Islomda nikoh va oilaviy munosabatlar talqini, erkak va ayolning maqomi


Oilada erkakning ustunligi nima bilan isbotlanadi?


Download 152.66 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana19.10.2023
Hajmi152.66 Kb.
#1709711
1   2   3   4   5
Bog'liq
Fal 6

Oilada erkakning ustunligi nima bilan isbotlanadi? 
Hozirda er oldiga qo‘yilgan moddiy mas’uliyat – nafaqa masalasi ham
asosiy muammoga aylanib qoldi. Oilada erkak o‘zini ustun hisoblasa 
ham ta’minot masalasiga kelganda qusurlari borligi ayon bo‘ladi. 
Shariatda uning ustunligi ta’kidlanadi, ammo qaysi jihatlari bilan ustun 
ekanliklari qayd etilgan.
Odatda jamiyatimizda erkakning ustunligi uning zimmasiga 
yuklanadigan vazifalarda ekaniga ko‘pincha ko‘z yumiladi. 
Yaqinlаr bilan munosabatlar 
Ikki tomon ham bir-birining yaqinlari, oila a’zolariga o‘zaro 
hurmatni saqlashi, yaxshi munosabatda bo‘lishlari kerak. Bu holat 
ko‘pincha erkaklar tomonidan buziladi. Ayol erning xonadoniga 
borgach, uning oila a’zolari va yaqinlarining hurmatini joyiga qo‘yadi, 
aks holda tezda nizo chiqadi. Shunga yo‘l qo‘yadigan ayollar ham 
uchraydi, bu esa erning ko‘nglini qoldirib, oraga sovuqchilik soladigan 
sabablardan biridir. 
Afsuski,erkaklar tomonidan ayolining yaqinlarini kamsitish, ularga 
nisbatan hurmatni saqlamaslik ko‘payib ketyapti – bu aslo mumkin 
emas. Payg‘ambarimiz Rasululloh (s.a.v) ota-
onasi mushrik bo‘lganlarning ham ota-onalari haqida yomon gap 
aytishdan qaytarganlar. Chunki bu insonning qalbini og‘ritadi. 
Ayol o‘z ota-onasi, yaqinlari bilan ko‘rishishni istaganda er 
tomonidan taqiqlash, yo‘l bermaslik ham ko‘zga tashlanadi. Bu ham 
katta xato: ota-onaning maqomi qanchalik ulug‘ ekani ta’kidlanib, 
ularga yaxshilik qilishga buyurilgan. Shunday ekan, turmush qurish 
bunga monelik qilmasligi lozim. Qolaversa, dinimizda silai rahm 
ulug‘lanadi. Bordi-keldi chegaralangan taqdirda ham, ayolning yaqinlari 
bilan aloqani uzishga qarshilik bo‘lmasligi kerak. 
Oilada shu jihatlarga e’tibor qaratilib, amal qilinsa, oilalarimiz 
mustahkamligiga erishamiz. \ 


Nikohni halol, zinoni harom qilgan Alloh taologa cheksiz hamd bo‘lsin. 
Nikoh mening sunnatimdir, degan Rasulullohga bitmas-
tuganmas salovat va salom bo‘lsin! 
Nikoh, oila qurish Alloh taoloning insoniyat orasida joriy qilgan muqadd
as qonunlaridan biri bo‘lib, nasl-
nasabning davomiyligi, insonlar orasida qarindosh-urug‘chilik, mehr-
oqibatni mukammal bo‘lishi kabi insoniyat uchun manfaatli maqsadlarg
a xizmat qiladi. 
Islom faqihlarining umumiy fikri shuki: kimdaki shahvat zo‘rayib, zinog
a giriftor bo‘lish xavfida qolsa, oila qurishga moliyaviy imkoniyati ham 
mavjud bo‘lsa, uning darhol uylanishi zarur bo‘ladi. Shahvati bor-
u, biroq zino fitnasidan yiroq bo‘lsa, Hanafiy mazhabimiz olimlarining 
maslahatlariga ko‘ra, bunday insonning bemalol nafl ibodatlar qilish uch
un yolg‘izlikni tanlashidan ko‘ra, oila qurishi baribir afzal va mustahab 
hisoblanadi. Sahobai kiromlarning qilgan ishlari va aytgan so‘zlariga diq
qat qilinsa ham, shu fikr ma’qul ekani namoyon bo‘ladi: 
Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhu shunday degan ekanlar: “Agar o‘
n kun umrim qolib, uning oxirida vafot etishimni aniq bilsam va menda 
uylanish imkoniyati bo‘lsa, shu o‘n kun ichida ham fitnadan ehtiyot uch
un uylanib olgan bo‘lar edim”. 
Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu Sa’id ibn Jubayrga aytgan ekan: “
Oila qur, chunki bu ummatning yaxshilari ayoli ko‘plaridir”. 
Imom Ahmad ibn Hanbal aytadilar: “Uylanmasdan bo‘ydoq, so‘qqabosh
yurish Islomga to‘g‘ri keladigan ish emas. Kim seni xotin olishdan qayt
arsa, u seni Islom yo‘lidan boshqasiga boshlayapti ekan”. 
Demak, nikoh shariati islomiyada o‘ziga xos bir ibodat ekan. Janobi Ras
ululloh sollallohu alayhi va sallam ham juda ko‘plab o‘rinlarda ummatni
oila qurishga chaqirgan, bo‘ydoq yurishdan qaytarganlar.
Ma’lumotlar olingan internet sahifallar 
1.
www.https://kun.uz
 
2.
https://www.bukhari.uz
 
3.
https://www.muxlis.uz
 
4.
https://ahlisunna.uz
  

Download 152.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling