Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish


romb shaklidagilari mavjud. Ko„pincha qidirish jarayonida bir to„r shakli  boshqasiga o„tishi mumkin.  Kvadrat to‘r


Download 4.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/77
Sana10.11.2023
Hajmi4.44 Mb.
#1760762
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   77
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari (2)

romb shaklidagilari mavjud. Ko„pincha qidirish jarayonida bir to„r shakli 
boshqasiga o„tishi mumkin. 
Kvadrat to‘r gorizontal konlar va shtokverk konlariga yaqin qatlam 
ko„rinishidagi konlarni qidirish uchun qo„llaniladi. 
To‘g‘ri 
burchakli 
to‘r 
ikki 
asosiy 
yo„nalishda 
turli 
darajadagi 
o„zgaruvchanlikka ega bo„lgan foydali qazilma tanalarini qidirishda qo„llaniladi. 
Bunda to„g„ri burchakning uzun tomoni eng kam o„zgaruvchanlikga ega tana 
yo„nalishiga yo„naltirilgan bo„lishi kerak. Qisqa tomoni esa eng katta 
o„zgaruvchanlikka ega tana yo„nalishiga yo„naltirilgan bo„lishi kerak. 
Romb shaklidagi to‘r kvadrat va to„g„ri burchakli to„rlar uchun oraliq 
sharoitlarda qo„llaniladi. Kvadrat to„rga nisbatan romb shaklidagi to„r ancha 
tejamli. Chunki lahimlar o„rtasidagi bir xil masofalarda u bir maydon birligiga 
to„g„ri keluvchi ularning sonidan kam miqdorni talab qiladi. 3.1-rasmda qidirish 
to„rini ketma-ket zichlash variantlari keltirilgan. 
Qidirishning asosiy vazifalarini (foydali qazilmalarning miqdori va sifatini
ma‟dan tanalarining shakli va x.k.) hal qilish bilan birga konni baholashga ta‟sir 
qiluvchi quyidagi muhim sharoitlarni aniqlash zarur: 



22

1) konning ochish va qayta ishlash usulini tanlash imkonini beruvchi ma‟dan 
tanalarning yotish chuqurligi va elementlari; 
2) foydali qazilmalar va qamrovchi tog„ jinslarining asosiy fizik xususiyatlari: 
hajmiy og„irlik, mustahkamlik, bardoshlilik, namga chidamlilik, bo„lakdorlilik, 
bo„laklashish koeffitsiyenti, gazlilik, changlilik; 
3) gidrogeologik sharoitlar – suvlilik, kelajakdagi ekspluatatsiyada suvni 
oqizib yuborish imkoniyati, ichimlik va texnik suv resurslari; 
4) bo„lajak korxonaning ichki yuklar harakatlanadigan qismi (avtomobil 
yo„llari, temir yo„l shahobchalari, osma arqon yo„llari va boshqalar) va 
tashqarisidagi (temir yo„l magistrallari, suv arteriyalari, aviayo„nalishlar va 
boshqalar) transport sharoitlari; 
5) rayonning energetik va issiqlik resurslari (issiqlik gidrostansiyalari, 
mahalliy yoqilg„i tayyorlash va qazish imkoniyatlari) rayonning energetik balansi 
va energetika bazasini kengaytirish imkoniyatlari; 
6) mahalliy qurilish materiallari va ulardan sanoat va maishiy qurilishda 
foydalanish imkoniyatlari; shaxtani mahkamlash uchun ishlatiladigan yog„och 
manbai; 
7) rayonning iqtisodiy ixtisosi va aholining maishiy tuzilishi; sanoatning 
aralash sohalari, bo„lajak korxonani mahalliy resurslar hisobidan ta‟minlish 
imkoniyatlari. 
3.1-rasm. Qidirish to‘rlari va ularning zichlanishi. 
a-lahimlar o‘rtasidagi masofaning 2 barobar kamayishi bilan qidirish to‘rining 
zichlanishi; b-konvert usuli bilan qidirish to‘rining zichlanishi; v-kvadrat to‘rning 
to‘g‘ri burchakli to‘rga aylanishi; g-romb shaklidagi to‘rning to‘g‘ri burchakli 
to‘rga aylanishi; 1-birinchi navbatdagi lahimlar; 2-ikkinchi navbatdagi lahimlar; 
3-uchinchi navbatdagi lahimlar. 



23

Geologiya qidiruv ishlarining bosqichma-bosqich olib borilishi, qidiruv 
chiziqlar bo„yicha bajariladigan ishlar natijasida bir necha obyektlarni xaritada 
belgilash, chegaralash va ularni istiqbolli hududlarga ajratish mumkin. Bunday 
obyektlarlar bir nechta bo„lib, ular bir-biridan o„lchamlari, sifati, xozirda sanoat 
talabiga javob berishi va o„zlashtirishning texnika va texnologiyasiga ko„ra 
farqlanadi. 
Bu obyektlarga: 

Download 4.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling