Islomiyat tarixidir
َنﻮُﻌَﺟْﺮُﺗ ﺎَﻨْﻴَﻟِإَو ًﺔَﻨْﺘِﻓ ِﺮْﻴَﺨْﻟاَو ِّﺮﱠﺸﻟﺎِﺑ ْﻢُآﻮُﻠْﺒَﻧَو
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Payg'ambarlar tarixi islomiyat tarixidir
َنﻮُﻌَﺟْﺮُﺗ ﺎَﻨْﻴَﻟِإَو ًﺔَﻨْﺘِﻓ ِﺮْﻴَﺨْﻟاَو ِّﺮﱠﺸﻟﺎِﺑ ْﻢُآﻮُﻠْﺒَﻧَو «Biz sizlarni yomonlik bilan ham, yaxshilik bilan ham sinab, imtihon qilurmiz. Keyin faqat Bizgagina qaytarilursizlar». (Anbiyo, 35.) Hattoki bunday sinovlar payg‘ambarlar ustilarida ko‘proq va qattiqroq bo‘ladi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday marhamat qilganlar: «Odamlarning eng qattiq sinovga uchraydiganlari payg‘ambarlardir. Ulardan so‘ng avliyolar, ulardan keyin esa pastroq darajadagi odamlar. Har bir inson imonining darajasiga muvofiq imtihon etiladi. Imoni salobatli kishining sinovi ham ortib boradi». Har bir inson darajasi kim bo‘lishidan qat’iy nazar, Allohning sinovlariga imoni bilan bardosh bersa, sabr qilsa, uning musibati muvaffaqiyatga almashadi. Sabrining natijasi esa oxirat uchun zaxira bo‘ladi. Qiyinchilik va musibatlarga sabr qilish hamma payg‘ambarlar va ularning ummatlari uchun, shuningdek, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) va ummatlari uchun ham maqtov hisoblanadi. Alloh taolo Qur’oni karim oyatlarida shunday degan: َﻮُﻠْﺒَﻨَﻟَو ِﺮِّﺸَﺑَو ِتاَﺮَﻤﱠﺜﻟاَو ِﺲُﻔْﻧﻷاَو ِلاَﻮْﻣﻷا َﻦِﻣ ٍﺺْﻘَﻧَو ِعﻮُﺠْﻟاَو ِفْﻮَﺨْﻟا َﻦِﻣ ٍءْﻲَﺸِﺑ ْﻢُﻜﱠﻧ َﻦﻳِﺮِﺑﺎﱠﺼﻟا ) ١٥٥ ( َنﻮُﻌِﺟاَر ِﻪْﻴَﻟِإ ﺎﱠﻧِإَو ِﻪﱠﻠِﻟ ﺎﱠﻧِإ اﻮُﻟﺎَﻗ ٌﺔَﺒﻴِﺼُﻣ ْﻢُﻬْﺘَﺑﺎَﺻَأ اَذِإ َﻦﻳِﺬﱠﻟا ) ١٥٦ ( َﻚِﺌَﻟوُأ ْﻦِﻣ ٌتاَﻮَﻠَﺻ ْﻢِﻬْﻴَﻠَﻋ َنوُﺪَﺘْﻬُﻤْﻟا ُﻢُه َﻚِﺌَﻟوُأَو ٌﺔَﻤْﺣَرَو ْﻢِﻬِّﺑَر ) ١٥٧ ( «Shunday xolatlarda sabr qiluvchilarga xushxabar bering (ey Muhammad)! Ularga musibat yetganda: «Albatta, biz Allohning mulkimiz va albatta, biz Uning sari qaytuvchilarmiz», - deydilar. Aynan o‘shalarga Parvardigorlari tomonidan salovot (mag‘firat) va rahmat bordir va aynan ular, hidoyat topuvchilardir». (Baqara, 155-157.) Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ham ummatlarini doim sabrga chorlaganlar. Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob) www.ziyouz.com kutubxonasi 80 Payg‘ambarimiz (s.a.v.) dedilar: «Sabr imonning yarmidir». Payg‘ambarimiz (s.a.v.) dedilar: «Kim o‘zini sabrga o‘rgatsa, Alloh unga sabr ne’matini beradi. Hech kimga sabrdan ko‘ra yaxshiroq ne’mat berilmagan». Arablar maqolida shunday deyiladi: «Sabr nusratga yetkazuvchi vositadir». 2. Nusrat faqat Allohdandir. Qissada bayon etilishicha, Ayyub (a.s.)ning musibatdan avvalgi hayotlarida seribodat bo‘lganlari, ertayu kech Allohga iltijo va duoda bo‘lganlari, Alloh taolo esa bu bandasini barcha ne’mat bilan siylagani, bunga shaytonning hasadi va adovati qo‘zg‘ab: «Ayyub (a.s.)ning bunday ibodatda mustaqim turishlariga ne’matlar sababchidir. Agar bu ne’matlardan judo bo‘lsa, ibodatdan ham yuz o‘giradi», - deb Ayyub (a.s.)ning boshlariga shunchalik musibat tushishiga sabab bo‘ldi. Ammo qissadan shu narsa ayon bo‘ldiki, Ayyub (a.s.)ning ko‘p ibodat qilishlari ne’matlar tufayli emas, balki, imonlarining mustahkamligi tufayli ekan. Musibatlar ketma-ket yog‘ilsa ham, uzoq muddatga cho‘zilsa ham, Ayyub (a.s.)ning imonlari yanada quvvatlandi, ibodatlari yanada samimiylashdi va iltijolari qattiq bo‘ldi. Natijada, Allohning marhamatiga erishdilar, shayton esa noumid bo‘ldi. Bundan xulosa shuki, islom ibodatiga yangi kirgan kishilar, agar biroz ishlari yurishmay qolsa yoki biror dindor kishidan kamchilik sodir bo‘lsa, darhol Alloh bilan urushib: «Men namoz boshlaganimdan keyin ishim yurishish o‘rniga teskarisi bo‘ldi», - deb yoki «falonchi namozxon bo‘lib turib ayb ish qildi, bor men namozxon bo‘lmayman», - deb Allohdan yuz o‘girib ketuvchilarga bu qissada katta ibrat bor. Alloh taolo faqat O’zini degan va: ُﻦﻴِﻌَﺘْﺴَﻧ َكﺎﱠﻳِإَو ُﺪُﺒْﻌَﻧ َكﺎﱠﻳِإ ) ٥ ( «Yolg‘iz O’zinggagina ibodat qilaman va yolg‘iz O’zingdangina yordam so‘rayman», (Fotiha, 4.) - degan bandalarini hech qachon tashlab qo‘ymaydi va dunyoda ham oxiratda ham xor qilmaydi. 3. Har bir dardning davosi bor. Alloh taolo Ayyub (a.s.)ning duolarini ijobat qilganidan keyin, oyoqlari bilan yerni tepish va shu yerdan chiqqan buloq suvi bilan yuvinib va ichib poklanishni buyurdi. Alloh taolo busiz ham payg‘ambari jismidagi kasallikni yo‘q qilib, o‘sha ondayoq aslilariga qaytarishga qodir edi. Kasallikka davo istashni, uni topib, iste’mol qilib, shu sabab bilan shifolanishni payg‘ambariga buyurdi. Demak, har qanday bemor ham, o‘z kasalining shifosini Allohdan so‘rash bilan birga, uning sababiga kirishishi, davosini qidirishi lozim. Ko‘p davolash vositalari orasidan qaysi birini sabab qilish esa Allohga havola. Shuning uchun Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday dedilar: «Turli usullar bilan davolaninglar, sihhat topasizlar!» 4. Sizlarning eng yaxshilaringiz oilasiga yaxshi munosabatda bo‘luvchilaringizdir. Ayyub (a.s.) obro‘lari yaxshi, mol-dunyolari serob, tan-jonlari salomat paytlarida ayollariga yaxshi munosabatda bo‘ldilar, mehribonlik qildilar. Yaxshi yedirib, yaxshi kiyintirdilar. Boshlariga musibat tushganda esa, ayollari ham yaxshilikni qaytarib, hamma tashlab ketsa ham, u tashlab ketmadi, vafodorlik qildi, juda mehribonlik bilan kasalni boqdi. Bu narsa barsa musulmonlarga ham ibrat. Insonning omadini kelib, ishini yurishib turishi har qachon ham bir xil bo‘lmaydi. Shuning uchun omadli paytlarda oilada ham, hamkasblar orasida ham har bir qadamni o‘ylab bosish kerak bo‘ladi. Manmanlik, oilaga xiyonat, ayollarga yomon munosabat va minnat qilishdan uzoq bo‘lish kerak. Alloh taolo Qur’on oyatlarida «Umr yo‘ldoshingizga yaxshilik qiling» (Niso, 36.) degan. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ham o‘zlari ayollariga yaxshi munosabatda bo‘lish bilan birga, ummatlarini ham shunga da’vat qilganlar. Ayyub (a.s.)ning qissalarida ayollar uchun ham yaxshi ibrat bor. Ayyubning xotinlari erining omadi ketgan paytda ham sabr-matonat bilan unga qaradi, vafo qildi. Eri bilan o‘tkazgan baxtli onlarni unutmadi va baxtsiz kunlarda undan jirkanmadi va yuz o‘girmadi. Natijada, Allohdan mukofotini oldi, ya’ni avval yo‘qotgan baxti, farovonligi qaytib keldi. Buning ustiga qo‘shimcha «payg‘ambarning soliha xotini» mavqe’ini saqlab qoldi, oxiratda payg‘ambar bilan jannatga kirish baxtiga ega bo‘ldi. Sadoqatli ayolning xolis xizmatini Alloh taqdirlab, uni jazodan O’zi qutultirdi: «Yana biz Ayyubga aytdik: «Qo‘lingga bir bog‘ (novda)ni olib, u bilan xotiningni urgin – qasamingni buzmagin». Yoshlik, sog‘lik, mansabdorlik va omadli paytlarida erlari bilan o‘ynab kulgan ko‘pgina ayollar bu qissadan o‘zlariga xulosa chiqarib olishlari lozim. Erining ishi orqaga ketganda, qariganda va kasal bo‘lganda uni mensimasdan xorlaydigan, o‘z holiga tashlab qo‘yadigan, xiyonat ko‘chasiga kirib ketadigan va unga tanbeh bergan eriga: «Men sendan nima ko‘rdim, endi o‘z bilganimni qilaman, bilganimcha yuraman!» - deydigan ayollar Ayyub (a.s.)ning xotinlari Rahimadan vafodorlikning va sabrning mukofoti nima bo‘lishini o‘rganib olsalar yomon bo‘lmas edi. 2.15. ZUL-KIFL (A.S.) Ayyub (a.s.) vasiyatlarini o‘g‘illari Havmalga qoldirgan edilar. Havmaldan so‘ng esa, ikkinchi o‘g‘illari Bishr ibn Ayyub (a.s.) ota vasiyatini davom etdirdi. Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob) www.ziyouz.com kutubxonasi 81 Ko‘pchilik ulamolarning ittifoqlaricha, Bishr ibn Ayyub (a.s.) Zul-Kifl ismli payg‘ambardirlar. Alloh taolo Qur’oni karimning quyidagi oyatlarida Zul-Kiflni zikr qilgan: َو َﺲﻳِرْدِإَو َﻞﻴِﻋﺎَﻤْﺳِإَو َﻦﻳِﺮِﺑﺎﱠﺼﻟا َﻦِﻣ ﱞﻞُآ ِﻞْﻔِﻜْﻟا اَذ ) ٨٥ ( َﻦِﻣ ْﻢُﻬﱠﻧِإ ﺎَﻨِﺘَﻤْﺣَر ﻲِﻓ ْﻢُهﺎَﻨْﻠَﺧْدَأَو َﻦﻴِﺤِﻟﺎﱠﺼﻟا ) ٨٦ ( «Ismoil, Idris va Zul-Kiflni eslang. Barchalari sabr qiluvchilardandir. Biz ularni o‘z rahmatimizga doxil qildik. Darhaqiqat, ular solih zotlardandir». (Anbiyo, 85-86.) ِرﺎَﻴْﺧﻷا َﻦِﻣ ﱞﻞُآَو ِﻞْﻔِﻜْﻟا اَذَو َﻊَﺴَﻴْﻟاَو َﻞﻴِﻋﺎَﻤْﺳِإ ْﺮُآْذاَو ) ٤٨ ( «Yana Ismoil, al-Yasa’ va Zul-Kiflni eslang! Barchalari yaxshi kishilardandir». (Sod, 48.) Ibn Jarir va Abu Najiyh Mujohid (r.a.)dan rivoyat qilishlaricha, Mujohid dedilar: «Al-Yasa’ payg‘ambar keksayib qolganlaridan keyin o‘z o‘rinlariga ishonchli vakil tayinlamoqchi bo‘ldilar va qavmni yig‘dilar-da, ularga dedilar: «Kim mendan uch omonatni: kunduzlari ro‘zador, kechalari namozxon va g‘azabini ichiga yutuvchi bo‘lishni qabul qilib olsa, uni o‘zimga xalifa qilaman». Bir kishi ko‘zlaridan yosh quyilgan holda o‘rnidan turib: «Men!» - dedi. Al-Yasa’ unga: «Sen kunduzlari ro‘zador, kechalari namozxon bo‘lib, g‘azabingni ichingga yutasanmi?» - dedilar. O’rnidan turgan odamdan «Ha!» - degan javobni olib, uni qaytardilar. Ikkinchi kuni ham jamoat orasida shu savol takrorlanganda, boshqalar jim turishdi, ammo kechagi odam yana o‘rnidan turib, o‘zini ro‘baro‘ qildi. Al-Yasa’(a.s.) o‘z o‘rinlariga shu odamni xalifa qildilar».(Ibn Kasir. Qisasul-anbiyo. Qohira, 208- 209-bet.) Mazkur rivoyatning davomida Iblis bir necha bor al-Yasa’ning o‘rniga xalifa bo‘lgan odamning huzuriga kelib, uning g‘azabini keltirishga urinadi, lekin eplay olmaydi. Iblisga aldanmagan zotning nomini Alloh taolo Zul-Kifl deb ataydi. Kinona ibn al-Axnas aytadi: «Men Abu Muso al-Ash’ariyning baland minbardan turib shunday deganini eshitdim: «Zul-Kifl payg‘ambar emas, bir solih odamdir. Uning davrida boshqa bir solih odam har kuni yuz bor namoz o‘qir edi. Solih odam vafot etgandan keyin, uning yuz vaqt namozini qoldirmay o‘qib yurishni o‘z bo‘yniga olgani uchun, Zul-Kifl deb nomlandi. Imom Ahmad ibn Hanbal rivoyatlarida, Abu Umar aytadilar: «Men Rasululloh (s.a.v)dan bir hadis eshitdim, uni bir yoki ikki marta eshitgan bo‘lsaydim, sizlarga rivoyat qilmas edim, balki men bu hadisni yetti marta eshitganman. Al-Kifl Baniy Isroil qavmidan bo‘lib, taqvosiz, gunohdan qaytmagan odam edi. Uning oldiga bir ayol keldi. Al-Kifl ayolga oltmish dinor berib, uni zinoga ko‘ndirdi. Ikkovi yechinib, zinoni boshlash oldida, ayolni qattiq qaltiroq tutdi va yig‘lab yubordi. Al-Kifl sababini so‘raganda, ayol: «Men bunday ishni hech qilmagan edim. Muhtojlik meni shunga majbur etdi» - dedi va yana qattiqroq yig‘ladi. Al-Kifl: «Sen ilgari bunday ishni qilmaganmi ding? Muhtojlik seni shunga boshladimi? Tur o‘rningdan! Dinorlar ham o‘zingga!» - dedi va o‘rnidan turib ketdi. Shu kundan boshlab al-Kifl ham hech qachon Allohga osiy bo‘lmaslikka ahd qildi va o‘sha kecha vafot etdi. Ertalab janozaga kelganlar uning uyi eshigida: «Alloh taolo al-Kiflni mag‘firat etdi!» - degan yozuvni ko‘rdilar». (O’sha manba. 209-bet.) Bu hadisning sahihligida muhaddislarning ixtilofi mavjud. Agar hadis sahih bo‘lganda ham, unda aytilgan odamning nomi «al-Kifl» bo‘lib, baniy Isroil qavmidan bo‘lgan biror odam bo‘lishi mumkin. Qur’onda nomlari payg‘ambarlar qatorida zikr etilgan kishi esa, Zul-Kifldirlar. Ibn Kasirning aytishicha, mazkur oyati karimalarning zohiriy ma’nosi, Zul-Kifl ulug‘ payg‘ambarlar qatorida zikr etilgan, o‘zlari ham payg‘ambar ekanliklariga dalolat qiladi. Ammo Zul-Kifl qaysi qavmga yuborilgan, uning da’vati nimadan iborat bo‘lgan, bu haqda Qur’oni karim oyatlarida ochiq ham, ijmoliy ham xabar berilmagan. (Afif Abdulfattoh. Tabora. Ma’al-anbiyo fil-Qur’onil Karim. Lubnon. 214-bet.) «Tarixi Tabariy»da yozilishicha, Alloh taolo Ayyub (a.s.)ning vafotlaridan keyin vasiylik Havmal ibn Ayyub (a.s.)ga qoldi va qavmni u boshqarib turdi. Uning vafotidan keyin qavmga Alloh taolo Bishr ibn Ayyub (a.s.)ni payg‘ambar qilib yubordi, uni Zul-Kifl deb nomladi va qavmini tavhidga chaqirishni buyurdi. Zul-Kifl (a.s.) umrlarining oxirigacha Shomda turdilar va o‘g‘illari Abdonga vasiyat qilib, yetmish besh yoshda olamdan o‘tdilar. (Tarixi Tabariy. 1-j. 228-bet.) Damashqning shimol tarafida «Qosiyun al-Matol» nomli tog‘ bo‘lib, undagi joylardan biri «Zul-Kifl» deb nomlanadi. (Doktor Shavqiy Abu Xalil. Atlasul-Qur’on. Damashq. 2001. 100-bet.) 2.16. YUNUS (A.S.) Yunus (a.s.) qissalari Qur’oni karimda to‘rt suraning to‘rt oyatida zikr etilgan. Yunus (a.s.)ning qavmlari, garchi hukm amalga oshmay qolgan va ularning tavbalari Allohning huzurida qabul etilgan bo‘lsada, tarixan ommaviy halokatga hukm etilgan qavmlar sirasiga kiradi. Yunus (Uning nisbati Ibn Mattodir. Ba’zi oliimlarning so‘ziga qaraganda Matto onasining ismi. Ahli kitoblar Yunusni Yunon ibn Umtoy deb ataydilar) (a.s.)ning Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob) www.ziyouz.com kutubxonasi 82 nasablari Yusufning ukasi Binyomin avlodlariga bog‘lanadi. Shom mamlakatining Mavsil qishloqlaridan biri bo‘lgan Naynavoda istiqomat qiluvchi qavm sanamlarga ibodat qilardilar. Alloh taolo bu butparast xalqni Haq diniga da’vat etish uchun Yunus (a.s.)ni payg‘ambar etib yubordi. Yunus (a.s.) juda ko‘p nasihatlar qilgan bo‘lsalar ham, qavmga Alloh hidoyat nasib etmadi, imonga kelmadilar, butlaridan yuz o‘girmadilar. Yunus (a.s.) ularga, agar imon keltirmasalar, bir necha kundan keyin ularga Allohning azobi kelishini aytadilar. Ular shunda ham imonga kelmaydilar. Yunus (a.s.) qavmdan g‘azablanadilar va yo‘llarida duch kelgan dengiz sohilida bir kemaga minib, ulardan uzoqlashadilar. Yunus (a.s.) kemaga mingan kunlari Naynavo shahri ustidagi osmon qoraydi, shaharni dahshatli quyuq tuman qopladi. Hamma Yunus (a.s.) aytgan dahshatli azobning kelishi haq ekanligini angladi, ularning qalblariga o‘lim vahimasi tushib, biz ham Od, Samud, Lut qavmlariga o‘xshab Allohning umumiy azobiga duchor bo‘lib, yer bilan yakson bo‘lib, yer yuzidan butunlay nomimiz o‘chib ketmasa edi, do‘zax azobiga giriftor bo‘lmasak edi, deb Yunus (a.s.)ni ko‘p qidirdilar, Allohga ko‘p iltijo qildilar. Alloh taolo ularning tavbasini qabul qildi, ularga shafqat qildi va muayyan azobdan xalos qildi. َباَﺬَﻋ ْﻢُﻬْﻨَﻋ ﺎَﻨْﻔَﺸَآ اﻮُﻨَﻣﺁ ﺎﱠﻤَﻟ َﺲُﻧﻮُﻳ َمْﻮَﻗ ﻻِإ ﺎَﻬُﻧﺎَﻤﻳِإ ﺎَﻬَﻌَﻔَﻨَﻓ ْﺖَﻨَﻣﺁ ٌﺔَﻳْﺮَﻗ ْﺖَﻧﺎَآ ﻻْﻮَﻠَﻓ ٍﻦﻴِﺣ ﻰَﻟِإ ْﻢُهﺎَﻨْﻌﱠﺘَﻣَو ﺎَﻴْﻧﱡﺪﻟا ِةﺎَﻴَﺤْﻟا ﻲِﻓ ِيْﺰِﺨْﻟا ) ٩٨ ( «Koshki biror qishloq ahli imon keltirganda edi, imoni unga foyda bergan va halok bo‘lmagan bo‘lur edi. Illo, Yunus qavmi shunday qildi. Iymon keltirishgach, ulardan dunyo hayotidagi xorlik azobini ketkizdik va ularni ma’lum vaqtgacha hayot lazzatidan bahramand qildik». (Yunus, 98.) Qavm uylariga sog‘-omon qaytdilar, Yunus (a.s.)ni ko‘rishni, unga itoat etishni juda xohlardilar, ammo Yunus (a.s.) qavmlarini tashlab, Allohning iznisiz ulardan uzoq yerda – dengizda ketayotgan edilar. َﻦﻴِﻠَﺳْﺮُﻤْﻟا َﻦِﻤَﻟ َﺲُﻧﻮُﻳ ﱠنِإَو ) ١٣٩ ( ِنﻮُﺤْﺸَﻤْﻟا ِﻚْﻠُﻔْﻟا ﻰَﻟِإ َﻖَﺑَأ ْذِإ ) ١٤٠ ( «Yunus ham albatta, payg‘ambarlardandir. Qaysiki (o‘z qavmidan g‘azablanib) to‘la yukli kemaga qarab qochgan edi. (Vas-soffot, 139-148.) Yunus payg‘ambar qavmning inkoridan g‘azablanib, ulardan uzoq-uzoqlarga qochib ketmoqchi bo‘ldilar va yo‘llarida katta dengizga uchradilar. (Yunus (a.s.) Naynavodan qochib, Tartish(hozirgi Tunis)ga bormoqchi bo‘ldilar. O’rta dengiz sohilidagi Yaffa shahri(hozirgi Quddusga yaqin)dan kemaga o‘tirdilar va kemadan dengizga uloqtirildilar. Dengizda nahang qornidan yerga chiqqanlaridan so‘ng Naynavoga qaytdilar.) «Yunus (a.s.) shu ketishda qavmlaridan qochib, Tartish (hozirgi Tunis)ga borishni istagan edilar». (Doktor Shavqiy Abu Xalil. Atlasul-Qur’on. Damashq. 2001. 102-bet) Kema dengiz o‘rtasiga kelganda yurmay qoldi. Kema egasi: «Ichingizda bir gunohkor odam bor, shuning uchun kema yurmayapti», - deydi. Gunohkorni aniqlash uchun qur’a tashlanadi. Uch marta ham qur’a Yunus (a.s.)ning nomlariga tushdi. Yunus (a.s.) gunohkor odam sifatida dengizga tashlandilar. (Afif Abdulfattoh Tabbora. Ma’al-anbiyo fil-Qur’onil Karim. Lubnon. 307-bet.) Yunus (a.s.) uch martada ham qur’a o‘z nomlariga chiqqanini ko‘rib, bunda Allohning tadbiri, hikmati va siri borligini sezdilar, Allohning hijratga iznisiz qavmlaridan qochib suvga tushganlari o‘zlarining xatolari ekanini his qildilar va qorong‘i zulmat qa’riga singib ketish uchun o‘zlarini dengiz bag‘riga otib, uning mavji ixtiyoriga topshirdilar. (Muhammad Jodul Mavlo. Qur’on qissalari. Bayrut. 2000 y. 202-bet.) Bas, kemadagilar bilan qur’a tashlashdi va mag‘lub bo‘ldi. Bas, malomatga qolgan holida uni bir nahang yutib yubordi. Alloh taolo katta bir nahangga Yunus (a.s.)ni yutib yuborishni, ammo uning tanasini hazm qilmaslikni, suyagini sindirmaslikni, omonat saqlashni buyurdi. Chunki mehribon parvardigor o‘zining ulug‘ payg‘ambarini sog‘-salomat bo‘lishini istagan edi. Imom Ahmad va ba’zi muhaddislar Ibn Abbos (r.a.)dan shunday hadis rivoyat qilganlar: «Rasululloh (s.a.v.) dedilar: «Ey bola, men senga bir necha kalimalarni o‘rgataman: Allohni yodingdan chiqarma, u seni muhofaza qiladi. Allohni yodingdan chiqarma, uni doim yoningda topasan. Farog‘atda Allohga yaqin bo‘l, qiyinchilikda u senga yaqin bo‘ladi». Ibn Jarir tafsirida Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qilgan hadisda Janob Rasululloh (s.a.v.) dedilar: «Alloh taolo Yunus (a.s.)ni baliq qorniga hibs qilishni iroda qilgan vaqtda, Nahangga vahiy yuborib: «Yunusni yut, lekin go‘shtini tishlama, suyagini sindirma!» - deb buyurdi. Nahang Yunusni yutib, u bilan dengiz ostiga tushganda, Yunusning quloqlari notanish ovozni eshitganday bo‘ldi va o‘ziga-o‘zi: «Bu nima ekan?» - deb savol qildi. Alloh taolo Yunus (a.s.)ga vahiy yuborib: «Bu ovoz dengiz hayvonlarining tasbehidir» - dedi. Yunus (a.s.) darhol tasbeh aytdilar va bu tasbehni farishtalar ham eshitishdi. Ular Allohga: «Ey parvardigorimiz, Yerning bir chekkasidan zaif tovushni eshityapmiz» - dedilar. Alloh taolo ularga: «Bu tovush bandam Yunusning tovushidir, u menga osiy bo‘lgan edi, men uni dengizdagi nahang qorniga hibs qildim» - deb javob berdi. Farishtalar taajjublanib: «Har kecha va Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob) www.ziyouz.com kutubxonasi 83 kunduz undan sening huzuringga solih amal chiqib turadigan solih bandangni-ya?!» - deyishdi. Alloh tasdiq qilgandan keyin, farishtalar Yunusga shafe’ bo‘lishdi va mag‘firat etishini so‘rashdi. Alloh taolo nahangga buyurdi va u Yunus (a.s.)ni sohilga chiqarib tashladi». (Al-Bazzorning aytishicha, bu hadis faqat bir sanad bilan rivoyat qilingan. Ya’ni Muhammad ibn Ishoq o‘rtada bir roviy bilan Abdulloh ibn Rofi’dan, u kishi Abu Hurayradan, u kishi esa payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat qilganlar.) Yazid ar-Raqqoshiy aytadi: «Men faqat Anas ibn Molikdan bir hadis eshitganman, unda Rasululloh (s.a.v.) shunday deganlar: «Yunus payg‘ambar (a.s.) nahang qornida turib, duo qilganlarida shunday degan edilar: «Yo Alloh! Hech qanday ma’bud yo‘q, illo sen borsan, poksan. Albatta men o‘z jonimga zulm qiluvchilardan bo‘ldim!». (La ilaha illa anta subhanaka inniy kuntu minaz-zolimiyn). Bu duo arsh tagiga yetdi. Farishtalar: «Yo Alloh, uzoq shahardan tanish bir ovoz eshitilyapti» - deb so‘radilar. Alloh ularga: «Uni tanimayapsizlarmi?» - dedi. Farishtalar: «Yo‘q! Ey Rabbimiz, kim u?» - deb so‘raganlaridan so‘ng, Alloh: «Bu bandam Yunusning ovozi-ku!» - dedi. Farishtalar: «Bu bandangdan sening huzuringa doim solih amallar va mustajob duolar kelardi-ku! Ey Robbimiz! Tinchlik vaqtida senga ibodat qilgan bandangga balo va musibat vaqtida rahm qilmaysanmi?» - dedilar. Alloh taolo: «Albatta, rahm qilaman» - deb, nahanga buyurdi. Nahang Yunus (a.s.)ni sohilga chiqarib tashladi». (Ibn Kasir. Qisasul-anbiyo. Qohira, 218-bet. Tarixi Tabariy, 1-j. 461-bet) Bas, agar Allohga doim tasbeh aytuvchilardan bo‘lmaganida, albatta, u baliq qornida, to qayta tiriladigan (qiyomat) kunigacha qolib ketgan bo‘lur edi. Yunus (a.s.) avval shoshilib, keyin qilmishlariga pushaymon bo‘ldilar, dahshatli qorong‘ulikda o‘zlarini yo‘qotmadilar. Allohdan mag‘firat va najot so‘radilar, unga tasbeh aytib, tavba qildilar. Alloh Yunusning tavbalarini qabul qildi. Qur’oni karimning Anbiyo surasida shunday xabar beriladi: َﺖْﻧَأ ﻻِإ َﻪَﻟِإ ﻻ ْنَأ ِتﺎَﻤُﻠﱡﻈﻟا ﻲِﻓ ىَدﺎَﻨَﻓ ِﻪْﻴَﻠَﻋ َرِﺪْﻘَﻧ ْﻦَﻟ ْنَأ ﱠﻦَﻈَﻓ ﺎًﺒِﺿﺎَﻐُﻣ َﺐَهَذ ْذِإ ِنﻮﱡﻨﻟا اَذَو َﻦﻴِﻤِﻟﺎﱠﻈﻟا َﻦِﻣ ُﺖْﻨُآ ﻲِّﻧِإ َﻚَﻧﺎَﺤْﺒُﺳ ) ٨٧ ( ﻲِﺠْﻨُﻧ َﻚِﻟَﺬَآَو ِّﻢَﻐْﻟا َﻦِﻣ ُﻩﺎَﻨْﻴﱠﺠَﻧَو ُﻪَﻟ ﺎَﻨْﺒَﺠَﺘْﺳﺎَﻓ ﻴِﻨِﻣْﺆُﻤْﻟا َﻦ ) ٨٨ ( «Zunnun-Yunusning qavmidan g‘azablangan holda o‘z qishlog‘idan chiqib ketib, Bizni uning ziyoniga hukm qilmaydi, deb o‘ylagan paytini, so‘ng Biz uni baliq qorniga tashlaganimizdan so‘ng qorong‘u zulmatlarda turib: «Hech iloh yo‘q, magar o‘zing bordirsan, ey pok Parvardigor, darhaqiqat, men o‘z jonimga jabr qiluvchilardan bo‘lib qoldim», - deb nido qilgan paytini eslang. Bas, Biz uning duosini mustajob qildik va uni g‘am-g‘ussadan qutqardik. Biz mo‘minlarga mana shunday najot berurmiz». (Anbiyo, 87-88.) Yunus (a.s.) nahangning qornida bir necha kun qolib ketdilar. Bu muddat haqida tarixchi va mufassir ulamolar turli fikrlar bildirganlar. Mujohid ash-Sha’biydan rivoyat qilib, Yunus (a.s.)ni nahang ertalab yutgan va kechqurun quruqlikka chiqarganini aytadi. Qatoda esa, bu muddat uch kun bo‘lgan, deb fikr bildiradi. Ja’far as-Sodiq, yetti kun deb da’vo qiladi va fikrining tasdig‘i uchun Umayya ibn Abis-Saltning she’ridan quyidagi satrlarni keltiradi: Sen o‘zingning fazling bilan Yunusga berding najot, Necha kunlar nahang qorni uningchun bo‘ldi zulumot. Sa’id ibn Abil-Hasan va Abu Molik: «Yunus (a.s.) nahang qornida qirq kun turganlar» - deydilar. Hazrat So‘fi Olloyor ham o‘z manzumasida: «Baliq qornida ul sohib karomat, Chilla o‘ltirdi-yu chiqdi salomat» - deb, Yunus (a.s.)ning nahang qornida turgan muddatlarini qirq kun ekanligini yozadi. Bu muddatning uzoqroq ekanligiga Allohning oyati karimasi ham dalolat qiladi: Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling