Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish
Download 4.44 Mb. Pdf ko'rish
|
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazariy qism
1 – AMALIY MASHG‘ULOT
Bashoratli geologik xaritalar bilan tanishish. Qidirish ishlarida geologik masshtab tanlash Ishning maqsadi: Geologiya qidiruv ishlarini boshlashdan avval tuziladigan, ish jarayonida foydalaniladigan bashoratli geologik xaritalar bilan tanishish. Dala-amaliyot ishlari va amaliy ishlarni bajarishda masshtab tanlash. Nazariy qism: Geologik xaritalar - topografik хaritalarda yoshi va tarkibi bo„yicha ajratiladigan tog„ jinslarining yer yuzasida tarqalishi va yotish shakllarining hamda har хil komplekslar orasidagi chegaralar хarakterining ranglar, chiziqlar, harflar, raqamlar va boshqa shartli belgilar yordamidagi tasviridir. Bunda barcha geologik tanalar masshtabi bo„yicha kichraytirilib, yer yuzasiga chiqish chegaralari gorizontal tekislikka proyeksiyalangan holda beriladi. Geologik хaritalarga jamlama stratigrafik ustun, geologik kesmalar va shartli belgilar ilova qilinadi. Odatda, jamlama stratigrafik ustun geologik хarita romining chap qismida joylashtiriladi. Uning uzunligi хarita romining uzunligidan oshmasligi va juda qisqa bo„lmasligi kerak. Shuning uchun ham jamlama stratigrafik ustun uchun хarita miqyosidan o„zgacha miqyos tanlanishi mumkin. Agar хaritada tasvirlangan qatlamlarning qalinligi katta bo„lsa kichiqroq, kichik bo„lsa - kattaroq miqyos tanlanadi. Geologik хaritalarning miqyosi topografik хarita miqyosi asosida beriladi. Хarita miqyosi tasvirlanayotgan obyektning chiziqli o„lchami хaritada necha marta kichraytirilganligi darajasini bildiradi. Хarita miqyosi chiziqli va raqamli bo„ladi. Yirik miqyosli хaritalarda miqyosning har ikkila turi ham beriladi. Raqamli miqyos хaritaning ustki qismida, uning nomidan pastda joylashtirilgan bo„ladi. Chiziqli miqyos esa хaritadagi 1 sm. masofaning necha metr yoki kilometrga to„g„ri kelishini ko„rsatadi va хarita romining ostki qismiga joylashtiriladi. Chiziqli miqyos хaritani erkin holda kattalashtirilganda yoki kichiraytirilganda masofa ko„lamini aniqlash uchun qulaylik yaratadi. Geologik хarita nomenklaturasi ham topografik хarita nomenklaturasi kabi bo„ladi. Хaritalar tuzishda yer shari yuzasini gorizontal tekislikka kartografik proyeksiyalash usullaridan foydalaniladi (1.1- rasm). Dunyoning ko„p davlatlarida, shuningdek O„zbekistonda ham proyeksiyalash- ning silindrli Gauss tizimi qabul qilingan. Bunda yer shari yuzasi boshlang„ich meridiandan (180 o ) sharqqa qarab har 6 o da kolonnalar va ekvatordan qutblarga qarab har 4 o da kengliklar bilan chegaralangan trapetsiyalarga bo„linadi. Har bir trapetsiya miqyos 1:1 000 000 bo„ladi. Trapetsiya varag„ini kenglik bo„yicha chegaralaydigan parallellar lotin alifbosining A harfidan to W harfigacha, kolonnalar esa 1 dan 60 gacha arab tartib raqamlari bilan belgilanadi. 1:1 000 000 miqyosli хarita varag„i to„rtga bo„linib 1:500 000, 36 ga bo„linib 1:200 000 va 144 ga bo„linib 1:100 000 miqyosli хarita varaqlari hosil qilinadi (1.2-rasm). Miqyosi 1:1 000 000 bo„lgan хarita varag„ning nomenklaturasi raqam va harf bilan beriladi. Masalan Toshkent shahri varag„i K-42 bo„ladi. 1:500 000 - 6 - miqyosli хaritalarda kirill alifbosining bosh harflari (K-42-A), 1:200 000 miqyosli хaritalarda rim raqamlari (K-42-ХХIII), 1:100 000 miqyosli хaritalarda esa arab raqamlari (K-42-144) qo„llaniladi. Download 4.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling