Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti issiqlik energetikasi fakulteti


Download 56.13 Kb.
bet2/4
Sana23.04.2023
Hajmi56.13 Kb.
#1390710
1   2   3   4
Bog'liq
Iskandarov A\'zamjon 60 20 AES

Dezaktivatsiya qilish usullari

Dezaktivatsiya usulini tanlash dezaktivatsiyalanuvchi obyekt xarakteriga va radioizotoplar turiga bog'liq. Umumiy holda dezaktivatsiya usullarini: mexanik, fizikaviy, kimyoviy, biologik va kombinatsiyalashganlarga ajratish mumkin.


Dezaktivatsiyaning mexanik usuli RM larning mexanik yo'qotilishi (ifloslangan qatlam yo‘qotilishi)ga yoki aralashtirish (suv, havo, suyuqliklar) yo'li bilan ularning konsentratsiyasining pasaytirilishiga asoslangan.
Dezaktivatsiyaning fizikaviy usuli radioizotoplaming ba'zi xossalari, masalan, tabiiy yemirilish (vaqt bo'yicha tutib turish) hisobiga ularning aktivligining pasaytirilishda ishlatiladi.
Dezaktivatsiyaning kimyoviy usullari turli xil moddalami ishlatishga asoslangan, ularning yordamida ba'zi RM lar tanlanishlari va ifloslangan obyektlardan chiqarilishlari mumkin.
Biologik usul ba’zi mikro va makroorganizmlaming atrof-muhitdan RM larni tanlab yutish qobiliyatiga asoslangan.
SUV DEZAKTIVATSIYASI
Ifloslangan suvlar dezaktivatsiyasi uchun turli xil usullardan foydalanish mumkin. Ko'pincha tindirish usuli, ion almashtiruvchi filtrlar orqali filtratsiya va distillyatsiya ishlatiladi.
Tindirish usuli bilan dezaktivatsiyalash shundan iboratki, eritmaga koagulantlar qo'shilganda kalloidlar stabilligining buzilishi va cho'kmaga tushuvchi parchalarning hosil bo'lishi kuzatiladi. Bu parchalar butun yuzada muallaq moddalami adsorbsiyalaydi, tutib turadi va to'playdi. Koagulant parchalarining yutilgan RM bilan kelgusi cho'kishi m aium darajada suvni RM lardan xoli qilish imkonini tug'diradi.
Ushbu usul yordamida suyuq chiqindilardan radioaktiv izotoplami chiqarib olish effektivligi suvda mavjud bo‘lgan moddalaming izotop tarkibiga, ularning fizik-kimyoviy holatiga va muhitning pH ga bog'liqdir. Tindirish chiqindilami ularda eritilgan RM lardan tozalashning past effektivlikli usulidir. Bu usul zarrachalr shaklida muallaqlashgan RM larni yo'qotish uchun ko'proq effektivliroqdir. Koagulatsiyalanganda muallaqlashgan zarrachalar mavjudligi bilan aniqlanuvchi suyuqlik aktivligi 97-98% ga kamayadi.
Koagulantlar sifatida temir gidrooksidi, ohakli fosfatlar, ohakli teri oshlash kislotasi, loy qo'shilgan oltingugurtli aluminiy va boshqalar ishlatilishi mumkin.
Eritilgan RM lardan suvni dezaktivatsiyalashning muhim usullaridan biri ionli almashish usuli hisoblanadi. Bu usulda RM lar bilan ifloslangan suv sintetik ionli almashuvchi organik smolalar kationitlar va anionitlar orqali o'tkaziladi.
So'nggilari suvda eritilgan tuzlar bilan almashish reaksiyalariga kira olish qobiliyatiga ega bo'lgan moddalardir. Bunday reaksiyalar natijasida barcha kationlar, jumladan, radioaktivlar ham kationitda, anionlar anionitda tutib qolinadi. Umumiy ko'rinishda bu reaksiyalar quyidagicha ifodalanishi mumkin:
2R H++ Sr++ -*• R Sr+++ 2H+;
2R OH++ SO4- R SO4- + 20H+.
Ionli almashish qo'llanilganda chiqindilar solishtirma aktivligi pasayishining effektivligi sezilarli darajada ulaming tarkibiga bog'liq bo'ladi. Suvda mexanik kirishmalarning, yog'laming mavjudligi smola (cho'kindi va sovun)da kovakchalar sonining kamayishi, smola (moy) donachalarining o'rab olinishi va h.k. hisobiga almashish effektini pasaytiradi.
To'yingandan keyin ionli almashuvchi filtrlar ionli almashuvchi smolalaming kimyoviy strukturasiga bog'liq holda kislotalar (5% li HC1) da (kationitni yuvish), ishqorlar (5% li NaOH)da (anionitni yuvish) yoki boshqa reagentlarda yuvish orqali regeneratsiyalanadi. Bunday ishlov berish natijasida filtrlardan RM lar regeneratsion eritmalarga o'tadi.
Kuchsiz radioaktiv ifloslangan suvni lokal tozalash uchun kompakt yig'ma-patron ishlatilishi mumkin. Ifloslangan suv, filtr orqali o'tgach, odatdagi xo'jalik kanalizatsiyasiga yuborilishi mumkin. Filtrlar materiali maxsus ishlov (VION) dan o'tgan sintetik tolali sorbentlar. Aktiv guruhlar bilan almashish VION AN-1 anionitda va VION KN-1 kationitda kechadi. Filtr radiologik laboratoriyalarda ishlatiladi (filtrlanuvchi suvda izotoplar konsentratsiyasi 104 Bk/1 dan oshmasligi kerak).
Distillatsiya suyuq radioaktiv chiqindilarga, ularni bug'latish yo‘li bilan ishlov berish usuli. Bunda RM lar katta bo'lmagan hajmdagi bug'latilgan qoldiqqa to'planadi, keyin u ko'mib tashlanadi.

Download 56.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling