Islomiyat tarixidir
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Payg'ambarlar tarixi islomiyat tarixidir
5. Sabrning tagi oltindir. Yusuf (a.s.)ning qissalarida insonda mavjud bo‘ladigan barcha sifatlarga qaraganda qiyinchiliklarga sabr qilish fazilati yuksak darajada ta’rif etilgan. Ya’qub (a.s.)ning musibatlarga qilgan sabrlari, Yusuf (a.s.)ning qiyinchilik, mashaqqat va xo‘rliklarga qilgan sabrlari go‘zal iboralar bilan bayon etilgan. Haqiqatan ham, Yusuf (a.s.)ning boshlaridan o‘tgan savdolar, u kishiga qilingan tuhmatlar, adovatlar alamiga oddiy inson chidayolmasligi tabiiydir. Payg‘ambarning o‘g‘li, dunyoda eng go‘zal inson, o‘zi ham payg‘ambar bo‘lgan kishi, mehribon ota-onasi hayot bo‘la turib, o‘zining tug‘ishgan akalari tomonidan xo‘rlanib, tagi zimiston qorong‘u bo‘lgan quduqqa berahmlarcha tashlab yuborilsa, topib olgan kishilar tomonidan bir necha tanga bahoga qul qilib sotib yuborilsa, ayollar makriga uchragan, ammo pokligini saqlagan holda quruq tuhmatga uchrab, el orasida nomi qoralansa, uzoq muddat yer ostida, zax bosgan zindonda jabrlansa, bunday balolarga chidash mumkinmi? Ammo Yusuf (a.s.) bularning hammasiga Alloh bergan sabr fazilati orqali chidadilar, bardosh berdilar. Payg‘ambarimiz (s.a.v.): «Sabr xursandchilikning kalitidir», - deganlaridek, Yusuf (a.s.)ning boshlaridan o‘tgan barcha mashaqqatlarga sabr etishlari yaxshilik bilan, xursandchilik bilan tugadi. َﻦﻴِﻨِﺴْﺤُﻤْﻟا َﺮْﺟَأ ُﻊﻴِﻀُﻳ ﻻ َﻪﱠﻠﻟا ﱠنِﺈَﻓ ْﺮِﺒْﺼَﻳَو ِﻖﱠﺘَﻳ ْﻦَﻣ ُﻪﱠﻧِإ «Darhaqiqat, kimda-kim Allohdan qo‘rqib, sabr qilsa, albatta, Alloh ezgu ish qiluvchilarning mukofotini zoe’ qilmas». (Yusuf, 90.) Barcha payg‘ambarlar ham o‘z ummatlariga ibrat bo‘lish uchun har qanday qiyinchilikka sabr etganlari payg‘ambarlar tarixidan ma’lum. Shuningdek, musibatlarga sabr etish Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning ham ulug‘ sifatlaridan biri edi. Alloh taolo Qur’oni karimda U zotning ummatlari bo‘lgan sizu biz musulmonlarga ham sabrni buyurgan va natijasi yaxshilik bo‘lishiga va’da bergan: ِﺮِّﺸَﺑَو ِتاَﺮَﻤﱠﺜﻟاَو ِﺲُﻔْﻧﻷاَو ِلاَﻮْﻣﻷا َﻦِﻣ ٍﺺْﻘَﻧَو ِعﻮُﺠْﻟاَو ِفْﻮَﺨْﻟا َﻦِﻣ ٍءْﻲَﺸِﺑ ْﻢُﻜﱠﻧَﻮُﻠْﺒَﻨَﻟَو َﻦﻳِﺮِﺑﺎﱠﺼﻟا ) ١٥٥ ( َنﻮُﻌِﺟاَر ِﻪْﻴَﻟِإ ﺎﱠﻧِإَو ِﻪﱠﻠِﻟ ﺎﱠﻧِإ اﻮُﻟﺎَﻗ ٌﺔَﺒﻴِﺼُﻣ ْﻢُﻬْﺘَﺑﺎَﺻَأ اَذِإ َﻦﻳِﺬﱠﻟا ) ١٥٦ ( َﺻ ْﻢِﻬْﻴَﻠَﻋ َﻚِﺌَﻟوُأ َنوُﺪَﺘْﻬُﻤْﻟا ُﻢُه َﻚِﺌَﻟوُأَو ٌﺔَﻤْﺣَرَو ْﻢِﻬِّﺑَر ْﻦِﻣ ٌتاَﻮَﻠ ) ١٥٧ ( «(Ey Muhammad), Sabr qiluvchilarga xushxabar bering! Ularga musibat yetganda: «Albatta, biz Allohning mulkimiz va albatta, biz Uning sari qaytuvchilarmiz», - deydilar. Aynan o‘shalarga Parvardigorlari tomonidan Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob) www.ziyouz.com kutubxonasi 67 salavot (mag‘firat) va rahmat bordir va aynan ular hidoyat topuvchilardir».(Baqara, 155-157.) 6. Ehsonning mukofoti ehsondir. Alloh taolo Yusuf (a.s.)ga hokimlik va ilm-hikmatni jam qilib berdi. Bu ato Yusufning yaxshiliklariga, ixloslariga munosib tuhfa edi. Ammo ilm-hikmat tuhfasi hokimlik va boylik tuhfasidan afzaldir. Chunki, payg‘ambarlar nazdida mol-dunyo arzimas mato hisoblanadi. Yusuf (a.s.)ga Alloh bergan ilm-hikmat orasida tushlarni ta’vil qilish ne’mati ham bor edi. Tushlarni ta’vil qilish, undan xulosa chiqarish g‘aybga tajovuz qilish emasdir. Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ga Allohdan keladigan vahiy turlaridan biri subhi sodiq qorong‘u kechada yaqqol ko‘ringanidek «ro‘‘yoi sodiqa», ya’ni rost keladigan tushdan iborat edi. Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) aytadi: «Payg‘ambarimiz (s.a.v.) Ashoblariga Qur’on suralarini qanday o‘rgatsalar, istixorani ham shunday o‘rgatardilar». «Istixora» deb biror muhim ishni boshlashdan avval, uning natijasini xayrlimi yoki yo‘qmi ekanligini bilish uchun o‘qiladigan namoz va undan so‘ng qilinadigan duoni aytiladi. Duodan so‘ng o‘ng yonboshni bosib, yuzni qiblaga qilib yotiladi. Alloh taolo tushida unga bashorat beradi. Istixora bilan ko‘rilgan tushning ta’viliga qarab biror ishni qilish yoki to‘xtatish g‘aybga tajovuz emasdir. Yusuf (a.s.)ning erishgan barcha yaxshiliklari, u kishining avvaldan qilgan yaxshiliklariga: sabr-toqatlariga, pokliklariga va ixloslariga mukofotdir. Yaxshilik arab tilida ehson deyiladi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ehsonga shunday ta’rif berganlar: «Ehson, Allohni ko‘z bilan ko‘rib turganingdek, unga ibodat qilishingdir. Chunki, sen uni ko‘rmaganing bilan Alloh seni ko‘rib turibdi». Alloh yo‘lida kimki Yusuf (a.s.)ning yo‘llaridan yurar ekan, Alloh Yusufdek uning oqibatini ham yaxshi qiladi. 7. Odamlar orasida yaxshi taassurot paydo qilish zarur. Yusuf (a.s.) yomonlikka aslo qo‘l urmadilar. Biroq odamlar orasida ayollarning makri va g‘iybati tufayli o‘z xojasiga xiyonat qilgan, pokiza Zulayhoga tajovuz qilgan niyati buzuq bir kimsa sifatida gap tarqalgan edi. Farosatli Yusuf (a.s.) podshoh tomonidan zindondan ozod etilganlarida, aslida aybdor, ammo podshohning marhamati bilan zindondan qutulgan kishi emas, balki tuhmatga uchragan, aslida ham beayb va pok inson sifatida boshlarini baland ko‘tarib, g‘urur bilan zindondan chiqib ketishni xohladilar. Shuning uchun podshohning chopari kelib, Yusuf (a.s.)ning ozod etilganlarini e’lon qilib, birgalashib saroyga borishni taklif etganda, Yusuf (a.s.) zindondan chiqishga shoshilmadilar va: ﱠنِإ ﱠﻦُﻬَﻳِﺪْﻳَأ َﻦْﻌﱠﻄَﻗ ﻲِﺗﻼﻟا ِةَﻮْﺴِّﻨﻟا ُلﺎَﺑ ﺎَﻣ ُﻪْﻟَﺄْﺳﺎَﻓ َﻚِّﺑَر ﻰَﻟِإ ْﻊِﺟْرا َلﺎَﻗ ُلﻮُﺳﱠﺮﻟا ُﻩَءﺎَﺟ ﺎﱠﻤَﻠَﻓ ٌﻢﻴِﻠَﻋ ﱠﻦِهِﺪْﻴَﻜِﺑ ﻲِّﺑَر «Chopar kelgach, u (Yusuf) dedi: «Xojang huzuriga qaytib borginda, undan qo‘llarini kesib olgan ayollar nima bo‘lganini so‘ra! Albatta, Rabbim ularning makrlarini biluvchidir» (Yusuf, 50.) , - dedilar. Podshoh o‘sha ayollarni va Misr azizining xotinini chaqirib, bo‘lib o‘tgan voqe’aning haqiqatini so‘radi. Ayolarning hammasi Yusufdan biror xatolik o‘tmaganini tan oldilar. Zulayxo ham xatolik o‘zidan sodir bo‘lganini, Yusufning butunlay pokligini e’tirof etdi. Yusuf (a.s.)ning mutlaqo pok ekanliklarini bilgan va ilm-hikmat sohibi ekanliklaridan hayratlangan podshoh, oziq-ovqat vaziri lavozimiga ta’yinlab, Misr azizi martabasini berdi. Misr xalqi orasida esa, Yusuf (a.s.)ning pok va amonatli insonliklari oshkor bo‘ldi. 8. Qasosga qodir bo‘la turib, afv etish haqiqiy mardlikdir. Yusuf (a.s.)ning kechirimlilik sifatiga ega ekanliklari ham qissada o‘z aksini topgan. Yosh Yusufni ko‘rolmagan, hasad qilib, uni ham ota-onalari mehridan uzoqlatib, ham o‘limini xohlab quduqqa tashlagan, otalari oldiga esa, «Yusufni bo‘ri yeb ketdi» degan yolg‘on gap bilan kelgan tuhmatchi akalari shari’at nuqtai nazaridan ham, qonun nuqtai nazaridan ham og‘ir jazoga loyiq edilar. Ammo Yusuf (a.s.) akalarini o‘z jigarlari bo‘lgani uchun afv etdilar: َﻦﻴِﻤِﺣاﱠﺮﻟا ُﻢَﺣْرَأ َﻮُهَو ْﻢُﻜَﻟ ُﻪﱠﻠﻟا ُﺮِﻔْﻐَﻳ َمْﻮَﻴْﻟا ُﻢُﻜْﻴَﻠَﻋ َﺐﻳِﺮْﺜَﺗ ﻻ َلﺎَﻗ ) ٩٢ ( «U (Yusuf) dedi: «Bu kun sizlarga ayblov yo‘q. Alloh sizlarni mag‘firat qilgay. U rahm qiluvchilarning rahmlirog‘idir».(Yusuf, 92.) Bunday mardlik sifatidan akalari mahrum edilar. Shuning uchun ham Yusufning nomlari tarixda yaxshilik bilan, akalarining nomlari esa yomonlik bilan abadiy qoldi. 9. O’nta farzand bo‘lsa, o‘rni boshqa. Ushbu qissada ota-onalar uchun ham juda muhim dars borki, ba’zilar bunga rioya qilmaydilar. Natijada farzandlarning bir-birlariga bo‘lgan munosabatlariga sovuqchilik tushirib qo‘yadilar. Har bir farzandning dilida tug‘ma qizg‘onish-g‘ayirlik bo‘lib, o‘zining aka-ukalaridan ko‘ra ko‘proq ota- onasining e’tiborini jalb qilgisi, maqtoviga sazovor bo‘lgisi keladi. Agar ota-ona uni emas, akasini yoki ukasini maqtasa, ularni ko‘proq suysa, hasadi keladi va o‘z jigarlariga nisbatan qalbida adovat, ota-onasiga nisbatan Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob) www.ziyouz.com kutubxonasi 68 esa nafrat uyg‘onadi. Bunday nafratni esa Ya’qub va Iysu misolida ko‘rib o‘tgan edik. Farzandlar o‘rtasida shunday adovat va nafrat uyg‘onmasligi uchun ota-onalar barcha farzandlariga bir xil munosabatda bo‘lishlari lozim. Farzandlarning yaxshisi ham, yomoni ham o‘zlarining farzandlaridir, yomonidan kechib el orasida ham, Alloh huzurida ham obro‘ga ega bo‘lolmaydilar. Aksincha, mas’ul bo‘ladilar Shunday ekan, har ikki jigarbandlarini ham bir xil maqomda ko‘rib, har ikkovining haqqiga ham duoyi xayr qilishlari kerak. Duoyi xayrning ijobati sababidan yaxshining yaxshiligi ikki barobarga ortadi, yomonning yomonligi ketib yaxshiga aylanadi. Ya’qub (a.s.)ning qalblari o‘n ikki farzanddan ko‘ra ko‘proq Yusufga moyil edi. Yusufning xulqi-atvori, tabiati va siymosida zohir bo‘lgan uning kelajakdagi ulug‘ martaba va risolat egasi ekanligini payqagan Ya’qub (a.s.) uni yeru-ko‘kka ishonmasdilar, nazarlaridan chetlatmasdilar. Shuning uchun Yusufga akalari hasad qilishar edi. Yusuf o‘zlarining kelajaklaridan bashorat beruvchi tushni ko‘rib, otalariga so‘zlab berganlarida, Yusufni akalaridan qattiq qizg‘onadigan bo‘lib qoldilar va unga shunday tayinladilar: ٌﻦﻴِﺒُﻣ ﱞوُﺪَﻋ ِنﺎَﺴْﻧﻺِﻟ َنﺎَﻄْﻴﱠﺸﻟا ﱠنِإ اًﺪْﻴَآ َﻚَﻟ اوُﺪﻴِﻜَﻴَﻓ َﻚِﺗَﻮْﺧِإ ﻰَﻠَﻋ َكﺎَﻳْؤُر ْﺺُﺼْﻘَﺗ ﻻ ﱠﻲَﻨُﺑ ﺎَﻳ َلﺎَﻗ ) ٥ ( «Ey o‘g‘ilcham! Tushingni akalaringga so‘zlab bermagin! Aks holda senga qattiq makr qilishadi. Zero, Shayton insonga qattiq dushmandir». (Yusuf, 5.) Akalar va Yusuf o‘rtasidagi voqe’alar esa shuning natijasida sodir bo‘ldi. Farzandlar o‘rtasida adovat paydo bo‘lishining yana bir muhim jihati, otaning ko‘pxotinlikka ruju’ qilishidir. Qaysi xotin erining e’tiborini aqli bilanmi, axloqi bilanmi yoki makr va ishvasi bilanmi o‘ziga qaratib olsa, otaga uning farzandi ham suyukliroq bo‘ladi yoki shunga majbur qiladi. Natijada boshqa ayollardan tug‘ilgan farzandlar qalbida hasad paydo bo‘ladi. Shuning uchun, avval o‘zimning qulog‘im tinsin, qolaversa, farzandlarim bir-birlariga muhabbatli bo‘lsin, degan har bir oqil kishi xotinlar sonini bittadan orttirmaydi. Alloh taoloning Qur’oni karimdagi hukmi ham faqat bitta xotin bilan kifoyalanishgadir. َﺪِﺣاَﻮَﻓ اﻮُﻟِﺪْﻌَﺗ ﻻَأ ْﻢُﺘْﻔِﺧ ْنِﺈَﻓ ًة «Bordiyu (ular o‘rtasida) odil bo‘lolmaslikdan qo‘rqsangiz, bir ayolga uylaning». (Niso, 3.) 2.13. SHUAYB (A.S.) Shuayb (a.s.) arablardan chiqqan to‘rt payg‘ambar(Hud, Solih, Shuayb va Muhammad (s.a.v))larning bittasi bo‘lib, va’z-nasihatlari juda ta’sirli va fasohatli bo‘lgani uchun «Payg‘ambarlarning xatibi»(Ibn Abbosning rivoyat qilishlaricha, Rasululloh (s.a.v) Shuayb (a.s.) haqlarida gap ketganda: «Bu payg‘ambarlarning xatibi» - der ekanlar) deb nomlanadilar. (Afif Abdulfattoh Tabbora. Ma’al-anbiyo fil-Qur’onil Karim. Lubnon. 199-bet.) Shuayb (a.s.)ning ismlari suryoniycha Yatrundir. U kishining nasablarida ham shajara bilimdonlari biroz ixtilof qilganlar. To‘liq nomlari Shuayb ibn Yashxar ibn Lovo ibn Ya’qub (a.s.)dirlar. Ba’zi rivoyatda Shuayb ibn Sayfur ibn Ayfo ibn Sobit ibn Madyan ibn Ibrohim yoki Shuayb ibn Nuvayb ibn Ayfo ibn Madyan ibn Ibrohimdir, deyilgan.(Ibn Kasir. Qisasul-anbiyo. Qohira, 158-bet.) Shuayb (a.s.)ning buvilari Lut (a.s.)ning qizlaridir. Madyan(Madyan - Qulzum (Qizil) dengiz sohilida joylashgan shahar) shahri Ibrohim (a.s.)ning zurriyotlaridan bo‘lgan Madyan ismli badavlat hukmdor tomonidan qurilgan shahar edi. Bu shahar aholisi arablardan bo‘lib, ular Shomning juda katta yerini ishg‘ol qilgan Ma’on vodiysida istiqomat qilishardi. Keyinchalik ular Allohni unutdilar, «Al-Ayka» deb nomlanuvchi qalin shoxli, serbarg bo‘lgan bir daraxtni muqaddas bilib, o‘sha daraxtga sig‘ina boshladilar va kofir bo‘ldilar Buning ustiga yo‘lto‘sar-qaroqchilik bilan shug‘ullana boshladilar. Tijoratda, savdo-sotiq va o‘lchov ishlarida xiyonatga berilib, tarozudan urish, hiyla qilish yo‘llari bilan pul topishar edi. Ana shu qabiladan chiqqan Shuayb (a.s.) o‘z qavmlariga payg‘ambar qilib yuborildilar.(Ibn Kasir. Qisasul-anbiyo. Qohira, 159-bet.) Shuayb (a.s.) Madyan va Al-Ayka (Al-Ayka – sershoxli, barglari qalin bo‘lgan bir daraxt. Shu daraxtga sig‘inuvchilar istiqomat qiladigan shaharning nomi ham Al-Ayka bulib, hozirda Tabuk deyiladi) aholisini avvalo yolg‘iz Allohga imon keltirishga va tijoratda halol bo‘lishga chaqirdilar. Alloh taolo Qur’oni karimda shunday deydi: اﻮُﺼُﻘْﻨَﺗ ﻻَو ُﻩُﺮْﻴَﻏ ٍﻪَﻟِإ ْﻦِﻣ ْﻢُﻜَﻟ ﺎَﻣ َﻪﱠﻠﻟا اوُﺪُﺒْﻋا ِمْﻮَﻗ ﺎَﻳ َلﺎَﻗ ﺎًﺒْﻴَﻌُﺷ ْﻢُهﺎَﺧَأ َﻦَﻳْﺪَﻣ ﻰَﻟِإَو ٍﻂﻴِﺤُﻣ ٍمْﻮَﻳ َباَﺬَﻋ ْﻢُﻜْﻴَﻠَﻋ ُفﺎَﺧَأ ﻲِّﻧِإَو ٍﺮْﻴَﺨِﺑ ْﻢُآاَرَأ ﻲِّﻧِإ َناَﺰﻴِﻤْﻟاَو َلﺎَﻴْﻜِﻤْﻟا ) ٨٤ ( ِمْﻮَﻗ ﺎَﻳَو ْﻜِﻤْﻟا اﻮُﻓْوَأ ِضْرﻷا ﻲِﻓ اْﻮَﺜْﻌَﺗ ﻻَو ْﻢُهَءﺎَﻴْﺷَأ َسﺎﱠﻨﻟا اﻮُﺴَﺨْﺒَﺗ ﻻَو ِﻂْﺴِﻘْﻟﺎِﺑ َناَﺰﻴِﻤْﻟاَو َلﺎَﻴ َﻦﻳِﺪِﺴْﻔُﻣ ) ٨٥ ( Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob) www.ziyouz.com kutubxonasi 69 «Madyan qavmiga o‘z birodarlari Shuaybni payg‘ambar qildik. U aytdi: «Ey qavmim, Allohga ibodat qilinglar! Sizlar uchun undan o‘zga iloh yo‘qdir. Va o‘lchov-tarozudan urib qolmanglar. Men sizlarni yaxshilikda (to‘kin-sochinlikda) ekanligingizni ko‘rib turibman. Va men sizlarning ustingizga o‘rab oluvchi kun-qiyomatning azobi tushishidan qo‘rqaman». “Ey qavmim! O’lchov va vaznni adolat bilan to‘la beringiz! Odamlarning narsalarini urib qolmangiz va Yerda fasod ishlarni qilib, buzg‘unchilik qilmangiz!” (Hud, 84-85. ) Shuayb (a.s.) juda ko‘p namoz o‘qirdilar. U kishining seribodatliklari Madyan aholisiga xush kelmasdi. Ular ochiqdan-ochiq shakkoklik qilib: ُءﺎَﺸَﻧ ﺎَﻣ ﺎَﻨِﻟاَﻮْﻣَأ ﻲِﻓ َﻞَﻌْﻔَﻧ ْنَأ ْوَأ ﺎَﻧُؤﺎَﺑﺁ ُﺪُﺒْﻌَﻳ ﺎَﻣ َكُﺮْﺘَﻧ ْنَأ َكُﺮُﻣْﺄَﺗ َﻚُﺗﻼَﺻَأ ُﺐْﻴَﻌُﺷ ﺎَﻳ اﻮُﻟﺎَﻗ ُﺪﻴِﺷﱠﺮﻟا ُﻢﻴِﻠَﺤْﻟا َﺖْﻧﻷ َﻚﱠﻧِإ ) ٨٧ ( «Ey Shuayb, bizning otalarimiz ibodat qilgan narsani tark qilishimizga va tijoratda bilganimizni qilmasligimizga sening shu namozing buyuradimi, aslida o‘zing yuvosh, to‘g‘ri so‘z kishisan-ku». (O’sha sura, 87.) , – dedilar va payg‘ambar nasihatini olmasdan masxara qildilar. Ularning yanada yomonroq odatlari bor edi. Yo‘l boshlariga o‘tirib olib, avvalo Shuaybning huzuriga kelayotganlarni, ularga Shuayb haqida bo‘lar-bo‘lmas gaplarni aytib, qaytarib yuborishardi. Shuaybning oldiga kelmayotgan, balki yo‘ldan o‘tib ketayotganlardan esa, «yo‘l haqi» solig‘ini undirardilar. Ibn Abbos (r.a.) aytadilar: «Shuayb qavmi qaroqchi edilar. Ular yo‘l bo‘yiga o‘tirib olishib, o‘tgan- ketganlardan ushur olishardi. Insoniyat yaralgandan buyon birinchi yo‘lto‘sarlik o‘shalardan chiqqan».(Ibn Kasir. Qisasul-anbiyo. Qohira. 160-bet.) «Shuayb dedi: Ey, qavmim! O’ylab ko‘rdingizmi, agar men Rabbim tomonidan hujjatga ega bo‘lsam va U meni yaxshi rizq bilan ta’minlagan bo‘lsa (qanday qilib sizlarni yomon ishlardan qaytarmayin?) Men sizlarga muxoliflik qilib, sizlarni qaytarayotgan narsani o‘zim qilishni xohlamayman. Islohdan o‘zga narsani imkonim boricha xohlamasman». Payg‘ambarimiz (s.a.v) dedilar: «(Kofir) odamni keltiradilar va do‘zaxga uloqtiradilar. Uning ichaklari qornining yorig‘idan chiqib sudralgan bo‘ladi. Xuddi eshak o‘z arqoniga o‘ralgandek, u ham o‘zining ichaklariga o‘ralib qoladi. Ahli do‘zaxlar uning atrofida to‘planishib, undan: «Ey, falonchi, senga nima bo‘ldi?! Sen amru ma’ruf va nahyu munkar qilib yurmasmiding?» - deb so‘raydilar. U odam: «To‘g‘ri, men amru ma’ruf qilardim, ammo o‘zim amal qilmasdim, nahyu munkar qilardim, ammo o‘zim undan qaytmasdim» - deb javob beradi» . (O’sha manba. 161-162-bet.) Shuayb (a.s.) ularga achinib: ٍدﻮُه َمْﻮَﻗ ْوَأ ٍحﻮُﻧ َمْﻮَﻗ َبﺎَﺻَأ ﺎَﻣ ُﻞْﺜِﻣ ْﻢُﻜَﺒﻴِﺼُﻳ ْنَأ ﻲِﻗﺎَﻘِﺷ ْﻢُﻜﱠﻨَﻣِﺮْﺠَﻳ ﻻ ِمْﻮَﻗ ﺎَﻳَو َمْﻮَﻗ ْوَأ ٍﺪﻴِﻌَﺒِﺑ ْﻢُﻜْﻨِﻣ ٍطﻮُﻟ ُمْﻮَﻗ ﺎَﻣَو ٍﺢِﻟﺎَﺻ ) ٨٩ ( «Ey, qavmim! Menga xilof qilishingiz sizlarga Nuh qavmiga yo Hud qavmiga yoki Solih qavmiga yetganga o‘xshagan balolar yetishiga olib kelmasin, tag‘in! Lut ham sizlardan uzoq emas».(Hud, 89.) ْوَأ ﺎَﻨِﺘَﻳْﺮَﻗ ْﻦِﻣ َﻚَﻌَﻣ اﻮُﻨَﻣﺁ َﻦﻳِﺬﱠﻟاَو ُﺐْﻴَﻌُﺷ ﺎَﻳ َﻚﱠﻨَﺟِﺮْﺨُﻨَﻟ ِﻪِﻣْﻮَﻗ ْﻦِﻣ اوُﺮَﺒْﻜَﺘْﺳا َﻦﻳِﺬﱠﻟا ﻸَﻤْﻟا َلﺎَﻗ َﻦﻴِهِرﺎَآ ﺎﱠﻨُآ ْﻮَﻟَوَأ َلﺎَﻗ ﺎَﻨِﺘﱠﻠِﻣ ﻲِﻓ ﱠنُدﻮُﻌَﺘَﻟ ) ٨٨ ( ﻲِﻓ ﺎَﻧْﺪُﻋ ْنِإ ﺎًﺑِﺬَآ ِﻪﱠﻠﻟا ﻰَﻠَﻋ ﺎَﻨْﻳَﺮَﺘْﻓا ِﺪَﻗ ِﻣ َﻊِﺳَو ﺎَﻨﱡﺑَر ُﻪﱠﻠﻟا َءﺎَﺸَﻳ ْنَأ ﻻِإ ﺎَﻬﻴِﻓ َدﻮُﻌَﻧ ْنَأ ﺎَﻨَﻟ ُنﻮُﻜَﻳ ﺎَﻣَو ﺎَﻬْﻨِﻣ ُﻪﱠﻠﻟا ﺎَﻧﺎﱠﺠَﻧ ْذِإ َﺪْﻌَﺑ ْﻢُﻜِﺘﱠﻠ َﺧ َﺖْﻧَأَو ِّﻖَﺤْﻟﺎِﺑ ﺎَﻨِﻣْﻮَﻗ َﻦْﻴَﺑَو ﺎَﻨَﻨْﻴَﺑ ْﺢَﺘْﻓا ﺎَﻨﱠﺑَر ﺎَﻨْﻠﱠآَﻮَﺗ ِﻪﱠﻠﻟا ﻰَﻠَﻋ ﺎًﻤْﻠِﻋ ٍءْﻲَﺷ ﱠﻞُآ ﺎَﻨﱡﺑَر ُﺮْﻴ َﻦﻴِﺤِﺗﺎَﻔْﻟا ) ٨٩ ( َنوُﺮِﺳﺎَﺨَﻟ اًذِإ ْﻢُﻜﱠﻧِإ ﺎًﺒْﻴَﻌُﺷ ْﻢُﺘْﻌَﺒﱠﺗا ِﻦِﺌَﻟ ِﻪِﻣْﻮَﻗ ْﻦِﻣ اوُﺮَﻔَآ َﻦﻳِﺬﱠﻟا ﻸَﻤْﻟا َلﺎَﻗَو ) ٩٠ ( «Shuaybning qavmidan kibrga ketgan zodagonlari aytishdi: «Ey, Shuayb! Qasamki, seni va sen bilan birga imon keltirganlarni shahrimizdan chiqarib yuboramiz yoki dinimizga qaytasizlar!» U dedi: «Diningizni yoqtirmasak hammi. Diningizdan bizni Alloh qutqargandan keyin yana unga qaytadigan bo‘lsak, Allohga yolg‘on to‘qigan bo‘lamiz-ku! Illo, Rabbimiz – Alloh xohlagani bo‘lur. Rabbimiz har narsaga ilmi kengdir. Allohgagina tavakkul qildik. Ey, Rabbimiz! Biz bilan qavmimiz o‘rtasida haqiqiy ajrimlik ato et! Sen ajrim qiluvchilarning yaxshisidirsan». «Qavmining kofir bo‘lgan zodagonlari: Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob) www.ziyouz.com kutubxonasi 70 «Qasamki, agar Shuaybga ergashsangizlar, demak, sizlar ziyon ko‘ruvchi ekansizlar» - deyishdi». (A’rof, 88-90.) Shuayb (a.s.) jon kuydirib, ularni qancha hidoyatga chaqirmasinlar, savdoda halollikka o‘rgatmasinlar, xiyonat va yo‘lto‘sarlikning zararini gapirmasinlar, qavmning tajovuzi kuchayaverardi. Ular Shuaybga yana dedilar: َكﺎَﻨْﻤَﺟَﺮَﻟ َﻚُﻄْهَر ﻻْﻮَﻟَو ﺎًﻔﻴِﻌَﺿ ﺎَﻨﻴِﻓ َكاَﺮَﻨَﻟ ﺎﱠﻧِإَو ُلﻮُﻘَﺗ ﺎﱠﻤِﻣ اًﺮﻴِﺜَآ ُﻪَﻘْﻔَﻧ ﺎَﻣ ُﺐْﻴَﻌُﺷ ﺎَﻳ اﻮُﻟﺎَﻗ ٍﺰﻳِﺰَﻌِﺑ ﺎَﻨْﻴَﻠَﻋ َﺖْﻧَأ ﺎَﻣَو ) ٩١ ( ْﻢُآَءاَرَو ُﻩﻮُﻤُﺗْﺬَﺨﱠﺗاَو ِﻪﱠﻠﻟا َﻦِﻣ ْﻢُﻜْﻴَﻠَﻋ ﱡﺰَﻋَأ ﻲِﻄْهَرَأ ِمْﻮَﻗ ﺎَﻳ َلﺎَﻗ ِﺮْﻬِﻇ ٌﻂﻴِﺤُﻣ َنﻮُﻠَﻤْﻌَﺗ ﺎَﻤِﺑ ﻲِّﺑَر ﱠنِإ ﺎًّﻳ ) ٩٢ ( «Ey, Shuayb, sening aytayotganlaringdan ko‘pini anglamayapmiz va biz sening oramizdagi bir ojiz inson ekanligingni ko‘rmoqdamiz. Agar qarindoshlaring bo‘lmaganda, seni toshbo‘ron qilgan bo‘lur edik. Sen biz uchun aziz odam emassan. Shuayb dedi: «Ey, qavmim! Sizlar uchun qarindoshlarim Allohdan ham azizroqmi? Shuning uchun Uni orqangizga (e’tiborsiz) tashlab qo‘ydingizmi? Albatta, Rabbim qilmishlaringizni qamrab oluvchidir». (Hud, 91-92.) Shuayb (a.s.) qavmlarining hidoyatidan umidlarini uzganlaridan va ularning Alloh yuborgan payg‘ambarga inodlari va tajovuzlari kuchaygandan so‘ng, Allohdan u qavmga azob yuborishini so‘rab duo qildilar: «Ey, Rabbimiz! Biz bilan qavmimiz o‘rtasida haqiqiy ajrimlik ato et! Sen ajrim qiluvchilarning yaxshisidirsan». Keyin qavmni ogohlantirib dedilar: ْﻦَﻣَو ِﻪﻳِﺰْﺨُﻳ ٌباَﺬَﻋ ِﻪﻴِﺗْﺄَﻳ ْﻦَﻣ َنﻮُﻤَﻠْﻌَﺗ َفْﻮَﺳ ٌﻞِﻣﺎَﻋ ﻲِّﻧِإ ْﻢُﻜِﺘَﻧﺎَﻜَﻣ ﻰَﻠَﻋ اﻮُﻠَﻤْﻋا ِمْﻮَﻗ ﺎَﻳَو ٌﺐﻴِﻗَر ْﻢُﻜَﻌَﻣ ﻲِّﻧِإ اﻮُﺒِﻘَﺗْراَو ٌبِذﺎَآ َﻮُه ) ٩٣ ( «Ey, qavmim! Maqomingizda (e’tiqodingizda) turib ish qilaveringiz! Men ham ish qiluvchiman. So‘ngra kimga xor qiluvchi azob kelishi va kim yolg‘onchi ekanini bilursiz. Kutib turingiz! Men ham sizlar bilan birga kuzatuvchidirman». (O’sha sura, 93.) Madyan aholisi Shuayb (a.s.)ning kelishi muqarrar bo‘lgan azobdan xabar berishlarini shunchaki qo‘rqituv deb tushunib, parvo qilmadilar. Aksincha, azob kelishiga munkir ekanliklarini quyidagicha tajovuz bilan ifoda qildilar: َﻦﻳِﺮﱠﺤَﺴُﻤْﻟا َﻦِﻣ َﺖْﻧَأ ﺎَﻤﱠﻧِإ اﻮُﻟﺎَﻗ ) ١٨٥ ( َﻦﻴِﺑِذﺎَﻜْﻟا َﻦِﻤَﻟ َﻚﱡﻨُﻈَﻧ ْنِإَو ﺎَﻨُﻠْﺜِﻣ ٌﺮَﺸَﺑ ﻻِإ َﺖْﻧَأ ﺎَﻣَو ) ١٨٦ ( َﻦﻴِﻗِدﺎﱠﺼﻟا َﻦِﻣ َﺖْﻨُآ ْنِإ ِءﺎَﻤﱠﺴﻟا َﻦِﻣ ﺎًﻔَﺴِآ ﺎَﻨْﻴَﻠَﻋ ْﻂِﻘْﺳَﺄَﻓ ) ١٨٧ ( «Ular dedilar: «Aniqki, sen sehrlangan kimsalardandirsan! Sen ham xuddi bizlarga o‘xshagan odamdirsan. Bizlar seni yolg‘onchi kimsalardan deb gumon qilyapmiz. Bas, agar rostgo‘ylardan bo‘lsang, ustimizga osmonning bir bo‘lagini tashlab yubor!». (Shuaro, 185-187.) Madyanda kun qizib ketdi, suvlar qaynadi. Bu issiqlik yetti kun davom etdi. Keyin osmonda bir bulut paydo bo‘ldi. Hamma shu bulutning ostiga to‘plandi. Bulutdan olov yog‘ildi va Ayka aholisining hammasi yondi. Madyan aholisi esa, dahshatli bir qichqiriqdan o‘sha onda o‘ldilar. ٍﻢﻴِﻈَﻋ ٍمْﻮَﻳ َباَﺬَﻋ َنﺎَآ ُﻪﱠﻧِإ ِﺔﱠﻠﱡﻈﻟا ِمْﻮَﻳ ُباَﺬَﻋ ْﻢُهَﺬَﺧَﺄَﻓ ُﻩﻮُﺑﱠﺬَﻜَﻓ ) ١٨٩ ( «Bas, ular Shuaybni inkor etishgach, ularni «soyabon» (Rivoyatlarga qaraganda, Shuayb qavmi itoatsizlik qilaverganlaridan keyin Alloh Taolo ular boshiga issiqlik balosini yuborgan. Ular bulut ostidan soya izlab turganlarida ko‘kdan olov tushib, ularni kuydirib yuborgan. (Abdulaziz Mansur. Qur’oni Karim ma’nolarining tarjimasi. 375- bet.) kunining azobi tutdi. Darhaqiqat, u ulkan (dahshatli) kunning azobi edi». (Shuaro, 189.) َﻦﻴِﻤِﺛﺎَﺟ ْﻢِهِراَد ﻲِﻓ اﻮُﺤَﺒْﺻَﺄَﻓ ُﺔَﻔْﺟﱠﺮﻟا ُﻢُﻬْﺗَﺬَﺧَﺄَﻓ ) Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling