Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali konchilik elektr mexanikasi fakulteti


Download 221.8 Kb.
bet6/8
Sana18.06.2023
Hajmi221.8 Kb.
#1597217
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ernazarova

Uchinchi davr  Milliy parlamentarizm rivojlanishi davri sifatida Oliy Majlis 
Qonunchilik palatasi va Senatining 2005 yil 28 yanvardagi qo‘shma majlisidan 
boshlanib, bunda yangi ikki palatali Oliy Majlis deputatlari va senatorlari amalda 
o‘z favoliyatlarini boshladilar. Mamlakatimiz qonun chiqaruvchilarining mazkur
anjumanida birinchi Prezident I.A.Karimov jamiyatni demokratlashtirish, 
mamlakatimizni 2005 yilda va uzoq muddatli istiqbolda isloh etish hamda 
modernizatsiya qilish bo‘yicha asosiy vazifalarni ilgari surdi. Oliy Majlis 
Qonunchilik palatasi va Senatining 2010 yil 12 noyabrdagi qo‘shma majlisida 
birinchi Prezidentimiz I.Karimov ta’kidlaganidek, "Ikki palatali milliy 
parlamentimizni tashkil etish masalasi bo‘yicha, 2002 yil 27 yanvarda o‘tkazilgan 
referendum yakunlari va shu asosda "Referendum yakunlari hamda davlat 
hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari to‘g‘risida"gi Konstitutsiyaviy 
qonunning qabul qilinishi, qonun chiqaruvchi hokimiyatni tubdan isloh qilishning 
asoslarini belgilab berdi". Bugungi kunga kelib, Oliy Majlis palatalari faoliyatining 
huquqiy asoslari to‘la shakllandi. Mamlakatimizda qonun chiqaruvchi 
hokimiyatning salohiyati o‘sib, sifat jihatdan o‘zgardi. Bu yillarda ko‘p partiyaviylik 
asosida qonun chiqaruvchi hokimiyatga saylovlar natijasida O‘zbekistonda 
zamonaviy qonun chiqaruvchi hokimiyat qaror topdi. 
Xullas, mamlakatimizda milliy parlamentni shakllantirish jarayoni qisqa 
bo‘lsada, tarkibiy va tuzilish jihatidan muhim bosqichni bosib o‘tdi. Barcha 
sohalarda bo‘lgani kabi bu yo‘nalishda ham jahon xalqlari erishgan ijobiy tajribalar 
bilan birga, xalqimizning o‘ziga xos xususiyatlari, mentaliteti, shart-sharoitlari, 
tarixiy anana va qadriyatlari hisobga olindi.   


O`zbekistonning MDH va Markaziy Osiyo davlatlari bilan o`zaro aloqasining 
dastlabki ququqiy asoslari yaratilishi. 
8 dekabrda Belaya Veja pushchasi (Belorussiya)da Rossiya, Ukraina va 
Belorussiya rahbarlari (B.Elsin, L.Kravchuk, S.Shushkevich) o‘zaro bitim 
imzolashib, SSSR tugatilganligini va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) 
tuzilganligini e’lon qilishdi.
Iqtisodiy qo‘mita, Parlamentlararo assambleya va boshqalardan iborat, Minsk 
shahrida joylashgan Muvofiqlashtiruvchi maslahat qo‘mitasi MDH ning doimiy 
ishlovchi organi hisoblanadi. O‘zbekiston MDH da davlatlarning teng huquqligi 
asosida yagona iqtisodiy makonni yaratish, davlatlar o‘rtasida savdo-iqtisodiy 
aloqalarni rivojlantirishga harakat qilib kelmoqda.
O‘zbekistonning Markaziy Osiyoda Yagona iqtisodiy hudud (1993), 
Markaziy Osiyo iqtisodiy hamjamiyati (1999), Markaziy Osiyo hamkorligi 
tashkiloti (MOHT, 2002)ni tuzish tashabbuslari ma’qullandi. 2000 yil 10 oktyabrda 
Belorussiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va Tojikiston davlatlarining 
rahbarlari tomonidan ostona shahrida imzolangan shartnoma asosida Evrosiyo 
iqtisodiy hamjamiyati tuzildi. 2005 yilning oktyabrida O‘zbekiston Markaziy Osiyo 
Hamkorligi tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari Kengashida Evrosiyo iqtisodiy 
hamjamiyati (EvrAzES)ga a’zo bo‘lish maqsadini bildirdi. 2006 yil 25-yanvarda 
Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tgan EvrAzES sammitida O‘zbekistonning 
Hamjamiyatga a’zo bo‘lishi hamda MOHTning EvrAzES bilan birlashishiga doir 
qarorlar qabul qilindi. Mazkur tashkilotning asosiy maqsadlari: davlatlararo 
integratsiyaning yuqori darajasini ta’minlagan holda o‘zaro savdo-sotiqda 
bosqichma-bosqich to‘siqlarni bekor qilish yo‘li bilan erkin savdo zonalarini; 
transport xizmatlari umumiy bozorini va yagona transport sistemasini; umumiy 
energetika bozorini; yagona bojxona ittifoqini; ishlab chiqarish omillarini 
uyg‘unlashtiradigan iqtisodiy va valyuta ittifoqini tashkil etish kabilardan iborat edi.
Markaziy Osiyo mamlakatlari integratsiyasiga chinakam xalq integratsiyasi 
sifatida qaraladi. Bu hududda asrlar davomida yonma-yon yashagan xalqlar xorijiy 
bosqinchilarga qarshi hamkorlikda kurashib kelishgan. Ularning tarixiy, ma’naviy, 
etnik-madaniy yaqinligi real voqelik bo‘lib, kelajakda o‘zaro hamkorlik, 
hamfikrlilik, mintaqaviy mojarolarni bartaraf etish, iqtisodiy, madaniy va ma’rifiy 
hamkorlikka intilishi hisobga olinib, Markaziy Osiyo mamlakatlari hamkorligini 
kuchaytirishga katta e’tibor berildi. Shu maqsadda 1993 yil iyul oyida O‘zbekiston 
va Qozog‘iston o‘rtasida, 1994-2000 yillarda iqtisodiy integratsiyani 
chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida bitim imzolandi. 1994 yil yanvar oyida 
yagona iqtisodiy hududni barpo qilish to‘g‘risida shartnoma imzolandi. 1994 yil 
aprel oyida bu shartnomaga Qirg‘iziston Respublikasi qo‘shilgach, u davlat o‘rtasida 
hamkorlikni muvofiqlashtirib turuvchi Ijroiya Qo‘mita tuzildi.
Markaziy Osiyo mintaqasida joylashgan davlatlarda o‘ziga xos ishlab chiqarish 
imkoniyatlari mavjud bo‘lib, SSSR davrida qazib olingan ko‘mirning qariyb 20 %, 
gazning 18 %, oltinning 33 %, o‘simlik yog‘ining 26%, paxtaning 92 % shu mintaqa 
hisobiga to‘g‘ri kelgan. Bu dehqonchiligi taraqqiy topgan, ma’dan xazinalari 
behisob bo‘lgan mamlakatlarning o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish qanchalik 
samarali ekanligini yaqqol ko‘rsatadi. 
O‘zbekiston Markaziy Osiyoda strategik, jug‘rofiy-siyosiy jihatdan ancha 
murakkab va shu bilan birga qulay sharoitda, ya’ni mintaqaning transport, boy 
energetika omillari markazida joylashgan. Ikkinchidan, O‘zbekiston aholi soni, 
ilmiy-texnikaviy va boshqa imkoniyatlari jihatidan mintaqadagi qo‘shnilaridan 
ma’lum darajada ustunlikka egadir. Uchinchidan, O‘zbekiston qulay tabiiy-iqlim 
sharoitiga ega bo‘lib, unda qadimiy dehqonchilik madaniyati va boy mineral - xom 
ashyo resurslari mavjud. To‘rtinchidan, davlatimiz chetga chiqarishga neft, neft 
mahsulotlari, gaz va umuman, iqtisodiyotning asosi bo‘lmish muhim tarmoqlarga 
ega. 
O‘zbekistonning insoniyat sivilizatsiyasida salmoqli o‘rni bo‘lib, ma’naviy merosga boy yurtimiz oldindan nafaqat mintaqada, balki dunyoda ham ma’naviy, 
ma’rifiy va siyosiy jarayonlarga ta’sir o‘tkazib kelgan. 
O‘zbekiston o‘zining madaniy nufuzi, ilmiy texnologiyalari va malakali kadrlari 
bilan iqtisodiy yuksalib, Markaziy Osiyoda integratsiya markaziga aylanishi 
mumkin. Biroq, buning uchun quyidagi bir qator qiyinchiliklarni bartaraf etishga 
to‘g‘ri keladi: 
- SSSR davrida Markaziy Osiyoda kommunikatsiyalar nomaqbul rivojlangani 

Download 221.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling