Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish


Minerallar assotsiatsiyalarining paragenetik tahlili


Download 4.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/77
Sana01.11.2023
Hajmi4.77 Mb.
#1737752
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   77
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari 2-qism

Minerallar assotsiatsiyalarining paragenetik tahlili - t.j. minerallar 
assotsiatsiyalarini tashkil qiluvchi, o„ziga xos genetik va tarixiy umumiyliklarga 



94

ega minerallar guruhini ajratish imkonini beradigan petrografik-mineralogik 
tadqiqotlar majmui. Magmatik, metamorfik va cho„kindi t.j. va ma‟danlarni 
o„rganishda keng qo„llaniladi. 
Minerallarning paragenetik assotsiatsiyasi - ko„p hollarda minerallar hosil 
bo„lish bosqichi yoki uning alohida bo„lagida va bir vaqtda qonuniy sifatida hosil 
bo„lgan minerallarning birlashmasi tushuniladi. 
Mineralogik namunalash - f.q.larning mineral tarkibini sifat va miqdor 
jihatdan 
tavsiflash, 
minerallarini 
tuzilmaviy 
va 
tekstura 
xususiyatlari 
(donachalarini o„lchamlari, shakli va nisbatlari), fizik xossalari (zichligi, qattiqligi, 
mo„rtligi, ulanishi, radioaktivligi, magnitlanganligi, elektr o„tkazuvchanligi, 
ho„llanishi, kislotada erishi va h.k.), kimyoviy tarkibi, turli tabiiy va sanoat 
turlaridagi ma‟danlarda taqsimlanishini aniqlash bo„yicha olib boriladigan 
ishlarning barchasi. 
Namunalarga ishlov berish - t.j. yoki ma‟danni tadqiqotga tayyorlash 
maqsadida maydalash, elash, aralashtirish, qisqartirish va h.k.lardan iborat. 
Namunalarga ishlov berish sxemasi - f.q. namunalarini tadqiqotlarga 
tayyorlashning ketma-ketligi va sharoiti bo„lib, qisqa va sxema shaklida 
ifodalanadi. Ma‟dan xususiyatlari, namunaning dastlabki og„irligi, zarrachalar 
diametri, turli maydalovchi dastgohlardan to„g„ri foydalanish hamda tadqiqotchi 
oldida turgan vazifalarni hisobga olgan holda yetakchi geolog tomonidan tuziladi. 
Nuqtaviy namuna olish usuli - ma'lum tizim bo„yicha o„rganilayotgan 
ma‟dan uyumi kesimida joylashgan alohida nuqtalardan namuna uchun sistemali 
ravishda material tanlab olish. Namuna materiali diametri 1,5-3 sm.li bir xil hajmli 
ma‟dan bo„laklaridan iborat bo„lib, namuna olish nuqtalari uyum kesmasida 
kvadrat yoki to„g„ri burchakli to„r bo„yicha joylashadi. Bitta namunada nuqtalar 
soni o„rta hisobda 10 dan 100 gacha, ba‟zan esa undan ham ko„proq bo„lishi 
mumkin. 

Download 4.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling