Geologik xaritalash - geologik tekshirish usullaridan biri. Muayyan joylarda
Yer yuzasining relyefi, geologik tuzilishi, t.j.larining yoshi, dastlabki ichki
tuzilishi, keyingi jarayonlardagi o„zgarishlari, magmatik t.j.larining paydo bo„lish
xususiyatlari, har xil f.q.ning joylashish qonuniyatlarini o„rganish va kelajak
istiqbollarini aniqlashda foydalaniladi. Tabiiy va sun'iy yo„l bilan ochilgan t.j.larini
navbati bilan o„rganib, organik qoldiqlarini topish, mineral tarkibi va paydo
bo„lishini aniqlash, ulardan olingan namunalarni amaliyotda turli usullar
yordamida o„rganish natijasida olingan ma'lumotlar asosida geologiya xaritasi
tuziladi.
Geologik xaritalash usuli bilan izlash - konlarni izlash majmuidagi asosiy
usul bo„lib f.q. konlarni joylashish qonuniyatlarini aniqlash va izlash omillarini
topish. Geologik tasvirlash ishlarini, bajarilgan bashoratli chizmalarni tekshirish.
Geologik tuzilmalar, qatlamlar, shlixli - xaritalarini kesmalari bilan tuzishga
yo„naltirilgan. Shu asosida rayonda topilgan f.q. konlari va namoyonlarini istiqboli
baholanadi.
Geofizik anomaliya - geofizik maydonni odatdagi ko„rsatkichlaridan
boshqacha keskin farq qiluvchi ko„rsatkichlarga ega hududi.
Geokimyoviy mezonlar - kimyoviy elementlarning Yer qobig„ining
rivojlanish jarayonida turli qismlarida yuzaga keluvchi sharoitlariga nisbatan
to„planish, tarqalish yoki neytral xususiyatlarini namoyon etishini taqozolovchi
geokimyoviy ko„rsatkichlar majmuasi.
Geokimyoviy izlash - kimyoviy elementlarning litosfera, gidrosfera va
biosferadagi taqsimlanish qonuniyatlarini konlarni qidirish maqsadlarida tadqiqot
qilishga asoslangan usul. Shuningdek ularning doirasiga atmogeokimyoviy va
radiometrik usullar ham kiradi. Ma‟danli konlarni izlashda ayniqsa litokimyoviy
usullar juda katta ahamiyatga ega. Geologiyaqidiruv ishlarining barcha
bosqichlarida qo„llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |