Oltingugurtdan sulfat kislota ishlab chiqarish sxemasi:
a – «Monsanto» firmasi sxemasi: 1-havo purkagich; 2-quritish minorasi; 3-oltingugurtni yondirish pechi; 4-yuttirish qozonlari; 5-gaz filtri; 6-bug‘li qizdirgich; 7-kontakt jihozi; 8-yuttirish qozonlaridan ta’minlanadigan suvli qizdirgich; 9-angidridli sovutgich; 10-oleumli absorber; 11-monogidratli absorber;
b – «Lurgi» firmasi sxemasi: 1-5, 7, 8-a sxema bo‘yicha; 6-issiqlik almashtirgich; 9-havo qizdirgich; 10-monogidratli absorber.
Tarkibida sulfat angidrid tutgan kontakt jihozidan chiqadigan gazlar aralashmasi ikki kameradan iborat barbotajli absorber 7 ga yuboriladi. Birinchi kamerada gazlar aralashmasi sulfat kislota qatlami orqali o‘tadi va soviydi; bunda gazdagi sulfat angidrid va suv bug‘ining asosiy qismi kondensatsiyalanib sulfat kislotaga aylanadi. Ikkinchi kamerada gaz sulfat kislota ustidan o‘tish orqali qo‘shimcha sovutiladi; bunda qolgan sulfat kislota bug‘lari kondensatsiyalanadi va birinchi kameradan gaz bilan chiqadigan sulfat kislota tomchilarining bir qismi tutib qolinadi.
Oltingugurtdan sulfat kislota ishlab chiqarishning «Xemiko» sxemasi:
1-oltingugurtni suyuqlantirgich; 2-filtr; 3-ventilyator; 4-oltingugurtni yondirish pechi; 5-yuttirish qozoni; 6-kontakt jihozi; 7-absorber; 8-Venturi quvuri; 9-siklon; 10-mo‘rili quvur; 11-kislota sovutgich; 12-mahsulot kislotasini yig‘gich; 13-nasoslar; 14-kuchsiz kislotani yig‘gich; 15-suv yig‘gich.
Absorberdan chiqadigan gaz Venturi quvuri 8 orqali siklon 9 ga yuboriladi. Venturi quvurida gaz yuqori tezlikda harakatlanadi va unga forsunkalar orqali sultirilgan sulfat kislota purkab turiladi. Gaz bilan suyuqlikning intensiv aralashishi natijasida sulfat kislota tomchilari yiriklashadi va siklon 9 da cho‘ktirilib kuchsiz kislota eritmasi olinadi. Siklondan chiqadigan gaz mo‘rili quvur 10 orqali atmosferaga chiqarib yuboriladi.
Absorber 7 ning birinchi kamerasidan chiqadigan mahsulot sifatidagi 93-97% li kislota sovutgich 11 ga, so‘ngra yig‘gich 12 ga tushadi, u yerdan tayyor mahsulot omboriga yuboriladi. Absorber 7 ning ikkinchi kamerasida yig‘iladigan kislota birinchi kameraga oqib tushadi.
Agar kerak bo‘lsa uni yig‘gich 14 ga uzatiladi, u yerda suv bilan suyultiriladi va Venturi quvuri 8 va absorberning ikkinchi kamerasiga beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |