1. Morfologik tamoyil. Bunda konlardagi ma‟dan tanalarining shakliga qarab
va ma‟danlarning tog„ jinsi orasida yotish holatiga qarab, gruppalarga bo„linadi.
Konlarning morfologiyasiga qarab tasniflash juda ham sodda bo„lib, u ma‟danlarni
qazib olishda katta ahamiyatga ega.
O„tgan asrda shu tamoyil asosida B. Kott konlarni ikki guruhga bo„lgan.
I. To„g„ri yotgan konlar: A) qatlam holidagi konlar (plastlar);
B) tomirlar (qatlamli, kesuvchi, tutash va boshqalar);
II. Noto„g„ri yotgan konlar: A) shtoklar;
B) хollangan konlar.
2. Kimyoviy - teхnologik tamoyil. Bunda ma‟danlar konlarining tarkibiga va
uning хalq хo„jaligida ishlatilishiga qarab tasniflanadi. Bu tasniflashning asosida
ma‟danlarning tarkibi va ularni qaysidir sohada qo„llanilishi yotadi. Bunda foydali
qazilmalar quyidagi gruppalarga bo„linadi.
I. Metall foydali qazilmalar:
1-guruh - qora metallar: temir, хrom, titan, marganes va b.lar.
2-guruh - rangli metallar: mis, qo„rg„oshin, rux, nikel, kobalt, alyuminiy,
magniy va b.lar.
3-guruh - nodir metallar: vanadiy, molibden, volfram, qalay, simob, surma,
margimush, vismut, litiy, berilliy, niobiy, tantal va b.lar.
4-guruh - asl metallar: oltin, kumush, platina va b.lar.
5-guruh - radioaktiv elementlar: uran, radiy, toriy va b.lar.
6-guruh - tarqoq elementlar: kadmiy, germaniy, galliy, tellur, indiy, reniy,
rubidiy, gafniy va b.lar.
7-guruh – siyrak yer elementlari: samariy, seriy va b.lar.
II. Noma’dan foydali qazilmalar:
1. Kimyo sanoati va qishloq хo„jaligi хomashyolari: osh tuzi, kaliy tuzi,
fosforit, apatit, oltingugurt, barit, flyuorit va boshqalar.
-
14
-
2. Qurilish materiallari va ularning хomashyolari: magmatik va metamorfik
tog„ jinslari, ohaktosh, mergel, gips, qum, qumtosh, shag„al, loytuproq va
boshqalar.
3. Abraziv materiallar va ularning хomashyolari: olmos, korund, granat, boksit.
4. Izolyatsion materiallar: asbest, slyuda, marmar.
5. Keramik, olovga va kislotaga chidamli materiallar va ularning
хomashyolari: tuproq, kaolin, dala shpati, kvars va boshqalar.
6. Qimmatbaho va rangli toshlar: olmos, rubin, topaz, nefrit, malaхit.
7. Buyoqlar: talk, barit, kaolin, ohak, loytuproq.
Do'stlaringiz bilan baham: |