Islom moliyasi paydo bo’lish bosqichlari va o’zbekistonda rivojlantirish masalalari sholdorov Dilshod Begaydarova Madinabonu
-rasm. Umum hisobda islom moliyasidagi aktivlar hajmi2
Download 52.81 Kb.
|
Tezis Tadqiqot
1-rasm. Umum hisobda islom moliyasidagi aktivlar hajmi2
Islom moliyasining kirib kelishi O’zbekiston Respublikasiga katta kapital va investitsiya kirib kelishini deganidir. Islom moliyasining asosida yotuvchi islom banklari uzoq tarixga ega bo’lmasada, bugungi kunda 300 dan ortiq islom banklari 50 dan ortiq mamlakatlarda, xususan, aholisining asosiy qismi islom dinida bo’lgan mamlakatlar bilan bir qatorda rivojlangan davlatlar: AQSh, Buyuk Britaniya, Avstraliya kabi davlatlarda ham faoliyat yuritib kelmoqda. Islom moliyasi jami aktivlari hajmi yillar kesimida jadal o’sib kelmoqda va 2021 Covid pandemiyasida ham yaqqol sezildi deyishimiz mumkin (1-rasm). Bundan tashqari IslamicMarkets saytida ham Pokiston davlati haqida began maqolasida ―Pokistonning islomiy moliya sanoati 2021-yilda jadal oʻsishni koʻrsatdi, chunki islom banklari 2015-yildan buyon eng yuqori oʻsishni qayd etdi va 2021-yil oxiriga kelib islom banki aktivlari 5,5 trillion PKR (31 milliard AQSh dollari) ga yetishi kutilayotgan yillik 30 foizlik stavkada kengaydi‖2 deya iqtibos keltiriladi. O’zbekistonda islom moliyasi xizmatlarini joriy etishda yetarli darajada qiyinchilik yuzga kelmoqda va sohadagi quyidagilar muammolar keltirishimiz mumkin: Amaldagi qonunchilik asosining aniq va yetarli emasligi; Islom moliyaviy xizmatlar sohasida ishlovchi tajribali xodimlar taqchilligi; Yurtimizdagi musulmon bo’lgan aholinining bo’sh turgan aktivlarni an‘anaviy banklardan ko’ra, islom banklariga kapital sifatida jalb etish samarali ekanligini to’g’ri baholanmasligi; Islom moliyaviy xizmatlarini faol joriy etish masalasida yetarli darajada e‘tibor qaratilmayotganligi. Islomiy moliyalashtirish O’zbekiston iqtisodiyoti uchun yangi yo’nalish bo’lib, unga biznes tarafdan ham, aholi tomonidan ham ehtiyoj mavjud. Muqobil moliyalashtirish mahsulotlarining paydo bo’lishi aholining moliyaviy xizmatlardan foydalanishga bo’lgan imkoniyatlarini kengaytirishga yordam beradi.3 Islom moliyasi xizmatlari joriy etilgan davlatlarda samarali va mutadil ishlab kelmoqda. Islom bankchiligini tashkil etish orqali ko’pchilik qismi musulmon bo‗lgan davlatda, samarali faoliyat yuritish va davlat iqtisodiyotiga sezilarli darajada ta‘sir etishi mumkin. O’zbekistonda islom moliyasini tashkil etish bo’yicha quyidagilar yechim bo‗lishi mumkin: mukammal bo’lgan huquqiy-asosiy bazani yaratish bo’yicha ommaviy muhokamaga quyish; islom banklarida shar‘iy kengashlarni va turli xalqaro muvofiqlashtiruvchi markazlar (idoralar) tashkil qilish; islom bank-moliya tizimini joriy etgan va islom moliyasi rivojlanishi uchun mustahkam asos yaratgan mamlakatlarning muvofiqlashtiruvchi tashkilotlar bilan keng ko’lamdagi sherikchilik aloqalarini bog’lash. Markaziy tashkilotda nafaqat ichki balki, tashqi aloqa qilish orqali sohada yuzaga kelayotgan muammolarga yechim topilishi va yangiliklarni joriy etilishi orqali soha rivojida muhim qadam bo’lishi mumkin. Shariat kengashini tashkil etish orqali halol va to’g’ri bitimlar bo’layotgani, yangi sheriklar bilan tushuntirish ishlarini olib borish samarali yechim bo’ladi. Download 52.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling