Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti Olmaliq filiali “Kimyoviy texnologiya” kafedrasi


Download 0.83 Mb.
bet12/13
Sana20.12.2022
Hajmi0.83 Mb.
#1039231
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Mexnat muxofazasi
Korxona maʼmuriyati ishlab chiqarishda baxtsiz hodislarni tekshirish va xisobga olish haqida Nizomga binoan mehnat faoliyatini yoʼqotishga sabab boʼlgan har bir shikastlanish hollarini tekshirib chiqib, shu xaqida N-1 namuna boʼycha 4 nusxada dalolatnoma tuziladi. Bosh muhandis dalolatnoma va koʼriladigan chora-tadbirlar rejasini tayyorlaydi. Baxtsiz hodisa sababini bartaraf qilish haqida buyroʼq birinchi rahbar tomonidan tasdiqlanadi va uni bajarish uchun maʼsul kishi tayinlanadi, amalga oshirish muddati belgilanadi.
Guruhiy, ogʼir jaroxat va oʼlim bilan tugagan shikastlanishlarda N-1 namunali dalolatnomani tuzish bilan bir vaqtda baxtsiz hodisalar maxsus jurnalga qayd qilib qoʼyiladi. N-1 namunasi boʼycha tuzilgan dalolatnomalarga asoslanib korxona maʼmuriyati hisobot tayyorlaydi va yuqori tashkilotlarga yuboradi, bunda mehnat faoliyati faqat uch kundan ortiq yoʼqotilgan hodisalarnigina inobatga olinadi. N-1 namunali dalolatnomalar idora arxivida 45 yil saqlanishi kerak.
Baxtsiz hodisani oʼz vaqtida, toʼgʼri oʼrganish va hisobga olish, uning sabablarini puxta tahlil qilish hamda bunday xodisalar takrormasligi uchun butun javobgarlik hodisa sodir boʼlgan idoraning birinchi rahbari zimmasiga yuklanadi. Hisobotlar ishi sanoat tarmoqlarida, xalq xoʼjaligidagi ishlab chiqarish va transportda roʼy bergan shikastlanishlar dinamikasini baholash va unga qarshi kurash yoʼllarini belgilashga imkon beradi. Shikastlanish ishlash qobiliyati yoʼqotilgan yoki yoʼqotilmaganligidan qatʼiy nazar har bir hodisani toʼla hisobga olish uchun tibbiyot shaxobchalari va sanitariya qismlarida roʼyxatga olib boriladi. Bu maʼlumotlarni tahlil etish N-1 namuna hisobotlari asosida aniqlanadi.
Shikastlanishlarning tahlilini mehnat gigienasi boʼycha shifokor va uning yordamchisi mehnat xavfsizligi boʼlimi hamda sogʼlomlashtirish shaxobchasi tibbiyot-sanitariya qismi shifokorlari bilan birgalikda olib boradi. Shikastlanishlarga qarshi tadbirlar koʼrish rejasi tahlil asosida tuziladi.
Shikastlanishni har tomonlama toʼlduruvchi belgilarini nazarga olgan holda tahlil qilish, unga qarshi kurashning samarador rejasini tuzishga imkon beradi. Bunday rejani mehnat gigienasi boʼycha shifokor, mehnat muhofazasi muhandisi va tibbiyot-sanitariya qismining shifokori birgalikda tuzib, uning muddatida bajarilishini nazoratga oladi.
Shikastlanishning oldini olish ishini tashkil etishda signalizatsiya yoʼli bilan hisoblash va tahlil qilishning tezkor shakli mavjud boʼlib, bu juda qisqa muddat ichida (hafta, oy) oʼtkaziladi. Unga qoʼydagi maʼlumotlar kiritiladi:
1. tsex;
2. asbob-uskunalar turkumi;
3. vaqti.
Shular asosida shikastlanish xavfi boʼlgan joylar aniqlanadi va uning sabablari bartaraf etiladi.
Ishlab chiqarishda shikastlanish deb, korxona xududida boʼlgan davrda kishi tanasining biror aʼzosi tasodifan shikatslanishi natijasida salomatligiga putur yetishiga aytiladi.
Baxtsiz hodisalar sodir boʼlishining oldini olish, asosan, maʼmuriyat rahbarlari javobgarligida boʼlib, nazorat ishlari mehnat muhofazasi boʼlimi zimmasida boʼladi. Shikastlanishning sabablarini oʼrganish, muhandis-texnik sohasiga tegishli masalalar, profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ishchilar salomatligini mustahkamlashga oid masalalarni hal etishda tibbiyot-sanitariya qismidagi shifokorlar maʼsuldirlar.
Shikastlanishlar turiga qarab:
• mexanik (yara toshishi, sinish);
• termik (issiqlanish, kuyish, sovuq urish);
• kimyoviy (kuyish, oʼtkir zaharlanish);
• elektr quvvatidan shikastlanishlarga boʼlanadi.
Shikastlanish joyiga qarab oyoq va bosh shikastlanishi (koʼzdan boshqa), gavda, qoʼl, koʼp joylarning shikastlanishiga boʼlinadi.
Shikastlanish ogʼir-engilligiga koʼra mehnat qobiliyati yoʼqolmaydigan yengil shikastlanishga, mehnat qobiliyati bir necha kunlab, xaftalab va xatto oylab yoʼqotiladigan oʼrtacha va ogʼir shikastlanishlarga tafovut qilinadi. Shikastlanishning ogʼir turi mehnat qilish qobiliyatini mutlaqo yoʼqotishga sabab boʼlishi va nogironlikka olib kelishi mumkin. Guruh holida va oʼlimga olib boradigan turdagi shikastlanishlar alohida koʼriladi.
Shikastlanishlar kelib chiqishining asosiy sabablari. Texnik jixozlarning nosozligi natijasida dastgohlarning toʼxtab qolishi, tasmalarning uzilib ketishi va shu kabi hodisalar shikastlanishga olib keladi. Bunga ularning oʼz vaqtida ehtiyot yuzasidan taʼmir qilinmaganligi, uzliksiz ishlashi natijasida ayrim qismlarning ishdan chiqishi sabab boʼlishi mumkin. Shunday xodisalar roʼy bermasligi uchun mehnat xavfsizligi boʼycha javobgar shaxslarning doimiy nazorati talab etiladi.
Texnologik jarayonning buzilish natijasida termik, kimyoviy jarohatlanish va oʼtkir zaharlanishlar yuzaga keladi. Buning oldini olish uchun reja asosida ishchilarning bilimini oʼz vaqtida tekshirib turish va yoʼriqlov oʼtkazib turish katta ahamiyatga egadir. Qul kuchi bilan boshqariladigan ishlar, transportlarga yuk ortish va tushirish jarayonlarining yetarli darajada mexanizatsiyalashtirilmaganligi mehnat sharoitini yaxshi tashkil qilinmaganligini bildiradi.
Ishlab chiqarish hajmiga nisbatan ish korxonalarining kichiklik qilib qolishi, tayyor mahsulotlarni saqlash xonaning sharoiti qoniqarli boʼlmasligi , mahsulotni tayyorlov joylaridan oʼz vaqtida olib ketilmasligi, yoʼllarining tor boʼlishi shikastlanish xavfining ortishiga sabab boʼladi.
Korxonalarda sanitariya holati qoniqarsiz boʼlishining asosiy sabablariga xonalar sathining sirpanchiqligi va tekis boʼlmasligi, korxona hovlisidagi yoʼlakning oʼydum-chuqurligi, yoritish qurilmalari quvvatining kamligi, deraza oynalarning chang bosib ketishi, chang va gazlar miqdorining meʼyoridan ortiq boʼlishi natijasida diqqat-eʼtiborining kuchayishi, shovqin bosimining yuqori boʼlishini misol qilib keltirish mumkin. Shikastlanishning koʼp uchraydigan sabablaridan biri ishchilarning toliqib qolishidir, chunki bunda ishga diqqat-eʼtibor pasayibgina qolmay, balki ishchilardagi harakat yoʼnalishi ham buziladi. Bunday hollarda shikastlanish mehnat kuning soʼnggi soatlarida yoki rejada koʼrsatilgandan ortiqroq mehnat qilish natijasida yuz beradi.
Binobarin, ishlab chiqarish sharoitini sogʼlomlashtirish va ishchilarning toliqib qolmasliklariga sharoit yaratish, faqat kasbga aloqador kasalliklarning emas, balki shikastlanishning ham oldini oladi.

Xulosa.
Men ushbu kurs loyihamni tayorlash davrida sulfat kislota va uni ishlab chiqarish usullari haqidagi bilimlarimni yanada boitdim va mustaxkamladim.Tabiy oltin gugurtdan sulfat kislota olish texnalogiyasi boshqa turdagi sulfatkislota ishlab chiqarish usullaridan nisbatan soddaroqligi bilan hamda kuydirilgan oltingugurt gazlarini tozalash talab etmasligi bilan boshqa xom ashyolardan farq qiladi.oltingugurt tabiiy xolda konlardan qazib olinadi va tozalanib keyin esa forzunkali pechga berilib kuydirish jarayoni amalga oshiriladi. Xomashiyo toza bolgani uchun kuydirilganda xosil bolgan SO2 gazlarini tozalash talab etilmaydi.Qolgan jarayonlar xuddi boshqa usillar kabi davom etilaveradi.Men yuiqorida sulfat kislotani kantakt usilda ishlab chiqarishni yoritib otganman.Tabiiy oltingugurtdan sulfat kislota olish xozirgi kunda asosan AQSH da qo’laniladi chunki u yerda oltingugurt konlari judda kop.Yana shuni aytishimiz mumkinki sulfat kislata kimyo sanoatining deyarli barcha soxalarida ishlatiladi.Qisqacha qilib aytganda sulfat kislota kimyoning nonidir.


Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling