Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali konchilik elektr mexanikasi fakulteti
Download 35.43 Kb.
|
abdurauf
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zbekiston—Xitoy munosabatlarining asosiy manfaatlari va tamoyillari
O‘zbekiston–Xitoy •
Xitoy Xalq Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligini 1991-yil 27- dekabrda tan olgan. 1992-yil yanvarda diplo- matik munosabatlar o‘rnatilgan. O‘zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasida an’anaviy do‘stlik munosabatlari o‘rnatilgan ikki mamlakatga har ikki tomonni qiziq- tiruvchi ko‘plab masalalar bo‘yicha o‘zaro manfaatli va samarali hamkor- lik olib borish imkonini beradi. XXR Raisining 2010-yildagi O‘zbekistonga va O‘zbekiston Respublikasi Prezi- dentining 2012-yil iyunda Xitoy Xalq Respublikasiga davlat tashrifi tarixiy ahamiyatga ega bo‘ldi. Uchrashuvlar davomida hamkorlikning istiqbollari belgilandi. Buning yaqqol dalili sifatida O‘zbekiston rahbarining Xitoyga tashrifi chog‘ida davlatlar rahbarlari tomonidan «Strategik sheriklik munosabatlari o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma bayonot» imzolanganini ko‘rsatish mumkin. O‘zbekiston—Xitoy munosabatlarining asosiy manfaatlari va tamoyillari, o‘zaro mas’uliyatlar har tomonlama asoslangan quyidagi siyosiy huquqiy hujjatlarda “Do‘stlik va hamkorlikning sherikchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnoma” (2005-yil), “Strategik sheriklik o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiya” (2012-yil), “Do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma” (2013-y.), “Ikki tomonlama strategik hamkorlikni yanada chuqurlashtirish va rivojlantirish haqidagi qo‘shma deklaratsiya” (2013-y.), “O‘zbek—Xitoy hamkorligini yanada kuchaytirish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiya” (2014-yil), Strategik hamkorlik to‘g‘risidagi o‘zaro anglashuv bitimi (2016-y.) va Xalqaro avtomobil transport yo‘li to‘g‘risidagi bitim (2017-y.). Strategik sherikchilik tizimli xarakterga ega bo‘lib, davlat rahbarlarining o‘zaro muloqotlarida, aniq kuzatilmoqda, o‘z navbatida ko‘p qirralik munosabatlarni yangi yo‘nalishlarni aniqlab bermoqda. 2016-yildan boshlab aloqalar o‘zining yangi trendlarini keltirib chiqardi. Ya’ni davlat rahbarlari o‘rtasida o‘zaro ishonchga asoslangan muloqotni mexanizmi doimiy xarakterga ega bo‘ldi, mazmun va sur’ati tezlashdi. Shuningdek o‘zaro munosabatlarda yangi impulslar, yangi imkoniyatlardan o‘z vaqtida samarali foydalanishga intilish yangicha ahamiyat kasb etdi. Bu muloqatlar o‘zgaruvchan yangi davrning talablaridan va uning ijobiy ta’sir omillaridan kelib chiqib “yangi o‘sish nuqta”lari aniqlab olishga va uni amalga oshirish bo‘yicha barcha imkoniyatlardan foydalanish mexanizmlarini ishlab chiqishga olib keldi. Quyidagi holatlarga e’tibor beraylik, 2017-yil may oyida prezident Shavkat Mirziyoyevning XXR rahbari Si Szinpin bilan muzokaralarda ikki davlat o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklikni mustahkamlash uchun yangi ustuvor yo‘nalishlarni belgilab oldilar. 2018-yili SHHT sammiti doirasidagi uchrashuv esa ikki tomonlama munosabatlarga yangicha impuls berdi. 2019-yilda “Bir makon, bir yo‘l” xalqaro forumi doirasidagi muloqotlarda ko‘p qirrali hamkorlikni mustahkamlashning “yangi o‘sish nuqta”lari aniqlab olindi. 2020-yil 7-may kuni bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqoti chog‘ida Covid-19 kasalligiga qarshi kurash va uning oqibatlarini bartaraf etishda birgalikda faol harakat qilish, barcha sohalarda hamkorlikni jadallashtirish bo‘yicha o‘zaro kelishuvlarga erishildi. O‘z navbatida shu yilning 8-fevralida O‘zbekiston rahbarining qishki Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimida ishtirok etish uchun Xitoyga amalga oshirgan tashrifi davomida ikki davlat munosabatlarini yanada mustahkamlash, ikki tomonlama ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari yuzasidan muloqot olib borishdi. Muhimi, o‘zaro aloqalarning strategik sheriklik darajasida olib borilayotganligi, ikki davlat uchun ham, jahon hamjamiyati uchun ham muhim ahamiyatga ega voqelik bo‘lib, ulkan super Yevro Osiyo mintaqasida yangi tartibotlar kelishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi aloqalar ham vertikal ham gorizontal rivojlanish vektoriga ega bo‘ldi, uning mazmuni yaxshi qo‘shnichilik, o‘zaro hurmat va o‘zaro manfaat bilan boyib bormoqda. Albatta bular o‘z samarasini bera boshladi, ya’ni an’anaviy hamkorlikka qo‘shimcha ravishda yangi trendlar iqtisodiy diplomatiya, sanoat kooperatsiyasi, ilg‘or texnologiyalarga asoslangan va yangi talablaridan kelib chiqib ishlab chiqarish korxonalariga investitsiyalar kiritish, energetika, transport kommunikatsiyalari bo‘yicha ko‘p qirrali hamkorlik hamda mintaqaviy xavfsizlik bo‘yicha hamkorlikni jadal rivojlanishi kuzatilmoqda. Xulosa O‘zbekiston Respublikasi o‘z milliy manfaatlariga asoslangan holda ochiq, o‘zaro manfaatli va konstruktiv tashqi siyosat olib boradi. Respublikaning zamonaviy tashiq siyosiy kursi dunyoda va mintaqada shiddat bilan o‘zgarayotgan vaziyat, hamda mamlakatning ichidagi keng ko‘lamli o‘zgarishlarga asoslanib shakllanadi. O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining bosh maqsadi – davlat mustaqilligi va suverenitetini, xalqaro maydondagi o‘rni va rolini mustahkamlash, yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo‘shnichilik muhitini shakllantirish, respublikaning tashqi iqtisodiy manfaatlarini faol tarzda ilgari surish. Respublika harbiy-siyosiy bloklarga qo'shilmaslik kursiga sodiq bo'lib, o'z hududida xorijiy harbiy bazalar va ob'ektlarni joylashtirishga, shuningdek, mamlakat harbiy xizmatchilarining chet eldagi tinchlikparvarlik amaliyotlarida yoki harbiy mojarolarda ishtirok etishiga yo'l qo'ymaydi. O'zbekiston barcha qarama-qarshiliklar va nizolarni faqat tinch siyosiy yo'llar bilan hal qilish tarafdori. O'zbekiston davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik; xalqaro majburiyatlarni vijdonan bajarish, inson huquqlarini hurmat qilish va himoya qilish va xalqaro huquqning boshqa umume'tirof etilgan tamoyilllari va normalari; xavfsizlikning bo'linmasligi, ochiqlik va pragmatizm, qo'shni mamlakatlar bilan har tomonlama yaxshi qo'shnichilik munosabatlarini rivojlantirish, mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash kabi asosiy tamoyillarga tayangan holda tinchlik, taraqqiyot va farovonlik yo'lida barcha sheriklar bilan hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor/. Tashqi siyosiy faoliyatning asosiy va birinchi darajali vazifalaridan biri bu 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini samarali amalga oshirishdir. Ushbu maqsadga erishish uchun tashqi siyosat idorasi oldiga quyidagi vazifalar qo‘yilgan: - mamlakatimizda olib borilayotgan demokratik islohotlarni hamda jamiyat va iqtisodiyotni modernizatsiya qilishning jadal jarayonlarini samarali amalga oshirish uchun mumkin qadar qulay tashqi siyosiy shart-sharoitlarni shakllantirish; - Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni saqlash hamda mustahkamlash, mintaqani xavfsizlik va barqaror taraqqiyot hududiga aylantirish; - jahonning yetakchi davlatlari va xalqaro tashkilotlar bilan strategik hamkorlik qilishning mutanosib, ko‘p qirrali tizimini shakllantirish; - O‘zbekistonning mintaqa va jahon siyosatidagi muhim yo‘nalishlar bo‘yicha xalqaro tashabbuslarini ilgari surish; - mahalliy mahsulotlarning eksport hajmini oshirish va geografiyasini kengaytirish borasida ko‘maklashish; - milliy iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va ilg‘or texnologiyalarni jalb etishda faol ko‘mak berish; - mamlakatimizga turistlarni jalb qilish hamda turistik infratuzilmani rivojlantirish borasida amaliy yordam ko‘rsatish; - xorijdagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslari huquq va manfaatlarining har tomonlama himoya qilinishini ta’minlash; - xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan aloqalarni mustahkamlash. 1.O`zbekiston Respublikasining konstitusiyasi. Toshkent: O`zbekiston, 1992 y. 2. Karimov I.A. Bizning bosh maqsadimiz – jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir. –T.: “O‘zbekiston”, 2005. 3. Nuriddinov E. O'zbekiston: eng yangi tarix. - T.: Asr, 2010. - 576 b. 4.Usmanov Q. va bоshq.-O`zbekiston qaramlik va mustaqillik yillarida.-Toshkent: O`qituvchi, 1996 y. 5.O`zbekiston tarixi. Oliy o`quv yurtlarining nomutaxassis fakultetlari talabalri uchun darslik /R.Murtazayevaningumuiy tahriri ostida.-T.: Yangi asr avlodi, 2003.-676b. 6. www.ziyonet.uz Download 35.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling