Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti iqtisodiyot nazariyasi


Narx – bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar va xizmatlarning ijtimoiy  qiymati va ijtimoiy nafliligining puldagi ifodasidir.  Ulgurji narx


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/47
Sana24.10.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1718192
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi (4)

Narx – bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar va xizmatlarning ijtimoiy 
qiymati va ijtimoiy nafliligining puldagi ifodasidir. 
Ulgurji narx – ishlab chiqaruvchilar tomonidan tovarlar katta 
partiyalarda bir yo‘la ko‘tarasiga sotilganda qo‘llaniluvchi narx. 
Chakana narx – tovarlar bevosita iste’molchilarga sotilganda 
qo‘llaniluvchi narx. 
Dotatsiyalashgan narx – davlat byudjeti hisobidan maxsus 
arzonlashtirilgan narx. 
Demping narx – bozorda o‘z mavqeini mustahkamlash va raqiblarini 
siqib chiqarish uchun foydalaniluvchi narx. 
Nufuzli narx – aholining yuqori daromad oluvchi qatlami xarid 
qiladigan tovarlarni sotishda qo‘llaniluvchi narx. 
Narx diapazoni – narxlar oralig‘idagi farqning puldagi ifodasi. 
Erkin narx – talab va taklif ta’sirida shakllanadigan bozor narxi. 
 
 
 


60 
Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar: 
1. Raqobatning mohiyati va maqsadini tushuntirib bering. 
2. Raqobatning asosiy vazifalari nimalardan iborat? Bu vazifalarning 
bir-biridan farqini ajratib ko‘rsating. 
3. Raqobat shakllariga tushuncha bering va ularning har biriga xos 
belgilarini ko‘rsating. 
4. Tarmoq ichidagi va tarmoqlararo raqobatning farqini tushuntirib 
bering. 
5. Raqobatlashuvning demping narxlarni qo‘llash usuli qanday 
sharoitlarda amalga oshiriladi? 
6. Monopoliya nima va uning vujudga kelishining iqtisodiy asoslari 
nimalardan iborat? Monopoliyaning qanday turlari mavjud? 
7. Kapitalning to‘planishi va markazlashuvi o‘rtasida qanday farq 
bor? 
8. Tabiiy, legal va sun’iy monopoliyalarning bir-biridan farqlanishini 
ko‘rsating. 
9. Monopoliyaning ijobiy va salbiy tomonlari nimalarda namoyon 
bo‘ladi? 
10. Monopoliyaga 
qarshi 
siyosat 
va 
monopoliyaga 
qarshi 
qonunchilikning mohiyati qanday? 
11. Raqobat muhitining shakllanishiga qanday omillar ta’sir 
ko‘rsatadi? 
12. Narxning iqtisodiy mazmunini uning vazifalari orqali tushuntirib 
bering. Narx asosiy turlarining qisqacha tavsifini bering. 
13. Narxning tashkil topishi borasida qanday nazariyalar mavjud? 
Ularning afzallik va kamchilik tomonlarini ko‘rsatib bering. 
14. Narx siyosati nima? O’zbekistonda narx siyosati amalga 
oshirilishining qanday xususiyatlari mavjud? 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling