Joriy
hisob
.
Bu foiz stavkasi qo‘yilmaydigan chek va jamg‘arma hisobi bo‘lib, bunda bank
mijozlardan qo‘yilma va depozitlar bo‘yicha xizmat ko‘rsatgani uchun muayyan to‘lov
olishga haqlidir. Agar mamlakatda inflyatsiya jarayoni kuzatilayotgan bo‘lsa,
hisob
raqamidagi pul mablag‘lariga indeksatsiya asosida muayyan miqdordagi pul kompepsatsiya
sifatida to‘lanadi.
2.
Investitsion
hisob
.
Ushbu hisob turi bo‘yicha mijozlar turli operatsiyalar vositasida o‘z
mablag‘larini istiqbolli loyihalarga investitsiya qilishlari mumkin. Albatga, bunda foyda va
zarar, yuqorida aytib o‘tilgandek, bank va mijoz o‘rtasida shartnomaga ko‘ra taqsimlanadi.
3.
Kredit
xisobi
.
Islom banklari mazkur hisob orqali talabgor tadbirkorlarga hamda aholining
muhtoj qatlamlariga foizsiz qisqa muddatli yoki uzoq muddatli qarz (kredit) beradi.
Bunda davlatmand musulmonlar o‘z ehtiyojlaridan holi bo‘lgan bo‘sh mablag‘larini bankning kredit
hisobiga qisqa yoki uzoq muddatli depozit sifatida qo‘yadilar. Bank ushbu mablag‘larni kelishilgan
muddatda to‘lig‘icha qaytarishni kafolatlaydi.
«
Islomiy
bank
va
moliyalar
kitobi
»
asosida
tayyorladi