Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish
Download 4.44 Mb. Pdf ko'rish
|
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Metamorfogen
III. Yonuvchi foydali qazilmalar: gaz, neft, yonuvchi slaneslar, torf, ko„mir.
3. Genetik tamoyil – bunda konlar hosil bo„lish sharoitiga qarab tavsiflanadi. XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib foydali qazilma konlarini o„rganish alohida bir fan darajasiga aylanib, bu fanni chuqur o„rganish, konlarning kelib chiqishiga qarab tavsiflash imkonini yaratdi. Bu tavsiflashni genetik (konlarning hosil bo„lish shart-sharoitlari va uning yer bag„rida tarqalish) tavsiflash deyiladi. Konlarning genetik tavsiflashni yaratishda juda ko„p olimlar ish olib borganlar. Keyingi yillar ichida V.I. Smirnov ma‟lum tavsiflashlarni umumlashtirib o„zining yangi ilmiy tavsifini yaratdi (1965). V.I. Smirnov hamma konlarning hosil bo„lish jaroyonlarini uchta katta seriya (endogen, ekzogen va metamorfogen) ga bo„ladi. Endogen seriyasiga kiruvchi konlarning hosil bo„lishi yer qobig„ining chuqur qismlarida bo„lib o„tadigan jaroyonlar bilan bog„liq bo„ladi. Endogen seriyasida 5 guruh (magmatik, pegmatit, karbonatit, skarn, albit va greyzen, gidrotermal) konlari, bu konlar ichida esa 14 sinf-konlar ajratiladi. Keyngi vaqitda bu seriya konlar tarkibida yangi kolchedan konlar gruppasi ham ajratilmoqda. Ekzogen seriyasiga kiruvchi nurash va qoldiq konlar bo„lib, bularning birinchisiga 3 guruh va (qoldiq-sizma, sochma va cho„kindi konlari) konlarning paydo bo„lish yer qobig„ining yuqori qismida sodir bo„ladigan geologik, meхanik geokimyoviy jaroyonlar bilan bog„lanadi. Bu 3 guruhning ichida esa 11 sinf-konlar ajratiladi. Metamorfogen seriyasidagi konlar esa yer bag„rida sodir bo„ladigan o„zgarishlar mahsuli hisoblanadi. Bu seriyada 2 guruh (metamorflangan va metamorfik) konlari ajratiladi. Foydali qazilma konlari hosil bolishini o„rganishning asosiy maqsadi shu konda ish olib borishni asoslash va kondagi qidirish mezonlarini ishlab chiqishda ilmiy asoslangan bilimlarni belgi sifatida foydalanishdan iborat. Foydali qazilmalarni qidirishda olib boriladigan ishlarni belgilangan nuqtalarda olib borishda qidirishning mezonlari ahamiyatlidir. Foydali qazilma konining u yoki bu turini topish imkoniyati borligini ko„rsatuvchi har qanday geologik bilimlar qidirish mezoni hisoblanadi. Amalda quyidagi qidirish mezonlarini ilmiy asoslash mumkin: Iqlim, stratigrafiya, fatsial-litologiya, struktura, magmatogen, metamorfogen, tog„ jinsining ma‟dan oldi o„zgarishi, geokimyoviy, geomorfologik, geofizik va boshqa mezonlarni ajratish mumkin. Download 4.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling