Islomda banklar faoliyati
Bugungi kunda islom banklarida an’anaviy bank operatsiyalarining
deyarli barchasi, ya’ni
depozit, kredit, akkreditiv, hisob-kitob, to‘lov operatsiyalari amalga oshiriladi.
Bugungi kunda jahonning 40 dan ziyod mamlakatida
islom banklari faoliyat
yuritmoqda. «
SarIa...» xalqaro banklar reyting agentligining 2000 yil ma’lumotlariga ko‘ra,
hozirda islom banklarining aktivlari 160 mlrd. dollardan oshib ketgan. Klassik g‘arb bank tizimi
o‘ziga xos inqirozni boshidan kechirayotgan bir paytda shariat ahkomlari asosida
muvaffaqiyat
bilan ish yuritayotgan nisbatan yosh banklar tajribasini o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi.
Bankir va olim Kris Barlton o‘zining «Rivojlanayotgan bozorlardagi banklar» asarida islom banklari
faoliyatini har tomonlama tahlil qilgan. Uning tahliliga ko‘ra islom banklari kapitali yiliga 10
—15
foiz sur’at bilan o‘smoqda. Bu esa moliya sohasida juda yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.
Kuzatilayotgan yana bir tendensiya xususida ham to‘xtalib o‘tish joiz. So‘nggi paytlarda ko‘pgina
g‘arb banklari dunyoning turli mamlakatlarida o‘zlarining islomiy sho‘balarini ochmoqdalar. «
Cheyz
Manxetten», «
Goldmen Saks», «
Ay
— En — Dji», «
Nomura Sekyuritiz», «
Djey Pi Morgan» va
boshqalar shular jumlasidandir. Amerikaning mashhur banklaridan «
Sitibank» maxsus
islom
fondlari uchun 1
mlrd.
dollar mablag‘ ajratishi ham moliya bozorida islom banklarining roli tobora
oshib borayotganligidan dalolatdir.
Bugungi kunda islom banklarida an’anaviy bank operatsiyalarining deyarli barcha operatsiyalarini
amalga oshirmoqda.
Ular sanoat,
agrar sektor, tijorat va xizmat ko‘rsatish
sohalariga katta
mablag‘lar investitsiya qilmoqda.
Mazkur banklar quyidagi tamoyillar asosida faoliyat yuritadi.
1.