Islomda banklar faoliyati


Download 258.75 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana27.01.2023
Hajmi258.75 Kb.
#1131416
1   2   3   4   5
Bog'liq
Islomda banklar faoliyati

Mudoraba— ishonch asosida moliyalashtirish. Ushbu bank operatsiyasi turining mohiyati 
shundaki, bunga ko‘ra tomonlarning biri sarmoya qo‘yuvchi va ikkinchi taraf ish yurituvchi 
sifatida faoliyat yuritadi. Demak, bank loyihani to‘liq moliyalashtiruvchi bo‘lsa, tadbirkor 
loyihani bevosita amalga oshiruvchi hisoblanadi. 
Islom banklarida amalga oshiriladigan operatsiyalarning mudoraba turi musulmon aholi o‘rtasida 
keng tarqalgan asosiy xo‘jalik yuritish tamoyilini o‘zida aks ettiradi. Muomaladan xoli yoki bo‘sh 
sarmoyaga ega bo‘lgan shaxs uni o‘zi xohlagan sohaga yoki bir paytning o‘zida turli sohalarga 
yo‘naltirishi mumkin. Bunda ikkinchi taraf sarmoyani tasarruf etuvchi, ya’ni loyihani amalga 
oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha tashkiliy va boshqaruv ishlariga mutasaddi shaxs sifatida 
muomalaga kirishadi. 
Mudoraba shartnomasiga ko‘ra foyda taraflar o‘rtasida oldindan kelishilgan nisbatda taqsimlanadi. 
Shariat nuqtai nazaridan mudoraba moliyaviy vositalarni ishlab chiqarish omillariga aylantirishning 
halol va qonuniy yo‘li hisoblanadi. Bunda turli imkoniyatga ega bo‘lgan xo‘jalik sub’ektlari birikib, 
ijtimoiy foyda keltiruvchi xayrli amal bilan shug‘ullanadilar. 
Mudorabada 3 ta iqtisodiy kategoriya amal qiladi: kapital, mehnat, foyda. Bunda kapital pul yoki 
natural shaklda bo‘lishi mumkin. Shartnoma tuzilayotgan vaqtda kapitalning hajmi va manbai 
ma’lum bo‘lishi, shuningdek, u boshqa bank operatsiyalariga jalb etilmasligi lozim. 


Loyihani amalga oshirish uchun sarflangan mehnatga haq foyda hisobidan to‘lanadi. Mexnatga 
haq to‘lab bo‘lingandan so‘ng qolgan mablag‘ sof foyda bo‘lib, u sheriklar o‘rtasida shartnomada 
kelishilgan nisbatda bo‘linadi. 
Xuddi mushoraka singari mudoraba shartnomasida ham loyiha bank tomonidan sinchkovlik bilan 
bosqichma 
— bosqich o‘rganiladi. Ushbu shartnoma turida ham talabgorning nafaqat moliyaviy 
ahvoli, balki uning axloqiy jihatlariga ham asosiy e’tibor qaratiladi. 
Bank tomonidan loyihaning bajarilishi ustidan doimiy va qattiq nazorat o‘rnatiladi. Agar loyihani 
amalga oshiruvchi tomonidan yo‘l qo‘yilgan xato yoki e’tiborsizlik oqibitida zarar ko‘riladigan bo‘lsa 
so‘zsiz, ushbu zararni qoplash ish yurituvchi zimmasiga yuklatiladi. Ana shunday vaziyatlarni 
nazarda tutgan holda islom banklari talabgordan ma’lum qiymatga ega bo‘lgan mulkni garov 
sifatida qo‘yishni talab qilishi mumkin. 
3.

Download 258.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling