Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali “ ”


Download 312.68 Kb.
bet2/4
Sana08.03.2023
Hajmi312.68 Kb.
#1250460
1   2   3   4
Bog'liq
mashinasozlik t asoslari referat. Bazalash

Yordamchi o‘rnatish bazasi deb faqatgina detalga ishlov berish jarayonida o‘matish yuzasi bo‘lib xizmat qiladigan va uni boshqa yuzalari bilan birgalikda yig‘ilgan mashina ish bajarmaydigan yuzasiga aytiladi. Bunday o'matish bazasi ham deb yuritiladi. Mexanik ishlov berishda o‘z vazifasini bajargandan so‘ng bu yuzalar qirqib yuboriladi.O’lchov bazasi deb Detalning boshqa yuzasini joylashishini ifodalovchi olcham uchun olchov boshi bo‘lib xizmat qiluvchi yuzaga aytiladi.
Yig‘ish bazasi deb - detalning yig‘ilgan mashinada boshqa detallarga nisbatan holatini belgilovchi yuzasiga (yuzalar, chiziqlar, nuqtalar yig‘indisi) aytiladi.


Konstruktiv (tuzilishni ifodalovchi) baza deb konsiruksiyani (tuzilmani) ishlab chiqishda boshqa detallarni o‘lchamlarini va holatlarini belgilovchi yuzasiga (yuzalar, chiziqlar, nuqtalar yig‘indisi) aytiladi. Konstruktiv yuza real, agarda u material yuzani ifodalasa, yoki geometrik, agarda u geometrik o‘qdan iborat bo‘lsa, ko‘rinishda bo‘ladi.


Bazalarning erkinlik darajasini yo‘qotish bo‘yicha quyidagi ko'rinishlari bo’lishi mumkin:
O‘rnatish bazasi - zagotovkani uchta erkinlik darajasitb bitta koordinata o‘qi bo‘yicha harakatlanish va boshqa o‘q bo‘yicha aylanishi yo‘qotiladi.
Tayanch bazasi - zagotovkani bitta erkinlik darajasini - bitta koordinata o‘qi bo‘yicha harakat yoki III — o‘q atrofida aylanishini yo‘qotiladi.
Bazalar ko‘rinishi bo‘yicha quyidagi bazalar bo‘ladi.
Ko‘rinmas - (berkitilgan) baza - bunda zagotovka bazasi ko‘zda tutilgan yuza, o‘q yoki nuqta ko‘rinishida bo‘ladi.
Aniq (ayon) baza — bunda zagotovkani baza real tekislik belgilangan nuqta yoki belgilar kesishgan nuqta ko'rinishida bo’ladi.
Bazalarni doimiylik va qo‘shilish tamoyillan Detallarga mexanik ishlov berish usullari bilan tayyorlashda yuqori aniqlikka erishish uchun ularning bitta yuzasini doimiy ravishda o‘rnatish bazasi sifatida foydalanilsa maqsadga muvofiq bo ladi. Chunki o‘rnatish bazasi almashishi bilan ishlov berish aniqligi pasaydi. Buni asosiy sababi har bir o‘rnatishda. Detalning yuzalarini o‘zaro joylashuvini ifodalovchi o‘qlar siljib qoladi. Tabiiyki, qator amallarni bajarishda faqat bitta yuzadan o‘rnatish bazasi sifatida foydalanish mumkin emas. Bunga sabab detal yuzalarining o‘zaro joylashish tartibi, dastgohning texnologik imkoniyatlari va kesuvchi asboblarning tuzilishi boladi. Bazalarning doimiylik tamoyili deb texnologik jarayonning barcha amallarini bajarishda detalning bitta yuzasidan o‘matish bazasi sifatida foydalanishga aytiladi.
Agar da yuqoridagi tamoyilga amal qilish qiyin bolsa, u holda о‘rnatish bazasi sifatida boshqa yuzalarga nisbatan aniq olcham bilan belgilanuvchi xizmat vazifasiga bevosita ta’sir etuvchi yuza olinadi. Xuddi shuningdek, bitta yuza turli xil baza vazifasini bajara oladigan qilib tanlab olish kerak, chunki bu ham detalning tayyorlashda yuqori aniqlikni ta’minlaydi. Shu maqsadda bitta yuzani ham olchov, ham o‘matish bazasi sifatida foydalanish maqsadga muvofiq boladi. Agarda bu juftlikka yigish bazasi ham qo‘shilsa yanada yuqori mexanik ishlov berish aniqligiga erishish mumkin. Xuddi shu yondashish bazalarni qo‘shilish tamoyili deb yuritiladi. Olchov bazasini о‘rnatish bazasi sifatida foydalanish to‘g‘risidagi qaror detalning qaysi olchami aniq ta’minlanishi va qaysi yuzani olchov boshi sifatida qabul qilish kerakligiga bogliq boladi. Masalan, a-rasmda ko‘rsatilgan holat uchun X o’lcham aniq ta’minlanishi kerak, bu o’lcham uchun o’lchov boshi A-A yuza. Ushbu yuza bir vaqtda ham o’lchov ham o‘rnatish bazasi bo’lib xizmat qiladi. l,b- rasmda Y o’lcham aniq ta’minlanishi kerak, uning uchun o’lchov boshi yuza B-B, qaysiki B-B yuza shu holat uchun o’lchov bazasi, A-A yuza esa o‘rnatish bazasidir. Bundan ko‘rinib turibdiki, ikkinchi misolda bazalarni qo‘shilish tamoyili amal qilmaydi.

O’rnatish va o’lchash bazalari

Bazalarning o‘lchamlari detalning ishonchli, mustahkam mahkamlash uchun, natijada ishlov berish jarayonida o‘z holatini o'zgartirmasligi uchun yetarli bo‘lishi kerak. Bazaviy yuza qisish (mahkamlash) kuchlari ta’sirida deformatsiyalanmaydigan bo‘lishi va imkoniyati boricha kesish va qisish kuchlarini bir o‘ynalishda qabul qilib, ishlov berilayotgan yuzaga yaqin joylashgan bo‘lishi kerak.





Download 312.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling