Islomiyat tarixidir


ُﻦﻴِﺒُﻤْﻟا ُغﻼَﺒْﻟا ﻻِإ ﺎَﻨْﻴَﻠَﻋ


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/29
Sana23.05.2020
Hajmi0.97 Mb.
#109398
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   29
Bog'liq
Payg'ambarlar tarixi islomiyat tarixidir


 ُﻦﻴِﺒُﻤْﻟا ُغﻼَﺒْﻟا ﻻِإ ﺎَﻨْﻴَﻠَﻋ
)
١٧
(
ﱠﻴَﻄَﺗ ﺎﱠﻧِإ اﻮُﻟﺎَﻗ
 ﺎﱠﻨِﻣ ْﻢُﻜﱠﻨﱠﺴَﻤَﻴَﻟَو ْﻢُﻜﱠﻨَﻤُﺟْﺮَﻨَﻟ اﻮُﻬَﺘْﻨَﺗ ْﻢَﻟ ْﻦِﺌَﻟ ْﻢُﻜِﺑ ﺎَﻧْﺮ
 ٌﻢﻴِﻟَأ ٌباَﺬَﻋ
)
١٨
(
 َنﻮُﻓِﺮْﺴُﻣ ٌمْﻮَﻗ ْﻢُﺘْﻧَأ ْﻞَﺑ ْﻢُﺗْﺮِّآُذ ْﻦِﺋَأ ْﻢُﻜَﻌَﻣ ْﻢُآُﺮِﺋﺎَﻃ اﻮُﻟﺎَﻗ
)
١٩
(
 ﻰَﺼْﻗَأ ْﻦِﻣ َءﺎَﺟَو
ﱠﺗا ِمْﻮَﻗ ﺎَﻳ َلﺎَﻗ ﻰَﻌْﺴَﻳ ٌﻞُﺟَر ِﺔَﻨﻳِﺪَﻤْﻟا
 َﻦﻴِﻠَﺳْﺮُﻤْﻟا اﻮُﻌِﺒ
)
٢٠
(
 ْﻢُهَو اًﺮْﺟَأ ْﻢُﻜُﻟَﺄْﺴَﻳ ﻻ ْﻦَﻣ اﻮُﻌِﺒﱠﺗا
 َنوُﺪَﺘْﻬُﻣ
)
٢١
(
 َنﻮُﻌَﺟْﺮُﺗ ِﻪْﻴَﻟِإَو ﻲِﻧَﺮَﻄَﻓ يِﺬﱠﻟا ُﺪُﺒْﻋَأ ﻻ َﻲِﻟ ﺎَﻣَو
)
٢٢
(
 ْنِإ ًﺔَﻬِﻟﺁ ِﻪِﻧوُد ْﻦِﻣ ُﺬِﺨﱠﺗَأَأ

Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob) 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
88
َﺷ ْﻢُﻬُﺘَﻋﺎَﻔَﺷ ﻲِّﻨَﻋ ِﻦْﻐُﺗ ﻻ ﱟﺮُﻀِﺑ ُﻦَﻤْﺣﱠﺮﻟا ِنْدِﺮُﻳ
 ِنوُﺬِﻘْﻨُﻳ ﻻَو ﺎًﺌْﻴ
)
٢٣
(
 ٍﻦﻴِﺒُﻣ ٍلﻼَﺿ ﻲِﻔَﻟ اًذِإ ﻲِّﻧِإ
)
٢٤
(
 ِنﻮُﻌَﻤْﺳﺎَﻓ ْﻢُﻜِّﺑَﺮِﺑ ُﺖْﻨَﻣﺁ ﻲِّﻧِإ
)
٢٥
(
 َنﻮُﻤَﻠْﻌَﻳ ﻲِﻣْﻮَﻗ َﺖْﻴَﻟ ﺎَﻳ َلﺎَﻗ َﺔﱠﻨَﺠْﻟا ِﻞُﺧْدا َﻞﻴِﻗ
)
٢٦
(
 ﺎَﻤِﺑ
 َﻦﻴِﻣَﺮْﻜُﻤْﻟا َﻦِﻣ ﻲِﻨَﻠَﻌَﺟَو ﻲِّﺑَر ﻲِﻟ َﺮَﻔَﻏ
)
٢٧
(
َﻋ ﺎَﻨْﻟَﺰْﻧَأ ﺎَﻣَو
 َﻦِﻣ ٍﺪْﻨُﺟ ْﻦِﻣ ِﻩِﺪْﻌَﺑ ْﻦِﻣ ِﻪِﻣْﻮَﻗ ﻰَﻠ
 َﻦﻴِﻟِﺰْﻨُﻣ ﺎﱠﻨُآ ﺎَﻣَو ِءﺎَﻤﱠﺴﻟا
)
٢٨
(
 َنوُﺪِﻣﺎَﺧ ْﻢُه اَذِﺈَﻓ ًةَﺪِﺣاَو ًﺔَﺤْﻴَﺻ ﻻِإ ْﺖَﻧﺎَآ ْنِإ
)
٢٩
(
 
 
«Ey, Muhammad, Siz ularga qishloq (Qishloqning nomi Antokiya bo‘lib, u Rum (hozirgi Italiya)ning qadimiy 
qishloqlaridan biridir.)
ahlining u joyga elchilar kelgan paytini misol keltiring! O’shanda Biz ularga ikkita elchini 
yuborganimizda ular ikkisini yolg‘onchiga chiqarishgach, uchinchi elchi bilan quvvatlantirdik. Bas, (uchchala elchi 
Antokiya ahliga): «Haqiqatan, biz sizlarga yuborilgan elchilarmiz» - degan edilar. Ular: «Sizlar ham xuddi bizlarga 
o‘xshagan odamlarsiz. Rahmon biror narsa nozil qilgani yo‘q. Sizlar faqat yolg‘on so‘zlamoqdasizlar» - dedilar. 
Elchilar aytdilar: «Robbimiz bilurki, bizlar, albatta, sizlarga yuborilgan elchilardirmiz! Bizlarning zimmamizda 
faqat Allohning vahiysini sizlarga aniq yetkazishgina bordir. Ular dedilar: «Bizlar sizlardan shumlanmoqdamiz. 
Qasamki, agar da’vatlaringizni to‘xtatmasangizlar, sizlarni albatta, toshbo‘ron qilurmiz va sizlarga biz tomondan 
alamli azob yetar». Elchilar aytdilar: «Shumlanishingiz o‘zlaringiz bilandir. Sizlarga nasihat qilinsa 
shumlanasizlarmi?! Yo‘q, sizlar haddan oshgan qavmdirsiz!» Shu payt bir kishi (Bu taklifni xaloyiqqa aytgan kishi 
Habib ismli bir xudojo‘y duradgor edi)
 shaharning ichkarisidan shoshganicha kelib, dedi: «Ey qavmim, bu elchilarga 
ergashinglar! O’zlari hidoyatda bo‘lgan va sizlardan haq so‘ramaydigan zotlarga ergashinglar!» U yana aytdi: 
«Nega men o‘zimni yaratgan Zotga ibodat qilmayin? Sizlar ham Ungagina qaytarilursizlar. Men Undan o‘zgalarni 
iloh qilib olaymi? Holbuki, agar Rahmon menga biror zarar yetkazishni istasa, u (iloh)larning shafoatlari menga 
biror foyda bera olmas va ular meni azobdan qutqara olmaslar. U holda men, albatta, aniq zalolatda bo‘lurman-
ku! Haqiqatan, men Rabbingizga imon keltirganman, meni eshitib qo‘yingiz!» (So‘zlariga boqmay uni qatl qilishgach
unga) «Jannatga kir», - deyildi. (U joydagi noz-ne’mat va izzat-ikromni ko‘rgach), u aytdi: «Qani edi qavmim bilsalar 
Robbimning meni mag‘firat etganini va meni mukarram kishilardan qilganini». Biz undan (Habib an-Najjor qatlidan) 
keyin uning qavmi ustiga osmondan biror qo‘shin (azob farishtalarini) tushirmadik. Biz (shoshilinch) tushiruvchi 
bo‘lmadik. Faqat birgina dahshatli qichqiriq bo‘ldi-yu, birdaniga ular «o‘chib» qoldilar». (Yosin, 13-29.)
 
  
Avvalgi ulamolardan Ibn Abbos, Ka’bul-Ahbor va Vahb ibn Munabbahdan, keyingi ulamolardan Burayda ibn 
al-Xasib, Ikrima, Qatoda, az-Zuhriy va boshqalardan qilingan rivoyatlarga qaraganda mazkur qavm yashagan 
qishloqning nomi «Antokiya»dir.  
Ibn Ishoq nomlari zikr etilgan avvalgi ulamolardan yana shuni ham rivoyat qilganki, mazkur qavmning Antixus ibn 
Antixus ismli podshohlari bo‘lib, ular sanamlarga sig‘inardilar. Alloh taolo ularga Sodiq, Masduq va Shalum ismli uch 
payg‘ambarni yubordi. Qavm esa payg‘ambarlarning da’vatiga quloq tutmadilar, ularni yolg‘onchi qildilar. (Ibn Kasir. 
Qisasul-anbiyo. Qohira. 212-bet.)
 
 
Qatodaning taxmin qilishicha, Antokiya xalqiga yuborilgan uch payg‘ambarning ismlari Sham’un, Yo‘hanno 
va Pavlus bo‘lib, ular Iso (a.s.)ning elchilari edilar.
 
 
Qatodaning fikri noto‘g‘ri, chunki tarixda Antokiya shahri Iso Masih dinlarini qabul qilgan birinchi shahardir. Shuning uchun 
ham mazkur shahar dunyoda eng katta bo‘lgan to‘rt patriarxiya – Antokiya, Quddus, Iskandariya va Rumiyaning bittasi 
hisoblanadi. Qustantiniya esa beshinchi o‘rindadir. Qur’onda zikr etilgan qavm esa, payg‘ambarni tan olmagani uchun 
halokatga uchragan. (Ibn Kasir. Qisasul anbiyo.  Qohira. 213-bet.)
 
 
Lekin ikki rivoyatni quyidagicha jamlash mumkin. Ya’ni Antokiya qavmiga qadimda ham mazkur uch payg‘ambar – 
Sodiq, Masduq va Shalum ismli payg‘ambarlar yuborilgan. Ular inkor etilgach, qavmni Alloh taolo halokatga uchratgan. 
Oradan uzoq yillar o‘tgandan keyin, Iso Masih davrida ham shu shahar aholisiga yana uch havoriy-Sham’un, Yuhanno va 
Pavlus Iso payg‘ambar tomonidan da’vat uchun yuborilgan. Qavm ularni yaxshi kutib olishib, Iso (a.s.) shariatlarini qabul 
etishgan. Ammo bu fikr tarixiy nuqtai nazardan ancha uzoq, chunki, Antokiya tarixida hech qachon, Iso (a.s.)ning davrida 
ham, undan oldin ham biror qavm ommaviy halokatga uchramagan. (Muxtasari tafsiri Ibn Kasir. 3-j. 121-bet.)
 
               
Qur’onda qissa qilingan uch payg‘ambarning Iso Masih havoriylari emasligiga uch dalil bor. Birinchisi shuki, 
oyatda xabar berilgan payg‘ambarlarni Alloh tomonidan yuborilganiga  «O’shanda Biz ularga ikkita elchini 
yuborganimizda ular ikkisini yolg‘onchiga chiqarishgach, uchinchi elchi bilan quvvatlantirdik» - degan 
mazmun dalolat qilib turibdi. Agar ular Iso Masih yuborgan havoriylar bo‘lganida, oyatning lafzi shunga 
munosib bo‘lardi. 
Ikkinchisi shuki, Qur’onda zikr etilgan qavm itoatsizliklari uchun halok etilganlar. Iso Masih davridagi qavm 
esa birinchilardan bo‘lib imonga kelganlar. 
Uchinchisi shuki, Antokiyaga Iso Masihning da’vatchilar yuborishlari yahudiylarga Tavrot nozil bo‘lgandan uzoq vaqt 
keyin sodir bo‘lgan. Hamma ulamolarning ittifoq qilishlaricha, Tavrot nozil bo‘lgandan keyin biror qavmga ommaviy 
halokat yuborilmagan, balki, payg‘ambarga unamagan qavmga nisbatan chora ko‘rish va ular bilan payg‘ambar 
boshchiligida urushish musulmonlarga buyurilgan. (Muxtasari tafsiri Ibn Kasir. 3-j. 121-bet.)
 
  

Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob) 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
89
Demak, Qur’onning Yosin surasida xabar berilgan va halokatga uchragan qavm yashagan joyning nomi 
Antokiya emas yoki qadimda Antokiya deb nomlangan bo‘lsa ham, u qishloq Rum yeridagi Antokiya emas, deb 
xulosa chiqarishimiz mumkin. 
4-BOB 
4.1.  MUSO VA HORUN (A.S.) 
Alloh taolo Qur’oni karimda zikr etgan payg‘ambarlarning qissalari orasida Muso (a.s.) qissasi eng katta va 
mufassal bayon etilgan qissadir. Qur’onning o‘ttiz to‘rt surasida bir yuz o‘ttiz olti marta Muso nomi tilga olingan. 
Muso (a.s.)ning nasablari Hazrat Ya’qubning o‘g‘illaridan biri bo‘lgan Lovo ibn Ya’qubga boradi. Muhammad ibn 
Ishoqning aytishicha, Lovo ibn Ya’qub va Nobita binti Moriydan Qohis ismli o‘g‘il tug‘ildi. Qohis ibn Lovo va Fohiy binti 
Mussindan Yashar ismli o‘g‘il tug‘ildi. Yashar ibn Qohis va Shumays binti Batodiddan Imron ismli o‘g‘il tug‘ildi. Imron ibn 
Yashar va Yuhib binti Shamvildan Muso va Horun ismli o‘g‘illar dunyoga keldilar. (Tarixi Tabariy. 1-j. 270-bet.)
 
 
Boshqa olimlarning fikrlaricha, Ya’qub ibn Ishoq (a.s.) bir yuz qirq yetti yil umr ko‘rganlar. Yoshlari sakson to‘qqizga 
yetganda, Lovo ismli o‘g‘illari tug‘ildi. Lovo qirq oltiga kirganda Qohis ismli o‘g‘il ko‘rdi. Qohis esa Yashar ismli o‘g‘il ko‘rdi. 
Yashar oltmish yoshligida o‘g‘li Imron dunyoga keldi. Muso (a.s.) ana shu Imronning o‘g‘lidirlar. Muso (a.s.) onalarining 
ismi Yukobid (Ba’zi manbalarda Yuxobid yoki Anohid, As-Suhayliyning yozishicha, Ayorixo yoki Ayozaxtdir. Lekin nomi 
kim deb aytilsa ham, juda baxtli ayol, ulug‘ payg‘ambarning onasi, Allohdan uning o‘ziga vahiy-ilhomiy xabar kelgan va 
Allohning buyrug‘iga itoat qilgan tabarruk ayoldir.)
 
, xotinlari esa Safurodir. (Tarixi Tabariy. 1-j. 271-bet.)
 
  
Ibn Kasir esa «Qisasul-Anbiyo» kitobida Muso (a.s.)ning shajaralarini «Muso ibn Imron ibn Qohis ibn Ozir ibn Lovo ibn 
Ya’qub ibn Ishoq ibn Ibrohim (a.s.)» deb keltirgan. (Ibn Kasir. Qisasul-anbiyo. Qohira, 221-bet.)
 
  
Isroil o‘g‘illari Yusuf (a.s.)ning davrlarida Misrning unumdor chorva yerlariga kelib o‘rnashgan, Misrliklar 
oldida ularning mavqe’lari baland, hayotlari farovon o‘tdi. Bu vaqtda Misr fir’avni Ar-Rayyon ibn Al-Valid bo‘lib, 
u Yusufning hurmatlaridan Bani Isroilga juda katta saxovat va samohat ko‘rsatdi. 
Ibn Ishoqning rivoyat qilishicha, Misr mulkida bir necha amoliqa fir’avnlar hukmronlik qilishdi va ular ham Yusuf, 
Ya’qub, Ishoq va Ibrohim dinlaridan yuz o‘girishmadi. Qachonki Muso (a.s.)ning fir’avni bo‘lgan Voliy al-Valid ibn Mus’ab 
(Uning tarixiy nomi Munfitoh  Ramzes II dir)
 
Misr taxtiga o‘tirgandan keyin Bani Isroil qavmi boshiga balo yog‘ildi. Buning 
ikkita sababi bor edi. Birinchidan, boshqa fir’avnlarga qaraganda al-Validning qalbi qora, niyati buzuq, Bani Isroil qavmiga 
nisbatan adovati kuchli, o‘ta millatchi edi. (Tarixi Tabariy. 1-j. 272-bet.)
 
  
Ikkinchidan, kohinlarning unga bergan bashoratla rida, uning podshohligini bani Isroil qavmida tug‘ilajak 
o‘g‘il bola barbod etishining xabari bor edi. 
Shuning uchun Misrning bu johil fir’avni baniy Isroil qavmiga juda chuqur adovat saqladi va kuchining 
boricha ularga yomonlik, xunrezlik illatlarini namoyon qildi. Baniy Isrilning erki va farovon, osoyishta hayoti 
buzuldi. Ular endi Misr fuqarosi emas, balki misrliklarning qul va cho‘rilariga aylantirildi.    
Shunday qilib Muso (a.s.)ning zamonlarida bani Isroil qavmini misrliklar quldek ishlatishardi. Misr qavmini 
qibtiy deb atalardi. Ular o‘z podshohlari boshchiligida ulug‘ payg‘ambarlar keltirgan Allohning haq dinidan yuz 
o‘girishib, yulduzlarga va butlarga sig‘inishar, Isroil qavmini haqorat etib, kamsitishar edi. Bu ham 
yetmagandek Fir’avn (Ramzes II) xudolik da’vosini qila boshladi. 
Bani Isroil qavmi Misrda o‘n ikki qabila bo‘lib yashagan. Fir’avnning zulmidan juda azob chekishar, ota-
bobolarining yerlari bo‘lgan Kan’onga ketishni juda-juda istashar, biroq buning ilojini qilisha olmas edilar. 
Fir’avn ularni turli guruhlarga: binokorlarga, dehqonlarga va cho‘ponlarga bo‘lib tashladi. Hamma ish bilan 
qattiq band edi. Qo‘lidan ish kelmaydiganlar esa alohida guruh qilinib, ulardan beish yurganlari uchun Fir’avn 
xazinasiga jarima soliq olinardi. 
Ular orasida o‘zlarining haqiqiy e’tiqodlaridan voz kechmagan, dinlarini yashirganlar ham mavjud edi. Hatto ulardan biri 
bo‘lgan Osiya binti Mazohim ayollarning eng go‘zali, eng pokizasi va eng yaxshisi bo‘lib, Fir’avnning ishonch va 
muhabbatini qozongan, Fir’avnning jufti, umr yo‘ldoshi, Misr malikasi darajasiga erishgan edi. (Tarixi Tabariy. 1-j. 272-
bet.)
 
 
Fir’avnning xotini bo‘lgan Osiya binti Mazohim haqida yana turli fikrlar mavjud.  
As-Suhayliyning fikricha, Osiya Musoning ammasi edi. Ba’zi olimlarning fikricha, Osiya Muso (a.s.)ning sibti 
(qabilasi)dan  bo‘lgan. 
Ibn Jarir At-Tabariyning aytishicha, Osiyaning to‘liq nomi  Binti Mazohim ibn Ubayd ibn ar-Rayyon ibn al-
Valid bo‘lib, Yusuf (a.s.)ning zamonlaridagi musulmon fir’avnning chevarasi edi. 
Fir’avn shunchalik zolim bo‘lsa-da, uzoq umr ko‘rdi. Uning ana shunday uzoq umr ko‘rishi oqibatda xudolik 
da’vosini qilib: 
ف
 ﻰَﻠْﻋﻷا ُﻢُﻜﱡﺑَر ﺎَﻧَأ َلﺎَﻗَ
)
٢٤
(
 
«Men sizlarning oliy Parvardigoringizdirman» (Van-Noziot, 24.)
 
- deyishgacha olib bordi. 
Alloh taolo Muso va Fir’avn qissasini  qisqacha tarzda Qur’oni karimning «Qasos» surasida shunday bayon 
etgan: 

Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob) 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
90
 َﻚْﻴَﻠَﻋ اﻮُﻠْﺘَﻧ
 َنﻮُﻨِﻣْﺆُﻳ ٍمْﻮَﻘِﻟ ِّﻖَﺤْﻟﺎِﺑ َنْﻮَﻋْﺮِﻓَو ﻰَﺳﻮُﻣ ِﺈَﺒَﻧ ْﻦِﻣ
)
٣
(
 ِضْرﻷا ﻲِﻓ ﻼَﻋ َنْﻮَﻋْﺮِﻓ ﱠنِإ
 َﻦِﻣ َنﺎَآ ُﻪﱠﻧِإ ْﻢُهَءﺎَﺴِﻧ ﻲِﻴْﺤَﺘْﺴَﻳَو ْﻢُهَءﺎَﻨْﺑَأ ُﺢِّﺑَﺬُﻳ ْﻢُﻬْﻨِﻣ ًﺔَﻔِﺋﺎَﻃ ُﻒِﻌْﻀَﺘْﺴَﻳ ﺎًﻌَﻴِﺷ ﺎَﻬَﻠْهَأ َﻞَﻌَﺟَو
 َﻦﻳِﺪِﺴْﻔُﻤْﻟا
)
٤
(
ُﺪﻳِﺮُﻧَو
 ُﻢُﻬَﻠَﻌْﺠَﻧَو ًﺔﱠﻤِﺋَأ ْﻢُﻬَﻠَﻌْﺠَﻧَو ِضْرﻷا ﻲِﻓ اﻮُﻔِﻌْﻀُﺘْﺳا َﻦﻳِﺬﱠﻟا ﻰَﻠَﻋ ﱠﻦُﻤَﻧ ْنَأ 
 َﻦﻴِﺛِراَﻮْﻟا
)
٥
(
 اﻮُﻧﺎَآ ﺎَﻣ ْﻢُﻬْﻨِﻣ ﺎَﻤُهَدﻮُﻨُﺟَو َنﺎَﻣﺎَهَو َنْﻮَﻋْﺮِﻓ َيِﺮُﻧَو ِضْرﻷا ﻲِﻓ ْﻢُﻬَﻟ َﻦِّﻜَﻤُﻧَو
 َنوُرَﺬْﺤَﻳ
)
٦
(
 
«Ey, Muhammad, imon keltiradigan qavm uchun Sizga Muso va Fir’avn xabarini haqiqati bilan tilovat 
qilib berurmiz. Darhaqiqat, Fir’avn yerda (Misrda) tug‘yonga ketib, uning aholisini bo‘lib tashladi. 
Ulardan bir toifani (Isroil avlodi qavmini) xorlab, o‘g‘illarini so‘yar, ayollarini tirik qo‘yar edi. Albatta, u 
buzg‘unchilardandir. Biz esa u yerda xorlangan kishilarga marhamat qilishni, ularni (xorlikdan chiqarib, 
barchaga) peshvo zotlarga aylantirishni va ularni (Fir’avn mulkiga) merosxo‘r qilishni istaymiz. Yana 
ularni o‘sha yerda barqaror qilib, Fir’avn va (uning vaziri) Homonga hamda ikkovining lashkarlariga ular 
xavotirlanayotgan narsani ko‘rsatib qo‘yishni istaymiz». (Qasos, 3-6. Fir’avn va uning vaziri Homonniig 
xavotiri mol-mulk va davlat Baniy Isroil qavmiga o‘tib ketish xavfi edi. Baniy Isroil qavmi o‘zaro suhbatlarda 
ulardan bir bola chiqib, shu bolaning qo‘li bilan Misr mulki qibtiylar qo‘lidan ketib ularga o‘tishini qayta-qayta 
takrorlardilar.)
 
 
Bir kuni Misr kohinlaridan biri Fir’avnga: «Bani Isroildan bir bola dunyoga keladi, sening davlatingni va 
saltanatingni qo‘lingdan tortib oladi», - deb bashorat beradi. Bundan g‘azablangan va dahshatga tushgan 
Fir’avn bani Isroil qavmida dunyoga kelgan barcha o‘g‘il chaqaloqlarni qilichdan o‘tkaza boshlaydi. 
Ibn Abbos, Ibn Mas’ud va boshqa mashhur sahobalardan rivoyat qilinishicha, Fir’avn bir kecha tush ko‘rdi. 
Tushida Baytil-maqdisdan chiqib kelgan bir olov Misrning barcha uylarini va Qibt qabilasini kuydirdi. Ammo 
baniy Isroilga hech qanday zarar yetkazmadi. Fir’avn ko‘rgan tushidan vahimaga tushib, kohinlari, sohirlari va 
tush ta’birchilarini saroyiga chaqirtirdi va ulardan ko‘rgan tushining ta’birini so‘radi. 
Yig‘ilganlar dedilar: «Anovilar (Bani Isroil qavmiga ishora. Qibtiylar Fir’avn huzurida ularning nomini tilga olishga ham  
qo‘rqdilar)
 
dan  bir bola tug‘iladi va Misrning halokati uning sababi bilan bo‘ladi» - dedilar. Bundan dahshatga tushgan 
Fir’avn Baniy Isroil qavmida tug‘iladigan har bir o‘g‘il go‘dakni o‘ldirishga buyurdi». ( Ibn Kasir. Qisasul-anbiyo. Qohira, 
222-bet.)
 
 
Mufassirlarning ko‘pchiligi shunday fikr bildiradilar: «Fir’avn Baniy Isroil qavmida tug‘ilgan chaqaloqlarni qirib 
tashlagandan keyin, qibtiylar o‘zlariga o‘g‘il xizmatkorlar kamayib ketayotganidan shikoyat qildilar. Ularning iltimosiga 
muvofiq Fir’avn chaqaloqlarni bir yil o‘ldirish, bir yil tirik qo‘yishga farmon chiqardi. Shuning uchun Horun (a.s.) 
chaqaloqlar o‘ldirilmagan yilda tug‘ildilar. Muso (a.s.) esa, o‘ldirishga buyurilgan yilda dunyoga keldilar. Chaqaloqning 
halok etilishi xavfidan ona dahshatga tushdi. Ammo, Alloh taolo o‘zining taqdirini amalga oshirishni iroda etgan edi. 
Shuning uchun Musoni saqlashni ham o‘z himoyasiga oldi. Musoning onasi Yukobidga vahiy yuborib, Musoni bir 
sandiqqa solib, uni Nil daryosiga qo‘yishni va bir uchidan arqon bilan tortib, qirg‘oqqa bog‘lab qo‘yishni buyurdi. Qachon 
bolani emizish kerak bo‘lsa, uni sandiqdan olardi, emizardi, o‘z qo‘lida saqlardi. Biror xavfni sezsa, darhol uni daryodagi 
sandiqqa berkitardi». (O’sha manba, 223-224-bet.)
 
 
Shunday ayanchli kunda Ya’qub (a.s.)ning uchinchi farzandlari Lovoning nabirasi bo‘lmish Imronning 
xonadonida o‘g‘il farzand tug‘ildi. Uning onasi (Yukobid) chaqalog‘ini yomon ko‘zdan yashirishga muvaffaq 
bo‘ldi va bir necha kun emizib ulg‘aytirdi. Keyin ilohiy buyruqqa binoan chaqaloqni sandiqqa solib, Nil 
daryosiga oqizdi. 
 ﻻَو ﻲِﻓﺎَﺨَﺗ ﻻَو ِّﻢَﻴْﻟا ﻲِﻓ ِﻪﻴِﻘْﻟَﺄَﻓ ِﻪْﻴَﻠَﻋ ِﺖْﻔِﺧ اَذِﺈَﻓ ِﻪﻴِﻌِﺿْرَأ ْنَأ ﻰَﺳﻮُﻣ ِّمُأ ﻰَﻟِإ ﺎَﻨْﻴَﺣْوَأَو
 َﻦﻴِﻠَﺳْﺮُﻤْﻟا َﻦِﻣ ُﻩﻮُﻠِﻋﺎَﺟَو ِﻚْﻴَﻟِإ ُﻩوﱡداَر ﺎﱠﻧِإ ﻲِﻧَﺰْﺤَﺗ
)
٧
(
 
«Biz Musoning onasiga vahiy qildikki, uni emizaver. Bas, uni o‘ldirib ketishlaridan qo‘rqsang, uni daryoga 
tashlagin va qo‘rqmagin ham, qayg‘urmagin ham. Zero, Biz uni senga qaytaruvchidirmiz va uni 
payg‘ambarlardan qiluvchidirmiz». (Qosos, 7.) 
Go‘dak solingan sandiq Fir’avnning saroyi oldidan oqib o‘tayotganda, uning xotini Osiyoning ko‘zi sandiqqa 
tushdi. Sandiq suvdan olinib, unda chaqaloq borligi ma’lum bo‘lgandan keyin, Osiyoning mehri chaqalloqqa 
tushdi va befarzandligi uchun uni o‘g‘il qilib olish maqsadida tarbiyalashni niyat qildi. Alloh taolo o‘zining bu 
ne’matini shunday bayon etadi:  

Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob) 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
91
 اﻮُﻧﺎَآ ﺎَﻤُهَدﻮُﻨُﺟَو َنﺎَﻣﺎَهَو َنْﻮَﻋْﺮِﻓ ﱠنِإ ﺎًﻧَﺰَﺣَو اًّوُﺪَﻋ ْﻢُﻬَﻟ َنﻮُﻜَﻴِﻟ َنْﻮَﻋْﺮِﻓ ُلﺁ ُﻪَﻄَﻘَﺘْﻟﺎَﻓ
 َﻦﻴِﺌِﻃﺎَﺧ
)
٨
(
 ْوَأ ﺎَﻨَﻌَﻔْﻨَﻳ ْنَأ ﻰَﺴَﻋ ُﻩﻮُﻠُﺘْﻘَﺗ ﻻ َﻚَﻟَو ﻲِﻟ ٍﻦْﻴَﻋ ُةﱠﺮُﻗ َنْﻮَﻋْﺮِﻓ ُةَأَﺮْﻣا ِﺖَﻟﺎَﻗَو
 ُﻩَﺬِﺨﱠﺘَﻧ
 َنوُﺮُﻌْﺸَﻳ ﻻ ْﻢُهَو اًﺪَﻟَو
)
٩
(
 
«Bas, Fir’avn xonadoni uni (o‘sib-ulg‘aygach), o‘zlariga «dushman va tashvish» bo‘lishi uchun tutib 
oldilar. Albatta, Fir’avn, Homon va ularning lashkarlari yanglishgan edilar. Fir’avnning xotini (unga)
«(Bu bola) men uchun ham, sen uchun ham ko‘z quvonchidir. Uni o‘ldirmanglar. Shoyadki, uning 
bizlarga nafi tegsa yoki uni farzand qilib olsak» - dedi. Vaholonki, ular haqiqatni sezmas edilar». 
(Qosos, 9.)
 
 
Fir’avnning jallodlari qilichlarini o‘tkirlab, malika Osiya huzuriga keldilar va Fir’avnning buyrug‘i tufayli 
daryodan topib olingan chaqaloqni qatl etmoqchi ekanliklarini aytishdi. Osiya ularga: «Shoshilmanglar, bu bitta 
chaqaloq yashagani bilan bani Isroil qavmi ko‘payib ketmaydi. Men o‘zim Fir’avnning oldiga borib, undan shu 
bolaga omonlik so‘rayman, agar omonlik bersa, sizlar menga ko‘p yaxshilik qilgan bo‘lasizlar, agar o‘limga 
buyursa, meni sizlarga hech qanday ginam qolmaydi» - dedi va darhol turib, Fir’avnning huzuriga bordi. Unga 
chaqaloqni ko‘rsatib: «(Bu bola) men uchun ham, sen uchun ham ko‘z quvonchidir. Uni o‘ldirmanglar. 
Shoyadki, uning bizlarga nafi tegsa yoki uni farzand qilib olsak» - dedi. 
Fir’avn xotiniga: «Sening ko‘zing quvonayotgan bo‘lsa, olaqol, ammo mening bu bolaga hojatim yo‘q!» - 
dedi. 
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday dedilar: «Alloh nomiga qasamki, agar Fir’avnning ko‘zi ham xotini 
Osiyaning ko‘zidek quvonganda, Alloh taolo Osiyani hidoyat qilganidek, uni ham hidoyat qilgan bo‘lardi. Lekin 
Alloh taolo Fir’avnni hidoyatdan mahrum etdi». 
Allohning irodasi bilan Musoni emizishlik uchun saroyga emizuvchi ayollar taklif etildilar.  Muso boshqa 
onalarni emmadi. 
 ُﻪَﻟ ْﻢُهَو ْﻢُﻜَﻟ ُﻪَﻧﻮُﻠُﻔْﻜَﻳ ٍﺖْﻴَﺑ ِﻞْهَأ ﻰَﻠَﻋ ْﻢُﻜﱡﻟُدَأ ْﻞَه ْﺖَﻟﺎَﻘَﻓ ُﻞْﺒَﻗ ْﻦِﻣ َﻊِﺿاَﺮَﻤْﻟا ِﻪْﻴَﻠَﻋ ﺎَﻨْﻣﱠﺮَﺣَو
 َنﻮُﺤِﺻﺎَﻧ
)
١٢
(
 
«Biz oldindan Musoga barcha emizuvchi ayollarni taqiqladik (u hech bir ayolni emmadi), shunda (uning opasi 
kelib): «Men sizlarga unga kafil bo‘lib (emizadigan) va unga xolis (tarbiya beradigan) bir oilani ko‘rsataymi?» - dedi. 
(O’sha sura, 12.)
 
 
Ibn Abbos (r.a.) aytadilar: «Musoning opasi Fir’avn qavmiga bolani emizadigan va uni mehribonlik bilan 
tarbiyalaydigan ayolga dalolat qilishini aytganda, ular: «Sen u ayolni bu bolaga yaxshi tarbiya berishini va 
mehribonlik qilishini qaerdan bilasan?» - deb so‘raganlarida, Musoning opasi hech ikkilanmasdan: «Men bu 
ishni podshohimizning xursandliklari va u kishiga biroz bo‘lsa ham foydam tegishi uchun qilyapman» - dedi. 
Fir’avn a’yonlari uni qo‘yib yuborishdi. Musoning opasi borib, onasi Yukobidni olib keldi. Muso esa o‘z onasini 
to‘yib emdi va tinchlandi. Bundan gumonsiragan Homon: «Sen kimsan va nima uchun ayni seni qo‘lingda 
go‘dak orom topdi», - deb savolga tutdi. Yukobid: «Men pokiza ayolman, mendan xushbo‘y hid keladi, shuning 
uchun chaqaloq meni tanlagan bo‘lsa kerak», - deb javob berdi. 
 َﻦِﻣ َنﻮُﻜَﺘِﻟ ﺎَﻬِﺒْﻠَﻗ ﻰَﻠَﻋ ﺎَﻨْﻄَﺑَر ْنَأ ﻻْﻮَﻟ ِﻪِﺑ يِﺪْﺒُﺘَﻟ ْتَدﺎَآ ْنِإ ﺎًﻏِرﺎَﻓ ﻰَﺳﻮُﻣ ِّمُأ ُداَﺆُﻓ َﺢَﺒْﺻَأَو
 َﻦﻴِﻨِﻣْﺆُﻤْﻟا
)
١٠
(
 
 
«Muso onasining qalbi tashvishdan forig‘ bo‘ldi. Agar Biz («Musoni o‘zinga qaytarurmiz», degan va’damiz)ga 
imon keltiruvchilardan bo‘lishi uchun uning ko‘nglini xotirjam qilmaganimizda, albatta, u (o‘z o‘g‘li ekani)ni ochib 
qo‘ygan bo‘lar edi». (O’sha sura, 10.)
 
 
Muso o‘z onasini to‘yib emganligi haqidagi xushxabar Osiyaga yetkazildi. Osiya Yukobidni saroyda 
xizmatda qolishni, buning evaziga Fir’avn tomonidan juda yaxshi ehsonga sazovor bo‘lishini taklif etdi. Yukobid 
rozi bo‘lmadi va bolani o‘zi bilan uyiga olib ketishga, uyida boqib berishga rozi ekanligini aytdi. Osiya shunga 
ham shukr qilib, Musoni onasi bilan uyiga qo‘shib berib yubordi. Bolani emizgani uchun maosh ham tayinlab, 
kiyim-kechak va boshqa hadyalar ham berdi. 
Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling