Islomdagi oqimlar


Download 100.22 Kb.
bet2/2
Sana25.05.2020
Hajmi100.22 Kb.
#109947
1   2
Bog'liq
din 55

Sunniylik - islom dinidagi 2 asosiy yoʻnalishdan biri va eng keng tarqalgani. Jahondagi barcha musulmonlarning taxminan 93% i Ska (qolgan 7% i shialikka) mansub (2004). S. tarafdorlari, asosan, Osiyo va Afrikada (Pokiston, Bangladesh, Hindiston, Indoneziya, Malayziya, Xitoy, Afgʻoniston, Turkiya, Arabiston yarim orol va Fors koʻrfazi atrofidagi arab mamlakatlarida, Suriya, Livan, Iordaniya, Shim.Sharqiy va Gʻarbiy Afrika mamlakatlarida), Bolqon mamlakatlari, Kipr va AQShda yashaydi.Islom dastlabki davrda hech qanday yoʻnalish, mazhab va oqimlarga boʻlinmagan. 7-asrning oʻrtalarida turli siyosiy sabablarga koʻra, musulmonlar safida boʻlinish paydo boʻldi. Avval shialar, keyin xorijiylar musulmonlar ommasidan ajrab chiqdilar. Ular oʻzining haqligini isbot qilish uchun oʻz fikrini, yoʻnalishini himoya qila boshladi, shu tariqa har guruhning oʻziga xos aqidasi shakllana bordi.S boʻyicha Abu Hanifa (Imomi Aʼtm) ning "alFiqh alakbar" asari eng nodir ilmiy meros sanaladi. Bu ishda Abul Hasan Ashʼariy bilan Abu Mansur Moturidiylarning xizmatlari beqiyosdir. S yoʻnalishida shu ikki alloma asos solgan aqidaviy maktablar barcha sunniy ulamolar tomonidan eʼtirof etilgan. S. tamoyillari, asosan, quyidagilardan iborat: 1. Mavjudotlarning gʻaqiqat va mohiyati bor narsa boʻlib, ularni bilish mumkin. Bilish vositalari — beshta sezgi aʼzolari, ilohiy manbalar va aql. 2. Olam qadim emas, balki qachondir Alloh tarafidan yaratilgan. 3. Butun borliqni yaratgan Allohning zoti bitta, u oʻziga xos azaliy va abadiy koʻpgina sifatlarga ega. 4. Zotiy sifatlari sanalmish ilm, qudrat, hayot, iroda, eshitish, koʻrish, gapirish Allohning azaliy va abadiy sifatlaridir. Uning zoti ham, sifatlari ham oʻzi yaratgan maxluqot va mavjudotlarning sifatlariga aslo oʻxshamaydi. Uning sifatlari nuqsonsiz, barkamoldir. 5. Allohning ismlari koʻp. Hadisda 99 ta goʻzal ismlari zikr etilgan (qarang al-Asmo al-husno). 6. Allohning adolatli ekani. Hidoyat va zalolat yoʻllarini koʻrsatib qoʻygach, adashgan va kufr yoʻlini tanlaganlarni jazolashi adolat hisoblanadi. Bordiyu, zalolat yoʻlidan asrab qolsa — bu Uning fazli, marhamati. Asramasa adolati hisoblanadi. 7. Paygʻambarlarning hammasini barhaq deb tasdiq etish. Ularning adadi garchi baʼzi hadis va rivoyatlarda koʻrsatilgan boʻlsada, muayyan bir adad qatiy deb hisoblanmagani maʼqul. Paygʻambarlarning birinchisi — Odam, oxirgisi — Muhammad. 8. Paygʻambarlarning moʻʼjizalarini haq deb eʼtiqod qilish. Shuningdek, avliyolarning karomatlari ham haq va rostdir. Hech bir avliyo paygʻambar darajasiga yeta olmaydi. 9. Islomning besh rukni — imon kalimasi, namoz, roʻza, zakot, haj har bir musulmon zimmasiga farzi ayn ekani. Farzlardan birortasini beuzr tark etsa yoki sharʼan taqiklangan ishlarga qoʻl ursa qattiq gunohkor boʻlishi, lekin kofir boʻlmasligini tasdiq etish. 10. Imon — Muhammad Alloh taolo tomonidan keltirgan barcha xabar va maʼlumotlarni haq va rost ekaniga til bilan iqror etib, dil bilan tasdiqlash deb bilish. Solih amallarni koʻp qilganda imon nuri koʻpayib, gunoh ishlarni koʻp qilganda imon nuri ozayib turishini tasdiklash va h.k.S.da 4 ta diniyhuquqiy mazhab (hanafiylik, molikiylik, shofiʼiylik, hanbaliylik) mavjud. S. islomda anʼanaviy eʼtiqod yoʻli deb eʼtirof etilib kelgan.S. bilan shialik oʻrtasida hokimiyat masalasida, ayrim diniy marosim va anʼanalarda birmuncha tafovutlar bor. Oʻzbekistonda, asosan, Ska eʼtiqod qilinadi..

1-mashq


‘’SINKVEYN ‘’metodi
Биринчи қаторда бир сўз билан мавзу ёзилади - одатда от туркумига оид сўз билан;

Иккинчи қаторда мавзу икки сўз билан тасвирланади - сифат туркумига оид икки сўз билан;

Учинчи қаторда ушбу мавзу бўйича хатти-ҳаракатлар уч сўз билан тасвирланади;

Тўртинчи қаторда мавзуга алоқадорликни кўрсатувчи тўртта сўздан иборат гап ёзилади;

Бешинчи қаторда мавзу моҳиятини такрорловчи бир сўздан иборат синоним шакллантирилади.
Мисол:

1. Тасаввуф

2. Гўзал,пок(қалб)

3. Тарбиялайди, мукаммалаштиради, мустаҳкамлайди

4. Сўфийлар дунё моҳиятини англайдилар

5. Ҳақиқат

3-mashq


SWOT-taxlil (islomda xuquq falsafa)

Islom huquqi - shariat o'rta asrlardagi Sharq sivilizatsiyasining juda katta hodisasi hisoblanadi. Bu huquqiy tizim Arab xalifaligi doirasida vujudga kelib, rasmiylashgan va asta-sekin xalqaro ahamiyat kasb etib borgan. Uning rivojlanish jarayoni arab davlatchiligining VII asr boshida (Muhammad salollohu alayhi vassallam davrida) kichik patriarxal diniy jamoadan VIII-X asrlarda (umaviylar va abbosiylar davrida) yirik imperiyalardan biriga o'sib o'tishi jarayoni bilan chambarchas bogiiq.Arab xalifaligi qulagandan so'ng islom huquqi nafaqat o'zining ilgarigi ahamiyatini yo'qotdi, balki yanada taraqqiy etdi, xuddi o'rta asrlarda Yevropadagi Rim huquqi singari «ikkinchi marotaba dunyoga keldi» hamda o'rta asrJardagi Osiyo va Afrikaning u yoki bu darajada islomni qabul qilgan qator mamlakatlari (Misr, Hindiston, Usmoniylar imperiyasi va boshqa ko'pgina davlatlari)ning amaldagi huquqida ham islom huquqi arab istilosidan boshlab to «qizil imperiya» hukmronligi o'rnatilgunga qadar muhim o'zgarishlarsiz harakatda bo'ldi.Islom huquqi o'zidan oldingi Sharq huquqiy madaniyatining ko'pgina elementlarini, jumladan, islomga qadar Arabistonda va arablar tomonidan bosib olingan hududlarda harakatda bo'lgan huquqiy odatlar va an'ana-larni ham o'zida aks ettirdi. Masalan, umaviylar davrida ancha vaqtgacha sosoniylar, Eron, Vizantiya huquqi, Shuningdek, qisman Rim huquqi ham ahyon-ahyon qo'llanib turilgan. Ushbu manbalar tashqi jihatdan kam ahamiyatli bo'lsa-da, shariatning vujudga kelishida ma'lum o'rin tutgan. Lekin, ularning oqibatda shariatning betakror va o'ziga xos, mustaqil va original huquqiy tizim sifatida shakllanishiga hech qanday aloqasi yo'q. Shariatning vujudga kelishida Muhammad (S.A.V) va dastlabki to'rtta xalifaning o'rni juda katta. Aynan ularning hukmronligi davrida musulmonlarning muqaddas kitoblari - Qur'oni Karim va Sunna tuzilgan.Shariat eng boshidan (hech bo'lmaganda dastlabki ikki asr mobay-nida) qat'iy diniy huquq sifatida vujudga keldi va rivojlandi. U islom ilohiyoti bilan uzviy qo'shilib ketdi, uning diniy axloqiy tasavvurlarini mujassam etdi. Islom ta'limoti bo'yicha diniy qoidalar yagona Alloh tomonidan o'rnatilgan tartib va qonunlarning bir qismi bo'lib, ular bilan butun dunyo boshqariladi. Ayniqsa, dastlabki vaqtlarda umuman shariat va xususan fiqh1 ' Fiqh (arabcha - tushuhish) - musulmon huquqshunosligi, shariat qonun-qoidalarini ishlab chiqish bilan shug'ullanuvchi islom ilohiyotining bir sohasi. o'zida faqat huquqiy qoidalarni aks ettiribgina qolmay, diniy ta'limot va axloqni ham mujassam etgan. Shariatda din, axloq va huquqning bunday qo'shilib ketganligi, bir-biridan ajralmaganligi, bo'linmaganligi o'ziga xos ifodasini shundan topgan ediki, uning normalari (qoidalari, ko'rsatmalari) bir tomondan ijtimoiy («kishilik») munosabatlarni tartibga solgan, ikkinchi tomondan esa -musulmonlarning Alloh bilan munosabatlarini (ibodat qilishlarini) belgilagan. Shariatning ilohiy tadbiq etilishi va diniy-axloqiy asoslari huquqni tushunishning, shuningdek, qonuniy va noqonuniy xatti-harakatga baho berishning o'ziga xosligida o'z aksini topgan. Masalan, huquqning islom ilohiyoti bilan chambarchas bog'liqligi shariatda har bir musulmon tomonidan sodir etilishi lozim bo'lgan yoki mumkin bo'lmagan xatti-harakatlarning aniq ko'rsatib qo'yilganligida o'z ifodasini topgan. Shariatda barcha xatti-harakatlar dastlab ikki turga - harom va halolga ajratilgan. Keyinchalik shariat shakllanib tugallangan davrda beshta toifa vujudga kelgan. Bular: farz - bajarilishi qat'iy majburiy hisoblangan xatti-harakatlar; mandub (sunnat) - majburiy emas, lekin ma'qul, lozim deb hisoblangannormalar; muboh - ixtiyoriy normalar; makruh - noma'qul normalar; harom - qat'iy ravishda taqiqlangan xatti-harakatlar. Bular ham huquqiy, ham axloqiy-diniy mazmunga ega bo'lib, majburlovchi, tavsiya qiluvchi, yo'l qo'yuvchi, lekin jazo qo'llanil-maydigan, taqiqlovchi va jazoga loyiq (mustahiq) xarakterdadir.Shariat uchun, ayniqsa uning rivojlanishidagi dastlabki bosqichlarda, musulmonning huquqlariga emas, balki uning Alloh oldidagi burchlariga e'tibor berish xarakterlidir. Shariatda musulmonlarning bunday majburiyat-larini o'rnatuvchi normalar juda ko'p bo'lib, ular musulmonning butun hayotini (har kuni besh vaqt namoz o'qishi, ro'za tutishi, dafn marosimlariga rioya qilishi va hokazo faoliyatini) belgilaydi. Shariat normalarining o'ziga xos xususiyati aynan ushbu normalarning faqat musulmonlarga va musulmonlar o'rtasidagi munosabatlarga tadbiq qilinishida ekanligi ham tasodifiy emas. Ilk islom va shariatga jamoa tuzumidan o'sib chiqqan normalar - qoidalar xosdir. Bunday normalarda jamoachilik, rahmdillik, mayib-majruh va boshqa nochor kishilar haqida g'amxo'rlik belgilari saqlanib qolgan edi. Biroq, albatta shariatda insonning xudo oldida ojizligi haqidagi, unga so'zsiz itoat etishi haqidagi tasavvurlar ham o'z ifodasini topgan. Qur'oni Karimda musulmon uchun sabr-toqat va mo'minlik zarurligi alohida ta'kidlanadi: «Sabr qiling, Alloh sabr qiluvchilar bilan». Shu tariqa shariatda musulmonning xalifaga va davlat hokimiyatiga bo'ysunish majburiyati mustahkam-langan: «Allohga bo'ysuning va uning elchisiga va oralaringizdagi hokimiyat egalariga itoat eting».Shariatning dastlab o'ta ilohiy-diniy xarakterda bo'lganligi uning huquqiy tuzilishi va tushunchalarining o'ziga xosligini belgilagan, aql-idrokka asoslangan huquq ijodkorlik faoliyatiga to'sqinlik qilgan. Biroq, VIII-IX asrlarda shariat patriarxal jamoa va qabilaviy idrok qilish doirasidan tashqari chiqib, feodallashayotgan ijtimoiy munosabatlar bilan to'qnash kelgan va juda ko'p musulmon ilohiyotchi huquq-shunoslarining faol sa'y-harakatlari sharofati bilan tobora ko'proq darajada aql-idrokka asoslangan huquq sifatida namoyon bo'la boshlagan. Musulmon huquqshunos olimlari shariatning asosiy va an'anaviy qoidalarini saqlab qolgan holda sof yuridik tabiatga ega bo'lgan ko'pdan-ko'p huquqiy ta'limotlar va normalar ishlab chiqdilar. Abu Hanifa an-Nu'mon ibn Sobit (699-767-yillar), Malik ibn Anas Abu Abdulloh (721-795-yillar), Abu Abdullo Muhammad ibn Idris ash-Shofi'iy (767-820-yillar), Ahmad Abu Abdulloh ash-Shayboniy ibn Hanbal (tug'ilgan yili ma'lum emas-825-yillar) va boshqalar musulmon dunyosida juda mashhur va nufuzli bo'lganlar.O'rta asrlardagi, ayniqsa dastlabki paytlardagi, musulmon huquqini tavsiflovchi muhim belgilardan bin uning nisbatan yaxlitligi, butunligida edi. Unda yakka xudo - Alloh haqidagi tasavvurlar bilan birga universal xarakterga ega bo'lgan yagona huquqiy tartibot haqidagi g'oya ham o'rnatilgan. Darhaqiqat, dastlab Arabiston yarim orolida vujudga kelgan islom huquqi xalifalikning chegaralari kengaya borishi bilan ko'pdan-ko'p yangi hududlarga tarqalgan.Biroq, islom huquqi avvalo hududiy emas, diniy, masjidlarga oid tamoyil asosida maydonga chiqqan. Har bir musulmon u qayerda, qaysi mamlakatda bo'lishidan qat'i nazar, shariatga rioya qilishi, islomga sodiq qolishi lozim. Islomning asta-sekin keng tarqala borishi va jahon dinlaridan biriga aylanishi bilan shariat o'ziga xos jahon huquqiy tizimi bo'lib qoldi. Shariatning ana shunday yaxlit, bir butun huquqiy tizim sifatida maydonga chiqishi uning g'arbiy Yevropa mamlakatlari huquqidan farq qiluvchi muhim jihatlaridandir. Ma'lumki, g'arbiy Yevropa mamlakatlarida huquq xilma-xilligi, bir butun, yaxlit emasligi, harakat doirasining cheklanib qolganligi, ichki qarama-qarshiliklari va boshqa jihatlari bilan tavsiflanadi.Shariat diniy huquq sifatida Yevropa mamlakatlaridagi kanonik (diniy, muqaddas, qat'iylashgan, o'rnak bo'lib qolgan) , ijtimoiy va cherkov hayotining faqat aniq ko'rinib turgan sohalarinigina emas, balki keng qamrovli va juda ko'p masalalarini o'z ichiga olgan huquqiy tizim sifatida maydonga chiqdi. Islom huquqi -shariat dastlab Osiyo va Afrikaning bir qator mamlakatlarida o'rnatilgan bo'lsa, so'ngra vaqt o'tishi bilan uning harakat doirasi O'rta Osiyo, Kavkaz orti, Shimoliy, shuningdek, qisman Sharqiy va G'arbiy Afrikaga, Janubiy-Sharqiy Osiyodagi qator mamlakatlarga ham tarqaladi. Biroq islom va shariatning bunchalik shiddat bilan va keng tarqalishi unda tobora mahalliy xususiyatlarning namoyon boiishiga olib keldi. Buning natijasida alohida huquqiy institutlarni sharhlash va muayyan huquqiy nizolarni hal qilishda shariatda turli qarama-qarshiliklar, turli xil yondoshuvlar yuzaga kelgan. Oqibatda esa islomda turli oqimlar, yo'nalishlar va mazhablar paydo bo'lgan.
Download 100.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling