Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali konchilik elektr mexanikasi fakulteti


O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – mustaqillikning muhum huquqiy asosi


Download 221.8 Kb.
bet3/8
Sana18.06.2023
Hajmi221.8 Kb.
#1597217
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ernazarova

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – mustaqillikning muhum huquqiy asosi. Har bir suveren davlatning huquqiy asoslaridan biri uning Konstitutsiyas(Asosiy Qonuni) hisoblanadi. Konstitutsiya tushunchasida davlatni boshqarish, mamlakat yaxlitligini, uning mustaqil davlat sifatida e’tirof etilishini ta’minlash, ijtimoiy hayotni takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari mujassamlangan. 
Inqilobdan keyin Turkistonda jahon tajribalari asosida Konstitutsiyalar ishlab 
chiqilgan. Jumladan, Turkiston ASSRning 1918, 1920 yillarda, Xorazm va Buxoro 
Xalq Respublikalarining 1920-1921 yilda, O‘zbekiston SSRning 1927, 1937, 1978 
yillarda qabul qilingan Konstitutsiyalari shaklan respublikaning Asosiy qonunlari 
bo‘lsada, biroq ular mazmun-mohiyatiga ko‘ra o‘zining haqiqiy mustaqilligiga ega
bo‘lgan Davlatning Asosiy Qonuni emas edi. Aniqrog‘i ular avval RSFSR, SSSR 
Konstitutsiyalarining respublikalar sharoitiga moslashtirib ko‘chirilgan, ammo 
ularning tub manfaatlari aks ettirilmagan nusxalari edi.
1990 yili 20-iyunda O‘zSSR Oliy Sovetining 12-chaqiriq 2-sessiyasida qabul 
qilingan “Mustaqillik deklaratsiyasi”da O‘z.R yangi Konstitutsiyasini yaratish 
bo‘yicha 64 kishidan iborat komissiya tuzilgan edi. Komissiya AQSH, Fransiya, 
Kanada, Germaniya, Shvetsiya, Yаponiya, Italiya, Ispaniya, Gretsiya, Turkiya, 
Eron, Hindiston, Pokiston, Misr, Vengriya, Bolgariya, Litva davlatlarining 
konstitutsiyalarini o‘rganib chiqdi va qiyosiy tahlil qildi. MDH davlatlarining 
Asosiy qonunlari va konstitutsiya loyihalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, buyuk 
ajdodlarimizning davlatchilikni mustahkamlash yo‘lidagi g‘oya va fikrlari Asosiy 
Qonunda o‘z ifodasini topdi. Jumladan, Amir Temurning “tuzuklari” da davlatni 
idora qilishga oid “kuch adolatda”, “rosti durusti” kabi mulohazalariga ham e’tibor 
qaratilgan. Xususan, Amir Temur umrining so‘nggi yillarida qilgan vasiyatlari 
orasida quyidagi fikrlar ham bor: “Millatning dardlariga darmon bo‘lmoq 
vazifangizdir. Zaiflarni ko‘ring, yo‘qsullarni boylar zulmiga tashlamang, adolat va 
ozodlik dasturingiz, rahbaringiz o‘lsun...”. Konstitutsiyamizda ham adolat va 
ozodlik g‘oyasi asosiy mezon qilib olindi. 
Mazkur tajribalar asosida 1991 yil oktyabr oyidan 1992 yil sentyabr oyigacha 
Konstitutsiyaning 3-loyihasi yaratildi va u 1992 yil 26 sentyabrda matbuotda 
umumxalq muhokamasiga qo‘yildi. Konstitutsiya Oliy Kengashning XI sessiyasi 
(1992 yil 8 dekabri)da qabul qilindi. U 6 bo‘lim, 26 bob va 128 moddadan iborat 
bo‘ldi. 1992 yil 8-dekabr yurtimizda mustaqil O`zbekistonning asosiy qonuni –
Konstitutsiyasi qabul qilingan kun bayram sifatida nishonlanib kelinmoqda. 
O‘z.R Konstitutsiyasining o‘ziga xos xususiyati, uning huquqiy va siyosiy 
tafakkurning eng yuksak yutuqlarini hamda hozirgi zamon konstitutsiyaviylik ilmini 
mujassam etgani, o‘zbek xalqi madaniyati va milliy an’analarining chuqur 
ildizlariga suyanganligidan iboratdir. U mazmunan yangi, prinsipial siyosiy hujjat 
bo‘lib, uning qoidalari doimiy qonun ustivorligiga asoslangan, ta’sis kuchiga egadir.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy tamoyillari quyidagilarni 
o‘z ichiga oladi: 
 davlat suvereniteti; xalq hokimiyatchiligi; 
 fuqaro (inson)lar erkinliklari va huquqlarining dahlsizligi va ustuvorligi; 
 demokratizm; davlat va shaxsning o‘zaro mas’ulligi; qonuniylik; 
konstitutsiyaning ustuvorligi; 
 hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishi; 
 mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish; sud tuzilishi va sudlov.
Fuqarolik jamiyatini shakllantirish asosida huquqiy demokratik davlatni barpo 
etish O‘R Konstitutsiyasida qonun tusini olgan. Uning 2-moddasida “Davlat xalq 
irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi”, deb ta’kidlangan. 
Konstitutsiyaning 
7-moddasida 
“Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir 
manbaidir”,-deb ko‘rsatib o‘tilgan. 
2002 yil 27 yanvarda o‘tkazilgan referendum natijalari asosida O‘zbekiston 
Respublikasining 2003 yil 24 aprelda Oliy Majlisning VIII sessiyasida 
“Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy 
prinsiplari to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy Qonun qabul qilindi. Bu qonunga muvofiq 
O‘z.R Konstitutsiyasining beshinchi bo‘limi XVIII, XIX, XX va XXIII boblariga 
o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Prezident vakolatlarining bir qismi, birinchi 
navbatda, davlat, sud tizimi va maxsus xizmatlarning rahbarlarini, chet ellar va 
xalqaro tashkilotlardagi diplomatik vakillarni tayinlash va tasdiqlash masalalari, 
amnistiya e’lon qilish vakolati Oliy Majlisning Senatiga o‘tkazildi.



Download 221.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling