Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish


Download 4.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/77
Sana01.11.2023
Hajmi4.77 Mb.
#1737752
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   77
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari 2-qism

Konditsiyalarni texnik-iqtisodiy jihatdan asoslash - qidiruv ishlari bosqichi 
tugallangandan so„ng zaxiralarni hisoblab ularni DZKga topshirish uchun 
bajariladi. U f.q.ning moddiy tarkibini, texnologik xossalarini, gidrogeologik, 
muhandis-geologik, tog„-geologik kabi tabiiy sharoitlarini qidirish talablariga 
muvofiq har tomonlama o„rganishni nazarda tutadi. 
Konni dastlabki baholash - baholash bosqichining boshlang„ich qismi bo„lib, 
topilgan konning sanoat uchun umumiy ahamiyati va f.q.ni geologik joylashish 
qonuniyatlarini aniqlashga yo„naltirilgan. Shu bilan birga, C
2
toifadagi ma‟dan 
zaxiralari va P
1
toifadagi resurslar hisoblanadi. 
Bashoratlash - f.q.larning yangi maydonlarini geologik dalillar asosida, 
qanday va qayerga joylashganligini, resurslar miqdorini oldindan aytib berish, 
tavsiya etish, fikr bildirish. 
Konni mufassal baholash - f.q. konini sanoat uchun baholash, zaxiralarini C
2
toifasi bo„yicha, birinchi navbatda ishga tushiriladigan uchastkalarda C
1
toifasi 
bo„yicha baholab iqtisodiy asoslash uchun o„tkaziladi. 
Konni qo‘shimcha qidirish - konning chetlari va chuqur gorizontlarini yangi 
aniqlangan qonuniyatlar va geologik-iqtisodiy ko„rsatkichlar asosida to„liqroq 
o„rganish. 
Kon (ma‟dan jismi) modeli - asosan 1:100-1:200 miqyoslarda tuziluvchi yer 
qobig„ining kon yoki ma‟dan tanasini qamrab olgan bo„lagining hajmiy va moddiy 
tasviri. Obyekt geologik tuzilishi, ma‟danlashuvning makondagi joylashuvi, tabiiy 
turlari va b. xususida ma'lumot olish imkonini beradi. 
Konlarning geologik-sanoatbop parametrlari - f.q. yotqiziqlarining va xom 
ashyo tabiiy xossalarining miqdoriy geologik tavsifi bo„lib, bu konni o„zlashtirish 
sharoitlariga va texnik-iqtisodiy ko„rsatkichlariga, xomashyoni boyitish va qayta 
ishlashga ta'sir qiladi. Bular ichidagi sistemalari, yotqiziq qalinligi, moddiy tarkibi, 
sifati va texnologik xossalari, yotish sharoitlari, kondan foydalanishning 
texnologik sharoitlaridir. 

Download 4.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling