida metamorfizmga uchraydi. Harorat va bosimning o„zgarishi natijasida 
metamorfizmga uchragan tog„ jinslarida yangi metamorfogen konlar paydo 
bo„ladi. Flogopit, grafit, temirli kvarsit, marmar, island shpati, granat kabi 
konlarning paydo bo„lishi metamorfizm bilan bog„liq. Metamorflashgan va 
metamorfogen konlarning yondosh jinslari uchun o„ziga хos o„zgarishlar 
xarakterlidir. Masalan, o„ta asos jinslarning - serpentinlanishi, gneysning - 
grafitlanishi, ohaktoshning - marmarlanishi qidirish mezonlari bo„lishi mumkin. 
Bunday o„zgarishlar faqat regional metamorfizm ta‟siridagina sodir bo„lmasdan, 
chuqurlikdagi magma ta‟sirida ham sodir bo„ladi. 

Download 4.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling