Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali konchilik elektr mexanikasi fakulteti


O‘zbekiston tashqi siyosatida Rossiya, AQSH, Xitoy mamlakatlarining o‘rni


Download 35.43 Kb.
bet5/6
Sana18.06.2023
Hajmi35.43 Kb.
#1597041
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
abdurauf

O‘zbekiston tashqi siyosatida Rossiya, AQSH, Xitoy mamlakatlarining o‘rni.
O‘zbekiston–Rossiya. • O‘zbekiston Rossiya Federatsiyasi bilan o‘zaro hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratdi. O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi davlatlararo munosabatlar va hamkorlik 1992-yil imzolangan Davlatlararo munosabatlar, Do‘stlik asoslari to‘g‘risi-dagi shartnoma, 1998-yil imzolangan 1998–2007-yillar uchun iqtisodiy hamkor- likni chuqurlashtirish to‘g‘risidagi shartno- malar asosida rivojlanib bordi. • 2005-yilda Moskvada imzolangan O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnoma, shuningdek, 2012-yilda Toshkentda bo‘lib o‘tgan uchrashuv yakuniga ko‘ra qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida strategik sheriklikni chuqurlashtirish to‘g‘risidagi deklaratsiya» ikki davlat o‘zaro munosabatlarida alohida voqea bo‘ldi. Ikki mamlakat o‘zaro munosabatlari va hamkorligining yanada rivojlanishi va chuqurlashishiga 2013-yil aprelda O‘zbekiston Prezidenti • 2017-yil aprelda Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Rossiyada bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasiga davlat tashrifi yakunlari bo‘yicha siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, harbiy-texnikaviy, migratsiya sohalari, shuningdek, mintaqalararo hamkorlik, turizm va sog‘liqni saqlashga oid umumiy qiymati 16 milliard dollar bo‘lgan 55 hujjat imzolandi. Rossiya bilan munosabatlarga ham katta urg'u berilgan. Iqtisodiy aloqalar, transport, qishloq xo’jaligi mahsulotlari eksporti, harbiy texnik hamkorlik, mehnat muhojirlariga doir imzolangan bitim amaliyoti hamda o’zaro hamkorlik aloqalariga oid boshqa muhim yo’nalishlarga e'tibor qaratilgan.
Hujjatga ko’ra, Rossiya bilan gumanitar sohalardagi hamkorlik kengayadi, jumladan, O’zbekistonda Rossiya oliy o’quv yurtlari bo’limlari ochilishda davom etadi.
Hujjatga muvofiq, yaqin kelajakda Belarus va Urkaina bilan hamkorlikda yangi bosqichlarni kutish mumkin. Belarus bilan qishloq xo’jaligi texnikasini ishlab chiqarish yuzasidan, to’qimachilik mahsulotlari eksporti, shuningdek, harbiy texnika ta’miri va modernizatsiyasiga doir hamkorlik loyihalari kutilmoqda. Ukraina bilan qishloq xo’jaligi, yengil sanoat, avtomobil eksporti, farmasevtika, ta’lim va turizm kabi sohalarda hamkorlik ko’rsatilgan.
QSh bilan yaqin istiqboldagi hamkorlik ikki tomonlama aloqalarning huquqiy asoslarini mustahkamlash, savdo-iqtisodiy munosabatlar, sarmoya, neft va energetika, ishlab chiqarish sohalarini qamrab olishi ko'zda tutilgan.
Hujjatda O’zbekiston milliy iqtisodiyotini yangilashda, modernizatsiya qilishda, bu borada kadrlar tayyorlash sohasida AQSh bilan maslahatlashgan holda ishlashdan manfaatdorlik bildirilgan. Shuningdek, harbiy hamkorlik davom etishi, harbiy texnika, harbiy kadrlar tayyorlash bo’yicha rejalar borligi ma’lum qilingan.
Yaqin kelajakda AQSh va O’zbekiston aloqalarida yangi bosqich boshlanishi kutilmoqda. Prezident Mirziyoyev AQShga taklif qilingan. AQSh rahbari Donald Trampning Toshkentda o’tgan Afg’oniston konferensiyasi munosabati bilan yo’llagan maktubida bu haqda aytilgan. Maktubda Tramp Mirziyoyev bilan uchrashuvni intiqlik bilan kutayotgani haqida yoziladi, ammo bu taklif rasmiy safarni nazarda tutadimi yoki shaxsiy tashabbusmi, aniq emas. Hozircha bu borada biror amaliy harakatlar borayotgani noma’lum.
Mirziyoyev hokimiyatga kelar ekan, AQSh-O’zbekiston aloqalarida asosiy to’siq bo’lgan inson huquqlari masalasida ijobiy o’zgarishlar ro'y berdi. Ayni paytda O’zbekistondagi o’zgarishlarni, ayniqsa, siyosiy mahbuslarning ozod etilayotganini olqishlab kelayotgan asosiy davlatlardan biri ham AQShdir.
6-aprel kuni Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov AQSh Davlat kotibi yordamchisining inson huquqlari, demokratik qadriyatlar va mehnat masalalari bo’yicha o’rinbosari Rendi Berri boshliq delegatsiyani qabul qildi. AQSh delegatsiyasi Toshkentda parlament a’zolari, nodavlat tashkilotlar, inson huquqlari faollari bilan muloqot o’tkazgan.
Toshkentdagi Afg’oniston bo’yicha konferensiyada qatnashgan amerikalik professor Fred Star O’zbekistonda kutilmaganda boshlangan islohotlarni xalqaro maydonda kuzatilayotgan eng ijobiy o’zgarishlar sirasiga kiritadi.
“Agar xalqaro miqyosda olib gapirganimizda ham bugun dunyodagi eng dadil, eng ijobiy islohotlar kutilmaganda O’zbekistonda kechmoqda. Biz hozir bu haqda kitob ham yozmoqchimiz, ya’ni prezident Mirziyoyevning islohotlari nimalardan boshlangani, nimalar kutilayotgani haqida. Men bu borada optimistman, O’zbekiston hududi asrlar davomida mintaqaning asosiy markazi bo’lib kelgan, hozir hammasi yana o’z o’zaniga qaytayotgandek, shu bois ham men bu yerdagi jarayonga chuqur hurmat, ishtiyoq bilan qarayapman”, - deydi u.



Download 35.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling