Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish


Download 4.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/77
Sana01.11.2023
Hajmi4.77 Mb.
#1737752
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   77
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari 2-qism

Gidrotermal eritmalar (gidrotermalar) - magmadan ajralib chiqadigan suv 
bug„lari va issiq suvli eritmalar. Yer yuzsidagi suvlarning ham chuqurlikka tushib 
isishi, kuchli minerallanishi va gidrotermal eritmaga o„xshab kon hosil qilishi 
ehtimoli ham yo„q emas. 
Daryo chaqiq tog‘ jinslari yordamida izlash usuli - allyuvial, delyuvial va 
elyuvial yirik bo„lakli oreollar va mexanik tarqalish, oqimlarini o„rganishga 
asoslangan. 
Jo‘yakli namuna olish - qattiq f.q. konlarini namunalash usullaridan biri 
bo„lib, bunda f.q. jismiga tik ravishda, odatda to„g„ri burchakli shaklda bo„lgan 
jo„yaklar o„tkaziladi. Jo„yaklarning odatdagi kengligi 5-15 sm, chuqurligi 3-6 
sm.ni tashkil etadi. F.q. taqsimlanishi bir tekis bo„lmasa, u kengroq va chuqurroq 
olinadi. 



91

Zaxiralar aniqligi (ishonchliligi) - yer ostidagi (kondagi) metallar va 
ma‟danlar zaxiralarining miqdoriy tavsiflarining haqiqiy qiymatiga muvofiqlik 
darajasi. 
Izlash belgilari - ma'lum bir maydon yoki uchastka doirasida f.q.ning 
mavjudligini bevosita yoki bilvosita ko„rsatuvchi geofizik, minerologik
geokimyoviy omillar. Geologik izlash belgilarini umumiy va muayyan turlarga 
bo„lish mumkin. Umumiysi stratigrafik, lotologik, tuzilmaviy, magmatogen (shu 
bilan birga ma‟danlashuv sababli t. j. o„zgarishining turli namoyonlari ham), 
gidrogeologik va geomorfologiklarga bo„linadi. Muayyan izlash belgilari ma'lum 
bir rayon uchun xosdir. 
Izlash shartlari, izlash mezonlari - Yer qobig„ida f.q.ning joylanishi 
sharoitlarini aniqlovchi geologik, mineralogik, geokimyoviy, geofizik omillar. 
Izlash shartlari ma'lum bir maydonlarda f.q.larni topish mezonini baholash 
imkonini beradi; f.q. izlash mezonlari geologik tuzilmalar, relyef, iqlim, geologik 
hosilalarning yoshi, t.j. tarkibi, turli turdagi anomal maydonlar bilan bog„liqligini 
aks ettiradi. 
Izlash chizig‘i - bu chiziq bo„ylab t.j. sun'iy ochiladi, geokimyoviy namunalar 
olinadi yoki geofizik ishlar bo„lganda t.j.larining fizik xossalari o„lchanadi. Ular 
odatda taxmin qilinayotgan f.q. jismi yo„nalishiga tik ravishda o„tkaziladi. 

Download 4.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling