Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish


Foydali qazilma zaxiralarining balansi


Download 4.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/77
Sana01.11.2023
Hajmi4.77 Mb.
#1737752
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   77
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari 2-qism

Foydali qazilma zaxiralarining balansi - yer ostida aniqlangan f.q.lar 
zaxiralarining Davlat tomonidan hisobga olinish shakli. Ularda sanoat ahamiyatiga 
ega bo„lgan konlar bo„yicha f.q. miqdori, sifati, o„rganilganlik holati, ularni 
joylashishi, sanoatda o„zlashtirilganlik darajasi, qazib olinishi, yo„qotishlar va 



96

sanoatni chamalangan zaxiralar bilan ta‟minlanganligi, shuningdek, zaxiralarni 
hisobot yilida qayta baholash yoki geologik qidiruv ishlari o„tkazilganligi 
natijasida o„zgarganligi haqidagi ma'lumotlar beriladi. Balanslarni hisobga olish 
f.q. konlari va bashorat qilingan resurslar zaxiralarini harakatdagi tasnifiga binoan, 
f.q.ning balansdagi, shuningdek balansdan tashqari zaxiralari va A, B, C
1
, C
2
toifalari bo„yicha bajariladi. F.q. zaxiralari konlar va uchastkalar bo„yicha 
guruhlanib, tog„ konlari, kombinatlar va birlashmalar bo„yicha texnologik navlarga 
bo„linadi va f.q.ning har bir turi bo„yicha zaxiralar hisobga olinadi. Zaxiralar 
balansda foydalanayotgan, qidirilgan, zaxiradagi, qidirilinayotgan va qo„shimcha 
o„rganilishi kerak bo„lgan konlar bo„yicha bo„lib beriladi. 
Foydali komponentlar balansi - foydali komponent qayta ishlash 
mahsulotlari (konsentrat) bilan chiqindilar orasidagi ma'lum vaqt (smena, sutka, 
dekada, oy, kvartal, yil) davrida taqsimlanishini tasvirlaydi. U boyitish fabrikasi 
yoki metallurgiya zavodida texnologik jarayonni namunalash va analitik nazorat 
yordamida tuziladi. 
Foydali qazilmalarning balansdagi zaxiralari - yer osti boyliklaridan 
oqilona foydalanish va atrof-muhitni muhofaza qilishga oid qonunlarning 
talablariga amal qilgan holda mavjud bo„lgan yoki sanoat tomonidan 
o„zlashtirilayotgan xomashyoni qazib olish va qayta ishlash ilg„or texnikasi va 
texnologiyasini qo„llash sharoitida iqtisodiy jihatdan foydalanilishi maqsadga 
muvofiq bo„lgan foydali qazilmalar zaxiralari guruhi. 

Download 4.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling