Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish
Download 4.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari 2-qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kernsiz parmalash
- Konvergensiya
Ikkilamchi oreol - ekzogen jarayonlarning f.q.li konlariga ta'sirida hosil
bo„lgan ayrim kimyoviy elementlar anomal konsentratsiyalari zonasi. Kanavalar - kesimi trapetsiyasimon, uzunligi katta (yuzlab m.), chuqur bo„lmagan (3 m.gacha) va eni 0,8 m.ni tashkil qilgan ariqsimon ochiq tog„ inshooti. F.q. ochish yoki ustki bo„shoq t.j.larning kesimini o„rganish uchun o„tiladi. Kernsiz parmalash - parmalash kern olmasdan amalga oshiriladigan. Bunday parmalash geologik tuzilishi ma'lum bo„lgan joylarda, hamda geofizika va boshqa usullar yordamida uni aniqlash mumkin bo„lgan hollarda amalga oshiriladi. Kimyoviy namunalash - f.q. kimyoviy tarkibini zaxira hisoblash, ma‟dan jismlari maydon va qalinligini topish va boshqa maqsadlarda aniqlash. Kon - Yer qobig„ining ma'lum maydonida turli geologik jarayonlar natijasida vujudga kelgan f.q. to„plangan joy. Konlardagi ma‟danlarning miqdori va sifati hozirgi zamon iqtisodiyoti va texnika taraqqiyoti nuqtai nazaridan sanoat talabiga javob bersa, bunday konlar sanoat ahamiyatidagi konlar deb yuritiladi. Ular zaxirasi, sifati va xalq xo„jaligidagi ahamiyatiga qarab kichik, o„rta hamda katta konlarga bo„linadi. Konvergensiya - turli kelib chiqish manbalari va yo„llar bilan o„xshash turdagi mahsulotlarning hosil bo„lishi. Konditsiyalar - sanoatning mineral xomashyo sifati va konni tog„-geologik ko„rsatgichlariga bo„lgan talablarining yig„indisi. Bu talablar f.q. zaxiralarini hisoblashda va chegaralashda qo„llaniladi. Ularga rioya qilinganda zaxiralar balansdagi va balansdan tashqari turlarga bo„linadi. Konditsiyalarning asosiy ko„rsatkichlari: 1). Hisoblash bloklari ma‟danlaridagi foydali komponentning (metallning) minimal sanoat miqdori. 2). Konning chegaralari aniqlanadigan chekka namunalardagi foydali komponentning bort miqdori. 3). Ma‟dan jismining - 92 - minimal qalinligi va maksimal chuqurligi. 4). Ma‟danlilik koeffitsiyentining minimal ko„rsatkichi va ma‟danni ochish koeffitsiyentining maksimal ko„rsatkichi. 5). Zararli aralashmalarning maksimal miqdori. 6). F.q. minimal zaxirasi va b. K.lar vaqtinchalik bo„ladi. Ularning darajasi xalq xo„jaligining talabiga va mineral xomashyo turining zaxiralari balansiga bog„liq bo„ladi va mineral xomashyo bazasining ahvoli hamda talab o„zgarishi bilan u o„zgaradi. K.lar geologik tashkilotlar tomonidan, loyihalash institutlari bilan birgalikda konning dastlabki va mufassal chamalash materiallari asosida bajariladi. Download 4.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling