Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali konchilik elektr mexanikasi fakulteti


Davlat hokimiyati va boshqaruvni yanada demokratlashtirish, ikki palatali parlament joriy etilishi


Download 221.8 Kb.
bet4/8
Sana18.06.2023
Hajmi221.8 Kb.
#1597217
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ernazarova

Davlat hokimiyati va boshqaruvni yanada demokratlashtirish, ikki palatali parlament joriy etilishi. 
Davlat hokimiyati va boshqaruvni yanada demokratlashtirish maqsadida ikki 
palatali parlament joriy etildi, Prezidentga tegishli ayrim vakolatlar Senat va Bosh 
vazir zimmasiga o‘tkazildi. 2007 yilda O‘z.R Konstitutsiyasidan mamlakat 
prezidenti bir vaqtning o‘zida ijro etuvchi hokimiyat boshlig‘i ekanligini belgilovchi 
norma bekor qilindi.
O‘zbekiston Respublikasining 2011 yil 18 aprelda qabul qilingan Qonuni bilan 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78, 80, 93, 96 va 98-moddalariga 
o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. 2011 yil 12 dekabrda qabul qilingan Qonuni 
bilan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 90-moddasining ikkinchi qismiga 
tuzatish kiritildi. Unda O‘zR Prezidenti O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari 
tomonidan umumiy, teng va to‘g‘ridan – to‘g‘ri saylash huquqi asosida yashirin
ovoz berish yo‘li bilan besh yil muddatga saylanishi ko‘rsatib o‘tilgan. 98-moddada 
O‘zR Bosh vaziri va O‘zR Oliy majlisining Qonunchilik palatasi o‘rtasida 
ziddiyatlar doimiy tus olgan holatda depututlar umumiy sonining kamida uchdan bir 
qismi tomonidan O‘zR Prezidenti nomiga rasman kiritilgan taklif bo‘yicha O‘zR 
Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma majlisi muhokamasida Bosh vazirga nisbatan 
ishonchsizlik votumi bildirish haqidagi masala kiritilgan.
Parlament davlatning oliy vakillik organi hisoblanadi va qonun chiqaruvchi 
hokimiyatni amalga oshiradi. Parlament fransuzcha “parle” (“gapiraman”) so‘zidan 
olingan bo‘lib, rasmiy so‘zlashish joyi ma’nosini anglatadi. Parlament qonun 
bo‘yicha belgilangan sondagi deputatlardan iborat bo‘lib, hududiy saylov okruglari 
bo‘yicha ko‘ppartiyaviylik asosida belgilangan yoshga to‘lgan fuqarolardan 
saylanadi. Parlamentarizm tajribasi shuni ko‘rsatadiki, parlament bir palatali va ikki 
palatali bo‘lishi mumkin.
1990-1994 yillarda O‘zbekiston parlamenti Oliy Kengash nomi bilan atalib, bir 
palatali, 150 deputatdan iborat edi. 1995-2004 yillarda parlament Oliy Majlis nomi 
bilan atalib, bir palatali va uning 250 deputati mavjud edi. 2005 yil 27 yanvarda 
O‘R Oliy Majlisi ikki palatali parlament qilib shakllantirildi. Uning quyi 
Qonunchilik palatasi 120 deputat, Senat (yuqori palatasi) esa 100 senatordan tashkil 
topib, jami parlamentda 220 ta a’zo faoliyat yuritdi.
Parlamentning ikki palatali bo‘lishida quyidagilar ko‘zda tutilgan: 
- parlament o‘z vakolatlarini samarali amalga oshiradi; 
- Qonunchilik palatasi o‘z faoliyatini doimiy professional tarzda olib borilishini 
nazarda tutgan holda, parlamentning qonun ijodkorligi borasidagi ishining sifati 
keskin oshadi; 
- Senat asosan mahalliy kengashlar, hududlarning vakillaridan iborat bo‘lishini 
hamda vakillik vazifasini bajarishini inobatga olib, umumdavlat va hududiy 
manfaatlarning mutonosibligiga erishiladi; 
- aholining mamlakat ijtimoiy va siyosiy hayotidagi ishtiroki ko‘lami yanada 
kengayadi; 
- mamlakatimizni modernizatsiya qilish borasida uzoqni ko‘zlaydigan “Kuchli 
davlatdan-kuchli fuqarolik jamiyati sari” prinsipi o‘zining hayotiy ifodasini topadi. 
Parlament tomonidan qabul qilinadigan qonunlar quyidagi uch ustuvor 
xususiyatlarga ega bo‘ladi: 
- qabul qilinayotgan qonunlar va boshqa normativ hujjatlar adolatga, inson 
huquqi va manfaatlariga asoslangan bo‘lishi shart;
- bu qonunlar barcha davlat organlari, mansabdor shaxslar, nodavlat tashkilotlar 
va fuqarolar tomonidan aniq bajarilishi shart; 
- jamiyat hayotining qonunlarga mos bo‘lishi qonun ustuvorligini 
ta’minlashning asosiy sharti hisoblanadi.
Aholining siyosiy madaniyatini oshirish, uning jamiyat rivojlanishida tutgan roli 
va mavqeini ko‘tarish, ko‘ppartiyaviylik tizimini shakllantirish va faoliyatini 
chuqurlashtirish bilan belgilanadi.  
Mamlakat parlamentining bosib o‘tgan yo‘lini tarixiy nuqtai nazardan tahlil 
etilsa, uni uchga asosiy davrga bo‘lish mumkin. Birinchi davr — 1991-1994 yillar, 


Download 221.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling