Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali “Texnologik mashinalar va jihozlar” kafedrasi 3k-18 tmj guruh talabasi Jumanazarov
Download 28 Kb.
|
Fikrnoma Jumanazarov
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali “Texnologik mashinalar va jihozlar” kafedrasi 3k-18 TMJ - guruh talabasi Jumanazarov Tolibjon Boxodir o’g’lining “40 tn yuk ko’taruvchi ko’prikli kran g’ildiraklarining o’lchamlarini qayta tiklash va mustaxkamlash” mavzusida bajargan diplom ishiga raxbar Yusupov B.D. ning FIKRNOMASI Diplom loyihasi mazmuni va dolzarbligi: Mashina va mexanizmlarning texnik holati, puxtaligi va uzoq muddat ishlashini yaxshilash uchun mashinasozlik va ta’mirlash korxonalarida zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy qilish, arzon va yeyilishga chidamli materiallar qo‘llash, zamonaviy texnologiyalar bilan ta’mirlash hozirgi kunning dolzarb masalalaridan hisoblanadi. Bitiruvchining nazariy tayyorgarlik darajasi: Bitiruv malakaviy ishida ko’prikli kranlarning skatlari (g’ildiraklari) ni flyus ostida avtomatik usulda eritib qoplash ishini amalga oshirgan. Avtomatik usulda flyus ostida qoplama qoplashda asosiy qoplama materiali flyus va sim olingan. Qoplama qoplanadigan buyumni mexanik xususiyatlari, vazifasi va qattiqligini hisobga olib Нп-30ХГСА simi va АН-348А flyusi tanlagan. Flyus ostida qoplama qoplash uchun payvandlash jihozlari sifatida «УНК-112» avtomati, ВДУ-601 to`g`rilagichi tanlab olingan. Bitiruvchining bajargan ishlaridan hulosa qilib, nazariy jihatdan tanlagan payvandlash usuli haqida yetarlicha bilim va ko’nikmalar shakllangan. Diplom loyihasi yozma hisobotini bajarish sifati. Bitiruv malakaviy ishi kirish, asosiy qism, texnologik qism, konstruktorlik qismi, iqtisodiy qism va xayot faoliyati xavsizlik qismlaridan iborat. Bitiruv malakaviy ishi yozma hisoboti belgilangan talablarga javob beradi. Diplom loyihasi grafik qismi belgilangan talablarga to’liq javob beradi. Yuqoridagilardan hulosa qilib Jumanazarov Tolibjon Boxodir o’g’lining “40 tn yuk ko’taruvchi ko’prikli kran g’ildiraklarining o’lchamlarini qayta tiklash va mustaxkamlash” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishi texnika yo’nalishi bakalavr talabalari bitiruv malakaviy ishlari yozish qoidalariga javob beradi deb hisoblayman va bitiruv malakaviy ishini himoyaga tavsiya etaman. Raxbar:___________________ Yusupov B.D. Sana:_________________ Download 28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling