Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti iqtisodiyot nazariyasi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/47
Sana24.10.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1718192
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   47
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi (4)

24-rasm.AR =MR =P 
Masalan, monopolist faqat bir birlik mahsulotini 10000 so‘m ga sotishi 
mumkin. Ikkita birlikni sotish uchun u ham birinchi, ham ikkinchi birlik 
narxini 9000 so‘mgacha tushirishi kerak. Uchta birlik mahsulotni sotish 
uchun har bittasining narxi 8000 so‘m, to‘rtta birlik – 7000 so‘m va h.z. 
Shunda firmaning daromadi quyidagicha bo‘ladi: 
1 birlik – 10000; 
2 birlik – 18000 (9000
*
2); 
3 birlik – 24000 (8000
*
3); 
4 birlik – 28000 (7000
*
4). 
Mos ravishda me’yoriy (yoki sotuv hajmi bir birlik mahsulotga oshishi 
natijasi qo‘shimcha bo‘lgan) daromad quyidagicha bo‘ladi: 
1 birlik – 10000; 
2 birlik – 8000 (18000 - 10000); 
3 birlik – 6000 (24000 - 18000); 
4 birlik – 4000 (28000 - 24000). 
Yuqorida keltirilgan grafikda (24- rasm) talab va me’yoriy daromad 
egri chiziqlari bir birini qoplamaydi va me’yoriy daromad birinchi holdan 
tashqari barcha hollarda narxdan pastroqdir. Monopolist ishlab chiqarish 
hajmi to‘g‘risidagi qarorni me’yoriy xarajat hamda me’yoriy 
daromadlarni tenglashtirish qoidasiga (MR =MC) asoslanib qabul qilar 
ekan, ushbu qaror bo‘yicha aniqlangan mahsulot miqdor va hajmi sof 
raqobat sharoitdagi mazkur ko‘rsatkichlardan farqlanadi. (25- rasm). 


56 
25-rasm. MR =MC 
 
Sof monopoliya sharoitida MR =MC sharti bajarilganda ishlab 
chiqaruvchining foydasi maksimallashadi. Bu shartga Qm nuqtasidagi 
ishlab chiqarish hajmi to‘g‘ri keladi. Ushbu nuqtadan yuqoriga talab egri 
chiziqqacha perpendikulyar chiziq ko‘tarilsa, maksimal foydani ta’minlab 
beruvchi narx Pm aniqlanadi. Pm dan yuqori narxni belgilash uchun 
monopolist talab egri chizig‘i bo‘yicha chapga tepaga surilishi kerak, 
ammo bunda sotuvlar hajmi Qm ga nisbatan kamayib, foydani ham 
qisqartiradi. Agarda monopolist Pm dan pastroq narxni belgilasa, uning 
me’yoriy xarajatlari me’yoriy daromaddan oshib ketib, yalpi daromad 
hamda foyda kamayadi. 
Shunday qilib, monopol hukmronlik mavjudligida me’yoriy daromad 
narxdan pastroq, talab egri chizig‘i esa qiya bo‘ladi (sof raqobat sharoitida 
ushbu chiziq absolyut elastik, ya’ni gorizontal ko‘rinishga ega bo‘ladi) va 
bu monopol firmaga qo‘shimcha foyda keltiradi. Demak, talab elastikligi 
qanchalik yuqori bo‘lsa, monopoliyaning faoliyati sof raqobat sharoitiga 
shunchalik yaqin bo‘ladi va aksincha noelastik talab monopoliyaga 
narxlarni oshirish va monopol daromad olish imkoniyatini yaratadi. 
Bozorning monopolizatsiya darajasini aniqlash uchun Gerfindal 
indeksidan foydalaniladi: 
bu yerda H–ishlab chiqarishning bir yerga to‘planishi, pi– firmaning 
bozordagi ulushi (foizda). 
Hozirgi iqtisodchilarning fikri bo‘yicha, monopoliyalarning tarqalishi 
quyidagi uchta sababga ko‘ra iqtisodiy samaradorlikni pasaytiradi: 


57 

Monopolistning foydani maksimallashtiradigan ishlab chiqarish 
hajmi sof raqobat sharoitdagi ishlab chiqarish hajmiga nisbatan pastroq, 
narxi esa yuqoriroq bo‘ladi. Bu iqtisodiyotda resurslar to‘liq 
ishlatilmasligiga va jamiyat uchun zarur bo‘lgan mahsulotning bir qismi 
ishlab chiqarilmasligiga olib keladi. 

Bozorda yagona sotuvchi bo‘lgani sababli monopolist ishlab 
chiqarish xarajatlarni qisqartirishga harakat qilmaydi. Unda ishlab 
chiqarishni yangilash, ilg‘or texnologiyani qo‘llash uchun rag‘bat yo‘q. 

Yangi firmalar uchun monopoliyalashtirilgan tarmoqlardagi 
to‘siqlar mavjudligi hamda monopolistlar bozordagi o‘z hukmronligini 
saqlab qolishi uchun bor kuchini va katta mablag‘larining sarflanishi 
iqtisodiy samaradorlikka salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Aynan shuning uchun barcha bozor iqtisodiyotiga ega bo‘lgan 
mamlakatlarda monopol hukmronlikni nazorat va cheklab turuvchi 
monopoliyaga qarshi qonunlar amal qiladi. 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling