Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali konchilik elektr mexanikasi fakulteti


O’ZBEKISTONNING ROSSIYA FEDERATSIYASI BILAN ALOQALARI


Download 35.43 Kb.
bet2/6
Sana18.06.2023
Hajmi35.43 Kb.
#1597041
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
abdurauf

O’ZBEKISTONNING ROSSIYA FEDERATSIYASI BILAN ALOQALARI
O’zbekistonning MDH mamlakatlari bilan o’zaro munosabatlaridagi eng muhim masala – suveren Rossiya bilan teng huquqli aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlash hamda uning potensialiga tayanishdir O'zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federasiyasi o'rtasida do'stlik va hamkorlik to'g'risidagi shartnomaning tuzilganligi siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalardagi munosabatlarni yanada rivojlantirishda qudratli omil bo'lib xizmat qiladi, har ikkala mustaqil davlat xalqlarining tub manfaatlariga mos keladi.
O'zbekiston Respublikasi tashqi savdo hamkorlari orasida Rossiya Federasiyasi birinchi o'rinda turadi. Mamlakatimiz o'rtasida keng ko'lamli hamkorlik1992 yil 30 mayda qabul qilingan "Do'stlik va hamkorlik to'g'risidagi" kelishuv, 2004 yil 16 iyunda imzolangan “Stratigik hamkorlik”, 2005 yil 14 noyabrda “Ittifoqdoshlik munosabatlari" to'g'risidagi shartnomalar asosida rivojlanmoqda. Bugungi kunda Rossiya-O'zbekiston hamkorligini huquqiy asosini tartibga solishda turli sohaga oid 200 dan ortiq kelishuv va bitimlar imzolangan
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 2017 yil 4 – 5 aprel kunlari davlat tashrifi bilan Rossiya Federatsiyasida bo'ldi
Ikki davlat bayroqlari bilan bezatilgan "Vnukovo-2" aeroportida oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Davlat rahbarini Rossiya Federasiyasi hukumati a'zolari kutib oldi. Shavkat Mirziyoev va Vladimir Putin O'zbekiston bilan Rossiya o'rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlash, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, transport-kommunikasiya, ilmiy-texnik, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi o'zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik muammolar yuzasidan fikr almashdilar. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Rossiyaga davlat tashrifiga tayyorgarlik doirasida mamlakatimizning Moskva shahridagi elchixonasida 3 aprel kuni O'zbekiston va Rossiya o'rtasida hujjatlarni imzolash marosimi bo'lib o'tdi. Ikki davlat vakolatli vakillari savdo-iqtisodiy va investisiya sohalarida umumiy qiymati 3,5 milliard AQSh dollaridan ortiq bo'lgan 16 ta ikki tomonlama bitim, shartnoma va boshqa hujjatlarni imzoladi.
Rossiya Prezidentining fikriga ko'ra, MDH mamlakatlariga terrorchilikdan boshqa yana bir necha xavflar tahdid solmoqda. Ular orasida uyushgan jinoyatchilik, narkotrafik, korrupsiya va davlatlar ichki siyosatiga tashqaridan aralashish kabi xatarlar bor. Vladimir Putin bugungi kunda MDH mamlakatlari xavfsizlik xizmatlari o'rtasida juda yaxshi hamkorlik munosabatlari o'rnatilganini qayd etgan.
Mirziyoev Medvedev bilan uchrashuvda: terrorizm chegara bilmas xavf, unga qarshi birlashish lozim O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Rossiya Federasiyasi hukumati raisi Dmitriy Medvedev bilan uchrashdi. Dmitriy Medvedev Shavkat Mirziyoevning Rossiya Federasiyasiga tashrifidan minnatdor ekanligini bildirdi. "O'zbekiston Rossiyaning eng ishonchli hamkorlaridan biri. Ikki davlat turli sohalarda ishonchli hamkorlik qilib kelmoqda. Sizning tashrifingiz davomida juda katta loyihalar bo'yicha kelishuvlarga erishish ko'zda tutilgan. Men tashrifingiz samarali bo'ladi va ikki do'st davlatning hamkorligida yangi sahifa ochiladi, deb ishonaman", dedi Dmitriy Medvedev. "Sankt-Peterburgda ro'y bergan mash'um voqea munosabati bilan chuqur hamdardligimni qabul qilgaysiz. Terrorizm chegara bilmaydigan xavfdir, shu bois unga qarshi kuchlarni birlashtirgan holda kurashish lozim", – dedi Shavkat Mirziyoev.
Prezident ushbu tashrif o'zaro aloqalarni yangi bosqichga ko'tarish, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashish uchun qulay imkoniyat ekanligini ta'kidladi. "Bugungi muloqotlarimiz ko'p sohalardagi hamkorligimizda yangi davrni boshlab berishiga ishonaman", – degan Shavkat Mirziyoev. "O'zbekiston biz uchun strategik hamkor, bir-birini insoniy munosabatlardan boshlanib iqtisodiy aloqalarda yakunlanadigan ko'plab omillar bog'lab turadigan eng yaqin mamlakatdir.Sizning tashrifingizga hukumat ham, boshqa hamkasblar ham qattiq tayyorgarlik ko'rganini e'tirof etish lozim. Iqtisodiyot, yangi loyihalar, gumanitar soha, migrasiya va mehnat munosabatlari borasida hamkorlik masalalari bilan bog'liq juda keng miqyosdagi hujjatlar to'plami tayyorlandi (keyingi yillardagi munosabatlarimiz uchun bu ulkan hajmdagi to'plam).Tashrifingiz muvaffaqiyatli o'tishiga va bu tashrif mamlakatlarimiz o'rtasidagi iliq, do'stona munosabatlarning yangi sahifasini ochib berishiga ishonchim komil. Sizni yana bir bor chin qalbimdan qutlayman!", — dedi Medvedev. Shavkat Mirziyoev o'z navbatida Medvedev hamda Vladimir Putinning Rossiyaga taklifi uchun minnatdorchilik bildirdi.
"Rossiya bizning strategik hamkorimiz, biz ittifoqchilik munosabatlari o'rnatganmiz. Siz bilan ilgari ham ko'p bora uchrashganmiz. lekin barcha: tashqi ishlar vazirliklari uchrashuvlari, savdo, harbiy-texnika, gumanitar, madaniy munosabatlarni qamrab olgan bugungidek tayyorgarlik ilgari bo'lmagandi. Qoniqish bilan aytish mumkinki, tayyorlangan hujjatlar to'plami ancha salmoqli. Mazkur tashrif tarixiy ahamiyatga ega bo'ladi" , dedi O'zbekiston Prezidenti.
Prezidentlar muzokaralari yakunida qator hujjatlar imzolandiO'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Rossiya Federasiyasiga davlat tashrifi yakunlari bo'yicha qator hujjatlar imzolandi. Muzokaralar yakunida siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, harbiy-texnikaviy, migrasiya sohalari, shuningdek mintaqalararo hamkorlik, turizm va sog'liqni saqlashga oid umumiy qiymati 16 milliard dollar bo'lgan 55 hujjat imzolandi.Jumladan, Rossiya va O'zbekiston hukumatlari O'zbekiston fuqarolarini Rossiyada vaqtinchalik mehnat qilishga uyushgan holda jalb etish bo'yicha kelishuv imzolagan. Shuningdek, birgalikda migrasiya sohasida mutasaddi organlar vakolatxonalarini ta'sis etish, sog'liqni saqlash, tibbiy ta'lim va fan sohasida, turizm sohasida o'zaro hamkorlik bo'yicha kelishuvlar imzolangan. O'zbekiston va Rossiya o'rtasida 50dan ortiq hujjat imzolandi: 1. O'zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoev va Rossiya Federasiyasi prezidenti Vladimir Vladimirovich Putin o'rtasida qo'shma bayonot. 2. O'zbekiston Respublikasi va Rossiya Federasiyasi hukumatlari o'rtasida mintaqalararo hamkorlikni rag'batlantirish bo'yicha kelishuv. 3. O'zbekiston Respublikasi hukumati va Rossiya Federasiyasi hukumati o'rtasida O'zbekiston fuqarolarini Rossiyada vaqtinchalik mehnat qilishga uyushgan holda jalb etish bo'yicha kelishuv. 14 4. O'zbekiston Respublikasi hukumati va Rossiya Federasiyasi hukumati o'rtasida migrasiya sohasida mutasaddi organlar vakolatxonalarini ta'sis etish bo'yicha kelishuv. 5. O'zbekiston Respublikasi hukumati va Rossiya Federasiyasi hukumati o'rtasida sog'liqni saqlash, tibbiy ta'lim va fan sohasida hamkorlik qilish bo'yicha kelishuv. 6. O'zbekiston Respublikasi hukumati va Rossiya Federasiyasi hukumati o'rtasida turizm sohasida hamkorlik qilish bo'yicha kelishuv. 7. O'zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar, investisiyalar va savdo vazirligi hamda Rossiyaning fuqarolik va harbiy ahamiyatga molik yuqori texnologiyali mahsulotlarni barpo qilish, ishlab chiqarish va eksport qilishga ixtisoslashgan "Rostex" davlat korporasiyasi o'rtasida anglashuv memorandumi. 8. "EVROSEMENT grup" va "O'zqurilishmateriallari" aktsionerlik jamiyati o'rtasida qurilish sanoati hamda modernizasiya loyihalarini amalga oshirish bo'yicha memorandum. 9. O'zbekiston Respublikasi metallurgiya sanoati, neftegaz kimyosi va kon sanoatida Rossiya Federasiyasi kompaniyalari ishtirokidagi qo'shma investisiya loyihalari bo'yicha kelishuv. 10. "Gazprom eksport" va "O'ztransgaz" o'rtasida tabiiy gaz xarid qilish bo'yicha



Download 35.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling