Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti Olmaliq filiali “Kimyoviy texnologiya” kafedrasi
Oltingugurtli xomashyolarni kuydirishning fizik-kimyoviy asoslari
Download 0.83 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tabiy oltingugurtdan sulfat kislota olish
- Tabiiy oltingugurtdan sulfat kislota ishlab chiqarish sxemasi
Oltingugurtli xomashyolarni kuydirishning fizik-kimyoviy asoslari
Oltingugurtning ajralishi 500OC haroratdan boshlanadi va haroratning oshirilishi natijasida tezlashadi. Oltingugurt bug‘lari oltingugurt dioksid hosil qilish bilan yonadi, xuddi shunday jarayon elementar oltingugurt yonganda ham kuzatiladi: S(bug‘) + O2(gaz) = SO2(gaz) + 362,4 kj Tabiy oltingugurtdan sulfat kislota olish Tarkibida mishyak va selen tutgan oltingugurtdan (masalan, oltingugurt bug‘idan) kontakt sulfat kislota ishlab chiqarishning texnologik sxemasi kolchedannni qayta ishlash sxemasidan deyarli farq qilmaydi. Boshqacha aytganda, faqat pech bo‘linmasi qayta jihozlangan, unga oltingugurtni yoqish uchun tegishli pech o‘rnatilgan bo‘ladi va quruq elektrofiltrlar bo‘lmaydi. Ammo mishyak va selen tutmagan tabiiy oltingugurt ishlatilganda bu sxema deyarli to‘la o‘zgaradi. Bu holatda kuyundi gazlarini maxsus tozalash talab etilmaydi va shu sababli uning sovutilishi va yuvilishi shart emasdir. Quydagi rasmda tabiiy oltingugurtdan sulfat kislota ishlab chiqarish sxemasi tasvirlangan. Oltingugurt osti suv bug‘i o‘tadigan po‘lat quvurlardan panjara hosil qilingan bunker-suqlantirgichga kelib tushadi. Panjaralarda oltingugurt suyuqlanadi va tindirgich 4 ga oqib tushadi, u yerda suyuq oltingugurtdagi muallaq qo‘shimchalar tozalanadi. So‘ngra oltingugurt nasoslar bilan filtr 5 orqali yig‘gich 6 ga uzatiladi, u yerdagi nasos uni pech 7 ning forsunkasiga yo‘naltiradi. Ortiqcha toza oltingugurt yig‘gich 6 dan tindirgich 4 ga oqib tushadi. Yondirish jarayoni uchun kerakli havo quritish minorasi 1 tomchi ushlagich 2 lardan o‘tib pech 7 va kontakt jihozi 10 ga purkaladi. Oltingugurtni yondirish uchun pech silindrik ko‘rinishdagi himoyalangan jihoz bo‘lib, undagi yuttirish qozoni (bug‘latgich) 8 va bug‘li qizdirgich 9 uning oxiri hisoblanadi. Tabiiy oltingugurtdan sulfat kislota ishlab chiqarish sxemasi: 1-quritish minorasi; 2-tomchi ushlagich; 3-havo purkagich; 4-tindirgich; 5-filtr; 6-toza oltingugurt yig‘gichi; 7-pech; 8-bug‘latgich; 9-bug‘li isitgich; 10-kontakt jihozi (kontakt massaning I-V qatlamlari); 11-issiqlik almashtirgich; 12-angidridli sovutgich; 13-oleumli absorber; 14-monogidratli absorber; 15-tomchi ushlagich; 16-aylanma yig‘gichlar. Pechda hosil bo‘ladigan 1100-1200OC haroratdagi sulfit angidrid yuttirish qozonida 440-450OC gacha sovutiladi va besh qatlamli kontakt jihozining birinchi qatlam kontakt massasiga tushadi. Kontakt massasining birinchi qatlamida haroratni to‘g‘rilab turish uchun gazning bir qismi pechdan to‘g‘ridan to‘g‘ri kontakt jihoziga uzatiladi. Kontakt massa birinchi qatlamidan chiqadigan gaz bug‘li qizdirgich 9 ga, so‘ngra kontakt massaning ikkinchi qatlamiga keladi. Kontakt massaning birinchi va ikkinchi qatlami kontakt jihozining pastki qismida joylashgan. Kontakt massaning ikkinchi qatlamidan chiqadigan gaz birin-ketin issiqlik almashtirgich 11, kontakt massaning uchinchi va to‘rtinchi qatlamlaridan o‘tadi, undan so‘ng quritilgan atmosfera havosi kiritish orqali sovutiladi va so‘ngra kontakt massaning beshinchi qatlamiga kiradi. Kontakt jihozidan chiqadigan gaz angidridli sovutgich 12 da sovutiladi va oleumli 13 va monogidratli 14 absorberlardan iborat hamda tegishli qo‘shimcha jihozlari bo‘lgan absorbsiya bo‘linmasiga yuboriladi. Tabiiy oltingugurt tarkibida kerosin va bitumlar aralashmasi (flotareagent qoldiqlari) bo‘ladi, ular pechda yonganda suv bug‘i hosil qiladi. Oltingugurt tarkibida kerosin va bitumlar miqdori ko‘p bo‘lganda hosil bo‘ladigan suv bug‘ining miqdori belgilangan me’yordan ortib ketishi natijasida absorbsiya bo‘linmasida sulfat kislotali tuman hosil bo‘lishiga va kislotaning bir qismini chiqindi gazlari bilan yo‘qotilishiga olib keladi. Sulfat angidrid absorbsiyasida tuman hosil bo‘lishini oldini olish uchun harorat sulfat kislota (98,3% li H2SO4) bilan sug‘oriladigan monogidratli absorberda jihozga kirishda 80-90OC va chiqishda 110-120OC da ushlab turiladi. Haroratning ortishi bilan bug‘lanadigan sulfat kislota bug‘larining to‘yinishi kamayadi va tuman hosil bo‘lmaydi yoki uning miqdori anchagina kamayadi. Tabiiy oltingugurtdan sulfat kislota ishlab chiqarishning «Monsanto» (AQSH) va «Lurgi» (Germaniya) firmalari tomonidan yaratilgan sxemalari yuqoridagi bayon etilgan sxemadan ayrim texnologik tarmoqlar va jihozlarning joylashishi jihatdan farqlanadi Quydagi rasmda tasvirlangan sulfat kislota ishlab chiqarishning «Xemiko» sxemasi unchalik ko‘p ishlatilmasada, o‘zining soddaligi bilan ajralib turadi. Qattiq qo‘shimchalardan filtrlangan suyuqlantirilgan oltingugurt pech 4 ning forsunkasi bilan sachratiladi va ventilyator 3 bilan uzatiladigan havo bilan aralashtirilib yondiriladi. Sulfit angidrid yuttirish qozoni 5 da sovutiladi va kontakt jihozi 6 ga keladi. Gaz haroratini pasaytirish uchun kontakt massaning birinchidan keyingi qatlamlariga sovuq atmosfera havosi qo‘shiladi. Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling