Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali konchilik elektr mexanikasi fakulteti


ikkinchi davr — 1995-2004 yillar, uchinchi davr — 2005 yildan


Download 221.8 Kb.
bet5/8
Sana18.06.2023
Hajmi221.8 Kb.
#1597217
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ernazarova

ikkinchi davr — 1995-2004 yillar, uchinchi davr — 2005 yildan keyingi yillar

Birinchi davr — o‘tish davri parlamenti deb atash mumkin bo‘lgan oxirgi - 
12-chaqiriq Oliy Kengash deputatlari davlat boshqaruvining mutlaqo yangi 
organlarini tashkil etishning, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqgisodiyotiga asoslangan 
demokratik jamiyat qurishning huquqiy negizi bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasini qabul qildi. 
Oliy Kengashning o‘n ikkinchi sessiyasi 1994 yil 23 sentyabrda O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisiga birinchi saylovni 1994 yil 25 dekabrda o‘tkazish 
to‘g‘risida qaror qabul qildi. Uch bosqichda (1994 yil 25 dekabrda, 1995 yil 8 
dekabrda, 22 yanvarda) bo‘lib o‘tgan saylov yakunlariga binoan 250 nafar 
deputatdan iborat parlament shakllantirildi. Saylov ko‘p partiyaviylik asosida 
o‘tkazildi. 

Ikkinchi davrda Oliy Kengash o‘rniga O‘zbekiston Respublikasining bir 
palatali parlamenti - Oliy Majlis shakllantirildi. Birinchi chaqiriq (1995-1999 yillar) 
Oliy Majlis tarkibida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan 69 nafar, "Adolat" 
sotsial-demokratik partiyasidan 47, "Vatan taraqqiyoti" partiyasidan 14, "Milliy 
tiklanish" demokratik partiyasidan 7 nafar deputat bo‘lib, deputatlarning qolgan 
qismini hokimiyat vakillik organlaridan ko‘rsatilgan shaxslar tashkil etdi. 
Ikkinchi chaqiriq (2000-2004 yillar) Oliy Majlisga saylov hokimiyat vakillik 
organlari bilan bir qatorda beshta siyosiy partiya va saylovchilar tashabbuskor 
guruhlari ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisda 11 nafar deputatni 
birlashtirgan "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasi, 10 nafar deputatdan 
iborat "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi fraksiyasi, 20 nafar deputatga ega 
bo‘lgan "Vatan taraqqiyoti" partiyasi fraksiyasi, 34 nafar dsputatni tashkil etgan 
"Fidokorlar" milliy dsmokratik partiyasi fraksiyasi, 49 nafar deputatdan iborat Xalq 
demokratik partiyasi fraksiyasi, 107 nafar kishidan iborat hokimiyat vakillik 
organlaridan saylangan deputatlar bloki va 16 nafar saylovchilar tashabbuskor 
guruhlaridan saylangan deputatlar bloki ro‘yxatga olindi. Keyinchalik "Vatan 
taraqqiyoti” va "Fidokorlar" partiyalari bitta "Fidokorlar" partiyasiga birlashganligi 
munosabati bilan ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning ikkinchi sessiyasida ularning 
parlamentdagi fraksiyalari a’zolari ham birlashib, 54 nafar deputatni birlashtirgan 
bitta fraksiyani tashkil etdilar. 

Download 221.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling