Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali “ ”


Download 71.67 Kb.
bet4/4
Sana08.03.2023
Hajmi71.67 Kb.
#1250463
1   2   3   4
Bog'liq
elektronika. Tok va kuchlanishni. m.ish.

Elektr tokining ishi va quvvati. Elektr maydonida zaryadlangan zarrachalarning bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga ko‘chishida bajargan ishi yoki shu ishning bajarish uchun sarflangan energiya tushuniladi, ya’ni
AqU.

Bundan ko‘rinib turibdiki, zaryadlar miqdori q va potensiallar farqi U qanchalik katta bo‘lsa, bajarilgan ish ham shunchalik katta bo‘ladi. Agar q=It bo‘lishini hisobga olsak;


AUItW

Bajarilgan ishning jadalligini aniqlash uchun quvvat


tushunchasi kiritiladi. Elektr tokining quvvati vaqt birligida bajarilgan ishga teng, ya’ni

SI sistemasida quvvatning o‘lchov birligi sifatida vatt (Vt) qabul qilingan.
ya’ni 1 vatt quvvat hosil qilish uchun 1 sekund davomida 1 J ish bararish lozim. O‘tkazgich uchlaridagi kuchlanish 1 V, tok kuchi 1A bo‘lganida 1Vt quvvat sarf bo‘ladi (1Vt1V1A). Elektr zanjirdagi tokning quvvati voltmetr asbobi yordamida o‘lchanadi.
Zanjir elementlarida erishiladigan quvvatni kuchlanish bilan ham, tok bilan ham rostlash mumkin. Masalan, uzatish liniyalarida elektr energiyasining issiqlikka sarflanadigan isrofini kamaytirish maqsadida, manba beradigan quvvatning kuchlanishi oshiriladi va shunga mos ravishda tok kuchi kamaytiriladi. Liniyadagi tok kuchi qanchalik kichik bo‘lsa, kuchlanishning pasayishi ham shunchalik kichik bo‘ladi
(I Rl  Ul). Natijada liniyaning FIK yuqori bo‘ladi:
Bu yerda Rist- iste’molchining quvvati Rm–manbaning quvvati.
Elektr energiyasining ancha yuqori kuchlanish bilan o‘zgarmas tokda uzatish birmuncha tejamli hisoblanadi. Bunga kuchlanishi 1500 kV li o‘zgarmas tok elektr uzatish liniyalari misol bo‘la oladi. Xalqaro birliklar sistemasida energiya birligi qilib Joul qabul kilingan. (1J=Vts)


E lektr qarshilik — elektr zanjiri (yoki zanjir bir qismi)ning elektr tokka koʻrsatadigan aks taʼsirini ifodalaydigan fizik kattalik; omlarda oʻlchanadi. Elektr qarshilik elektr energiyasining boshqa tur energiyaga aylanishiga bogʻliq; elektr energiyasi oʻzgarmaydigan jarayondagi elektr qarshilikni aktiv qarshilik, tok manbai energiyasi elektr yoki magnit maydoniga uzatiladigan jarayonlardagi elektr qarshilikni reaktiv qarshilik deyiladi.
�=��,— Elektr qarshilik, Om (Ω); U — Volt (V); I — Amper (A).

e lektir qarshilik tok kuchi va kuchlanishdan farqi uda zaryadga bog'liq emas. uga olimlar uning uzunligi ko'ndalang uzunligiga bog'liq zaryadga bog'liq emas deyishadi olimlar. Uning formulasi R=Lp/s elektir kuchlanish va tok kuchi orasidagi munosabat �=��




Xulosa:


Har qanday moddalar ko‘pgina zaryadlangan zarrachalardan tashkil topadi, bular elektr zaryadlar deyiladi. Elektr zaryadlar ikki xil ko‘rinishda bo‘ladi: musbat va manfiy. Ayrim jismlar hajmining o‘rtasidan yarmi musbat va yarmi manfiy zaryadlangan zarrachalardan iborat. Bunday jismlar elektroneytral deyiladi. Zaryadlangan jismlarga boshqa zaryadli jismlarni yaqinlashtirsa ular orasida o‘zaro ta’sir etuvchi elektr kuchi paydo bo‘ladi. Bir xil zaryadlangan jismlar bir-biridan itariladi, ikki xil zaryadli jismlar musbat va manfiy bir biriga tortiladi. Elektr zaryadlarni Q harfi bilan belgilanadi. Elektr zaryadlarni o‘lchov birligi kulon (k). Elektr maydonidagi qo‘zgalmas zaryadlar elektrostatik maydon hosil qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. I.V. Savel. “Umumiy Fizika kursi.” I, II va III – qismlar, 1975 y., “O’qituvchi”.


2. Axmadjonov O. “Fizika kursi” I, II va III – qismlar 1987, 1988 yillar, “O’qituvchi”.
3. R.I. Grabovskiy. “Fizika kursi” 1973 y., “O’qituvchi”.
4. B.M. Yavorskiy i dr. “Kurs fiziki.” Т.I, II i III., “Vыsshaya shkola”., 1972, 1973 gg.
5. Frim S.E. va Тimoreva A.V. “Umumiy fizika kursi.” I, II va III – qismlar, 1972 y., “O’qituvchi”.
6. Abdullayev S.A, Karimov Z.Sh va Abdullayev Z.S “Fizika” fani bo’yicha ma’ruzalar to’plami. ТIQХMII bosmaxonasi 2001 y.
Download 71.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling