Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali «konchilik ishi»fakuteti «konchilik elektr mexanikasi» kafedrasi


Download 2.29 Mb.
bet2/7
Sana18.08.2023
Hajmi2.29 Mb.
#1667965
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
abduqayumov kursavoy tayyor

2.Ventilyator (lotincha: ventilo — puflayman, esaman, silkitaman) — havo yoki gazlarni haydovchi yoki soʻruvchi qurilma. Odatda, V. havo yoki gazni 0,15 MPa gacha bosim bilan haydaydi yoki soʻradi. Asosiy ish elementi motor va parrakli gʻildirakdan iborat. Binolar va shaxtalar havosini tozalash, q.x. mahsulotlari (don, paxta, pichan) ni quvur orqali uzatish, donni tozalash, saralash va quritishda qoʻllaniladi. V. ning haydovchi, soʻruvchi va aralash xillari boʻladi. Ishlash tarziga koʻra, havo oqimi oʻq boʻylab yoʻnalgan yoki oʻqaviy V. va markazdan qochma V. ga boʻlinadi. Oʻqaviy V. silindrik kojux 5, parrakli gʻildirak, kollektor, kirayotgan havoni yoʻnaltiruvchi apparat, chiqayotgan havoni yoʻnaltiruvchi apparat va uyurma . Markazdan qochma V.da parrak aylanganda havo oqimi kollektordan parrak kanallariga kiradi va markazdan qochma kuch taʼsirida spiral shaklidagi kojux Z ichiga oʻtib, chiqish teshigiga haydaladi. Hosil qiladigan bosimiga qarab, V. lar uch turga boʻlinadi: a) past bosimli (100 mm suv ust. dan past) — donni saralash va tozalash hamda kombayn V. lari; b) oʻrtacha bosimli (100 mm dan 300 mm gacha suv ust.) — pichan uchun moʻljallangan; v) yuqori bosimli (300 mm dan 1500 m gacha suv ust.) — don uchun moʻljallangan. Xonalarni shamollatish uchun moʻljallangan V. lar, koʻpincha, yumshoq parrakli qilib ishlab chiqariladi. Qayerda ishlatishga moʻljallanganligiga qarab, V. lar sanoat va maishiy xillarga boʻlinadi. Sanoat V. lari sanoat korxonalari, shaxtalar, metropoliten yoʻlaklari va b. joylarda, maishiy V. lar turar joy binolari, jamoat binolari, uy-joylar, idoralar va b. joylarda qoʻllaniladi. V. lar devorlar ichiga, shiplarga oʻrnatiladi; stol ustiga va polga qoʻyiladigan V. lar ham boʻladi.
3. Kompressor — havo yoki gazni siqadigan va bosim ostida uzatadigan qurilma. Tuzilishiga koʻra, porshenli, rotatsion, markazdan qochirma, uqaviy va oqimli; siqiladigan gaz xiliga qarab, havo va kislorod Kompressorlari; bosimga qarab, past (0,3—1 MYA/m2), oʻrta (10 MYA/m2 gacha) va yuqori (10 MYA/m2 dan yuqori) bosimli xillarga boʻlinadi. Havoni 12 kPa bosimgacha siqadigan mashinalar ventilyatorlar, 0,3 MPa gacha siqadigani havo puflagichlar deyiladi.
Porshenli Kompressor, asosan, ish silindri va porshendan iborat. U bir va koʻp silindrli, silindrlari vertikal, gorizontal, Vintsimon va Wsimon oʻrnatilgan, bir yoqlama yoki ikki yoklama ishlaydigan, bir yoki koʻp bosqichli boʻladi. Gaz silindrning ichki devorlari bilan ilgarilanmaqaytma harakat qiladigan porshen orasida qisiladi. Rotatsion Kompressorda aylanuvchi bir yoki bir necha porshen va rotor ish organi hisoblanadi. Ularda soʻrilgan gazning xajmi rotorda ekssentrik joylashgan sirpanuvchi plastina bilan silindr orasida (plastina va vintsimon rotor orasida (vintli Kompressor) kamayadi. Markazdan qochirma Kompressorda rotorning ish gʻildiragiga aylanma harakat beradigan gaz, avval markazdan qochma kuch taʼsirida, soʻngra harakat tezligining pasayishi natijasida (halqa diffoʻzorda) siqiladi. Oʻ qa viy K.da gaz oʻqqa parallel siljiydi. Bunda gaz rotor koʻraklari bilan korpusning koʻzgʻalmas koʻraklari orasida siqiladi. Markazdan qochirma va uqaviy Kompressorni turbokompressorlar ham deb ataladi. Oqimli Kompressorlarning tuzilishi va ishlashi oqimli nasoslarga oʻxshash, ammo bosim darajasi nasosnikidan yuqori. Bunda ish muhiti sifatida, koʻpincha, suv bugʻidan foydalaniladi. Kompressorlar sanoatning koʻp tarmoqlarida ishlatiladi.[1]



Download 2.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling