Texnik-iqtisodiy mulohaza (TIM) - geologiya qidiruv jarayonining
boshlang„ich bosqichlarida (1:50000, 1:25000 miqyosli tasvirlashda) va maxsus
izlash ishlari bosqichlarida bajariladi. Uning maqsadi topilgan konlar va
namoyonlarning bashoratli resurslarini P
1
va P
2
toifasi bo„yicha baholashdan
iboratdir.
Texnologik namunalash - f.q.larning texnologik xossalarini aniqlash va
texnik-iqtisodiy ko„rsatkichlari bo„yicha boyitishning eng yaxshi natija beradigan
hamda xomashyodan kompleks foydalanishni hisobga olgan sxemasini ishlab
chiqish. U yalpi usulda olingan namunalar bo„yicha amalga oshiriladi.
Tozalangan maydoncha - tub t.j. va f.q.ni ochish maqsadida ikkilamchi
qatlamlarni geologik qidirish ishlari jarayonida chetga surib tashlash natijasida
yuzaga keltiriluvchi eng sodda tog„ inshooti.
Tog‘ inshootlari - foydali qazilma yoki bo„shoq t.j. qatlamlarida olib borilgan
tog„-kon ishlari natijasida yer qobig„ida hosil bo„lgan bo„shliqlar.
Tog‘ jinslarning gidrotermal o‘zgarishi - atama ma‟danlashuv jarayoniga
ta'siriga nisbatan turli ma'noda tushuniladi: 1) tarkibida ma‟dan bo„lgan t.j.ining
gidrotermal o„zgarishi; 2) ma‟dan hosil bo„lishiga faqatgina shartli imkon beruvchi
gidrotermal o„zgarishlar; 3) umuman ma‟dan hosil bo„lishiga daxlsiz gidrotermal
o„zgarishlar.
Tomir minerallari - yer yoriqlarini to„ldiruvchi asosiy minerallar. Bular
kvars, kalsit, magnezit, dolomit, barit, flyuorit, ba'zan gips, ortoklaz, seolit va
boshqalardir.
To‘g‘ri kesimli jo‘yak - geokimyoviy namunalar olishda eng ko„p
qo„llaniladi; to„g„riburchakli, kamroq kvadratli, juda kam uchburchakli kesimlari
bo„ladi; butun uzunligi bo„yicha kengligi va chuqurligi o„zgarmaydi. Kesimlarning
o„lchamlari ma‟danlarning xususiyatlari va ma‟dan jismlarining qalinligiga qarab
aniqlanadi. Quyidagi o„lchamlar odatda keng tarqalgan (sm.larda) 2x5; 3x5; 3x10;
5x10; 10x20 va h.k.
Uragan namuna - f.q. konlarini izlash jarayonida olinib, boshqa
namunalardan o„zining anomal yuqori miqdoriy yoki boshqa ko„rsatkichlari bilan
keskin ajralib turadi. Blokda (konda) foydali komponentlarning mavjudligini
o„rtacha miqdorini baholash maqsadida, maxsus chegaralashlar bilan qo„llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |