Islomda banklar faoliyati


Download 258.75 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana27.01.2023
Hajmi258.75 Kb.
#1131416
1   2   3   4   5
Bog'liq
Islomda banklar faoliyati

Mushoraka— sherikchilik asosida, ya’ni bank va tadbirkor tomonidan loyihani birgalikda 
amalga oshirish. 
Islom banklarida amalga oshiriladigan bank operatsiyalarining mushoraka turida bank 
moliyalashtirishdan ko‘zlagan maqsad muayyan foiz olish emas, balki olinishi kerak bo‘lgan 
foydada ishtirok etishdir. 


Mushorakada olingan foyda quyidagicha taqsimlanadi: 
— foydaning bir qismi ish haqi, boshqaruv yoki loyihani amalga 
oshirishdagi boshqa ishtiroki uchun sherikka ajratiladi; 
— foydaning qolgan qismi esa sheriklar, ya’ni bank va tadbirkor o‘rtasida loyihaga tikilgan 
mablag‘ning nisbatiga ko‘ra proporsional ravishda taqsimlanadi, 
Biroq, shuni ta’kidlash joizki, ish natijasi zarar bilan yakunlansa, u ham sheriklar o‘rtasida 
moliyalashtirishdagi ishtirokiga ko‘ra proporsional ravishda taqsimlanadi. 
Tadbirkor loyiha tashabbuskori bo‘lgani bois, menejmentni o‘z qo‘liga oladi. Bank esa shartnomaga 
qat’iy rioya qilgan holda loyihaning bajarilishini nazorat qilib boradi. Bu bilan u o‘zi va sherigi 
tomonidan ish uchun tikilgan kapitalni himoya qiladi. 
Mushoraka bo‘yicha kapital, albatta, ikki tomondan qo‘yilmog‘i lozim. Lekin, shuni ta’kidlash joizki, 
tomonlar kapitalining teng bo‘lishi shart emas. U turli nisbatda qo‘yilishi mumkin. Investitsiya 
qilinayotgan mablag‘ erkin aylanadigan bo‘lishi va eng muhimi, uning manbai ma’lum bo‘lmog‘i 
lozim. Mushoraka shartnomasi sheriklarning bir-biriga bo‘lgan to‘liq ishonchiga asoslanadi. Shirkat 
mablag‘ini begona - uchinchi shaxs manfaatiga ishlatish yoki pul mablag‘larini boshqarishni 
uchinchi shaxsga, topshirish, shuningdek, kompaniya mablag‘larini o‘zining shaxsiy mablag‘lari 
bilan aralashtirib yuborish, umumiy mablag‘ni qarzga berish yoki kafolat sifatida qo‘yish mumkin 
emas. 
Bank talabgor tadbirkorlar ichidan sherik tanlashda uning nafaqat professional mahorati, balki 
uning axloqiy jihatlarini ham inobatga oladi. 
2.

Download 258.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling