Islomda nikoh va oilaviy munosabatlar talqini, erkak va ayolning maqomi


Download 152.66 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana19.10.2023
Hajmi152.66 Kb.
#1709711
1   2   3   4   5
Bog'liq
Fal 6

Ayolning er oldidagi vazifalari 
Ayolning eri oldidagi vazifa-burchlari haqida so‘z ketganda, 
birinchidan, erning rizoligini topish. Qaysi ayol, erning rizoligini topsa, 
Alloh rizoligini topadi, jannatning istagan 8 eshigidan kiradi. Hadisda 
shunday bashorat kelgan. 
Ikkinchisi, erining sha'nini, mol-mulkini, qadr-qimmatini, izzat-
hurmatini asraydi. Uchinchidan, erining vijdoniga aylanishi kerak. 
Erining halol-pokiza yurishiga, ota-onasidan xabar olishiga, opa-singil, 
aka-uka, qavm-u qarindoshlaridan xabar olishida xotin erining vijdoniga 
aylanishi kerak. 
Mehr-oqibat cho‘ntakdagi telefonda qoldi 
Yana bir hadis bor. Payg‘ambarimiz alayhissalom: «Kim umri 
uzun bo‘lishini, rizqida baraka bo‘lishini va ortimdan yaxshi iz 
qolishini istasa, qarindosh-urug‘lari bilan silai rahmda bo‘lsin», - 
dedilar. 
Hozirgidek kommunikatsiyalar rivojlanmagan, transport vositalari kam 
vaqtlar edi; imkoniyatlar hozirgidek emasdi, ammo ota-ona, bobo-
buvilarimiz yurtning narigi burchagidagi qarindoshini ikkita non bilan 
borib, ikki kun birga yashab, mehr-oqibat ko‘rsatib kelardi. Bugun qaysi 
inson akamnikiga, otamnikiga, onamnikiga boryapman, bir kun suhbat 
qilib yotib kelaman, deb boryapti?! 
Sizda, menda, barchamizda bor – hozir silai rahm telefonda qoldi. 
Shunda ham insof qilib, telefon qilganimiz bor, qilmaganimiz bor. 
Ilgari avtobusda 5 tiyinlik chipta olib, shaharning bu chetidan u chetiga 
qarindoshinikiga borgan inson, bugun hovlisida 3ta mashinasi bor
qarindoshi bilan bordi-keldiga vaqt topa olmaydi. Afsuski, imkon 
topolmayapti, ikkita nonning tengini qila olmayapti. 
Silai rahmni uzgan Alloh rahmatidan ham uziladi 
Bir odam Payg‘ambar alayhissalomning oldilariga kelib: «Yo 
Rasulalloh, men qarindoshlarimdan ko‘p aziyat ko‘raman, shunda ham 
bordi-keldi qilaman, yo‘qlayman. Shunga qaramay, ular mensimaydi
haqorat qiladi, mening muomalamga yarasha muomala qilmaydilar, 
nima qilay», deb murojaat qiladi. 


Shunda Rasuli akram sollallohu alayhi vasallam: «Sen yaxshilikda 
bardavom bo‘l. Bog‘langanni Alloh bog‘laydi, uzilganni Alloh uzadi. 
Ya'ni sen bog‘lanaver, Alloh senga bog‘lanadi, sening nima murod-
maqsading bo‘lsa, Alloh hosil qiladi. Uzilgan Allohning rahmatidan 
ham uziladi», ma'nosidagi hadisni aytganlar. 
Shuning uchun bunday yaxshiliklarda bardavom bo‘lish kerak. 

Download 152.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling