Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali konchilik elektr mexanikasi fakulteti


Tojikistonning poytaxti Dushanbe shahrida


Download 35.43 Kb.
bet4/6
Sana18.06.2023
Hajmi35.43 Kb.
#1597041
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
abdurauf

Tojikistonning poytaxti Dushanbe shahrida mustaqil davlatlar Hamdo'stligi Davlat rahbarlari Kengashining navbatdagi Majlisi boshlandi. Majlisda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev ishtirok etdi. Unda nutq so'zlagan Prezidentimiz jahonda jadal o'zgarishlar ro'y berayotgan, xatar va tahdidlar kuchayib borayotgan bugungi kunda mustaqil davlatlar Hamdo'stligi zarurligini, ko'p qirrali hamkorlikni mustahkamlash uchun muhim maydon bo'lib xizmat qilayotganini ta'kidladi. Sammitda Prezident Shavkat Mirziyoev ko'p tomonlama hamkorlikni kengaytirishning dolzarb va istiqbolli yo'nalishlariga to'xtalib o'tdi. O'zbekiston 2020 yilda MDH Davlat rahbarlari kengashi majlisini o'tkazishga tayyor ekanini tasdiqladi.
O’ZBEKISTON VA JANUBIY KOREYA MUNOSABATLARI ALOHIDA STRATEGIK SHERIKLIK DARAJASIGA Ko’TARILDI O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning taklifiga binoan Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje In 18 aprel kuni davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi. O’zbekiston bilan Janubiy Koreya geografik jihatdan birbiridan uzoq, lekin ko’ngli yaqin, tinchlik va taraqqiyot yo’lida maqsadi mushtarak davlatlardir. Tarixdan ma'lumki, "mamlakatlarimiz Buyuk Ipak yo’li davrlaridan boshlab o’zaro bordi-keldi qilgan. Samarqanddagi "Afrosiyob" muzeyida saqlanayotgan devoriy suratlarda VII asr o’rtalarida Samarqand hukmdorining qadimgi Koreya - Choson elchisini qabul qilish marosimi aks ettirilgani bunga yorkin misol bo’la oladi. Mamlakatlarimiz vaqt sinovidan o’tgan ishonchli strategik sheriklardir. Oliy darajadagi muloqotlar va mushtarak intilishlar samarasida mamlakatlarimiz hamkorligi barcha yunalishlarda izchil rivojlanmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 22-25 noyabr kunlari Koreya Respublikasiga davlat tashrifi o’zaro munosabatlarni sifat jihatdan yangi bosqichga ko’tardi. Mazkur tarixiy tashrif ko’pqirrali aloqalarni rivojlantirish uchun mustahkam zamin yaratdi. Tashrif doirasida davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo 20 dan ortiq bitim, shuningdek, umumiy qiymati 10 milliard AQSh dollaridan ziyod bo’lgan 64 ta hujjat imzolandi.
PREZIDENT SH.MIRZIYOYEVNING HINDISTONGA TASHRIFI O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Hindiston Respublikasi Prezidenti Ram Nath Kovindning taklifiga binoan 30 sentyabr – 1 oktyabr kunlari davlat tashrifi bilan Hindistonda bo'ldi. Bugungi kunda Hindiston jadal rivojlanmoqda, zamonaviy qiyofa kasb etmoqda. Uning qudratli davlat va iqtisodiyoti rivojlangan mamlakat sifatida jahondagi o'rni tobora mustahkamlanmoqda. Ushbu mamlakat, ayniqsa, yuqori texnologiyalar, innovasiyalar, sanoat, dasturlash, sog'liqni saqlash, xizmat ko'rsatish sohalarida ilg'or hisoblanadi.
O‘zbekiston va Hindistonning o‘zaro manfaatli hamkorligi mamlakatlarning uzoq muddatli manfaatlariga javob beradi, Markaziy va Janubiy Osiyoning tarixiy o‘zaro bog‘liqligini tiklashga katta hissa qo‘shadi – ekspert.
“So‘nggi to‘rt yil ichida o‘zbek-hind hamkorligi yangi, yuqori bosqichga ko‘tarildi, - deb ta’kidlaydi ekspert. - Tomonlarning munosabatlari an’anaviy do‘stlik va mustahkam tarixiy asosga qurilgan. Jonli ikki tomonlama hamkorlik deyarli barcha sohalarda rivojlanib bormoqda.
Avvalo, doimiy va uzluksiz siyosiy muloqot va rasmiy aloqalar amalga oshirilmoqda. 2011 yilda tomonlar strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatdi. 2015 yil iyul oyida Hindiston Bosh vaziri Narendra Modining O‘zbekistonga rasmiy tashrifi Dehlining O‘zbekiston-Hindiston munosabatlarini rivojlantirishga sodiqligini ta’kidladi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018 yilning kuzida Hindistonga davlat tashrifi ikki tomonlama munosabatlarda yangi sahifa ochdi, natijada hamkorlik to‘g‘risidagi 20 ta hujjat imzolandi. Davlatimiz rahbarining 2019 yil yanvar oyida Hindistonda bo‘lib o‘tgan "Jo‘shqin Gujarat" sarmoyaviy sammitida qatnashish uchun qilgan tashrifi Toshkentning hamkorlikni faollashtirish istagini tasdiqladi. 2020 yil dekabr oyida virtual sammit bo‘lib o‘tib, Yaqin do‘stlik va mustahkam sheriklik to‘g‘risidagi qo‘shma bayonot va hamkorlik to‘g‘risidagi 9 ta hujjat qabul qilindi.
Ikki mamlakat rahbarlari o‘rtasidagi doimiy muloqot hukumatlar, parlamentlar va idoralar darajasidagi faol aloqalar bilan to‘ldirib borilmoqda. 2020 yilda Savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning 12-yig‘ilishi va TIVlararo siyosiy maslahatlashuvlarning 14-raundi muvaffaqiyatli o‘tkazildi. O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasida Hindiston parlamenti palatalari bilan hamkorlik qilish bo‘yicha parlamentlararo guruhlar tuzildi.
So‘nggi to‘rt yil ichida Hindiston bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikning sezilarli darajada faollashgani ko‘zga tashlanmoqda. Bugungi kunda O‘zbekistonda hind kapitali ishtirokidagi 280 dan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda, qiymati 650 million dollardan oshiq qo‘shma loyihalar amalga oshirilmoqda. 2017 yilda Dehlida O‘zbek-hind savdo uyining ochilishi, 2018 yilda Toshkentda O‘zbek-hind tadbirkorlikni rivojlantirish markazining yaratilishi, Hindiston sanoat konfederatsiyasi bilan birgalikda O‘zbekiston-Hindiston ishbilarmonlar kengashining ta’sis etilishi - bularning barchasi ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasida uzluksiz savdo va investitsiya almashinuvini ta’minlashga qaratilgan. 2019 yilda tuzilgan Ikki tomonlama loyihalarni muvofiqlashtirish va amaliy jihatdan bajarishni rag‘batlantirish bo‘yicha O‘zbekiston-Hindiston qo‘mitasi faoliyati hamkorlikni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirishga qaratilgan.
O‘tgan yili Hindiston va O‘zbekiston o‘rtasida qiymati 3 milliard dollarlik 50 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish to‘g‘risidagi kelishuvlarga erishildi. Hindiston hukumati 448 million dollar miqdorida kredit ajratib, ushbu mablag‘lar O‘zbekistondagi turli rivojlanish loyihalari, ya’ni yo‘l qurilishi, chiqindi suvlarni tozalash va axborot texnologiyalari uchun taqdim etiladi.
Shu bilan birga, tovar ayirboshlashning past darajasi (2020 yilda 442,6 million dollar) tufayli o‘zaro savdo hajmini oshirish va o‘zbek mahsulotlari eksportini ko‘paytirish hamda Hindistonning to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoyalarini jalb qilish ishlari davom etmoqda. O‘zbekiston hukumati hind kompaniyalari uchun qulay shart-sharoitlarni yaratmoqda va ular tomonidan kimyoviy mahsulotlar, dori-darmon ishlab chiqarish, to‘qimachilik, charmga ishlov berish sohalari, axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalarga kiritiladigan sarmoyalarini mamnuniyat bilan qabul qilmoqda. Hindiston kompaniyalari bilan O‘zbekistonning erkin iqtisodiy zonalarida, shu jumladan 7 ta farmakologik EIZlarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.


Download 35.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling