Islomiyat tarixidir
َنﻮُﻤَﻠْﻌَﻳ ﻻ ْﻢُهَﺮَﺜْآَأ ﱠﻦِﻜَﻟَو ﱞﻖَﺣ ِﻪﱠﻠﻟا َﺪْﻋَو ﱠنَأ َﻢَﻠْﻌَﺘِﻟَو َنَﺰْﺤَﺗ ﻻَو ﺎَﻬُﻨْﻴَﻋ ﱠﺮَﻘَﺗ ْﻲَآ ِﻪِّﻣُأ ﻰَﻟِإ ُﻩﺎَﻧْدَدَﺮَﻓ
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Payg'ambarlar tarixi islomiyat tarixidir
َنﻮُﻤَﻠْﻌَﻳ ﻻ ْﻢُهَﺮَﺜْآَأ ﱠﻦِﻜَﻟَو ﱞﻖَﺣ ِﻪﱠﻠﻟا َﺪْﻋَو ﱠنَأ َﻢَﻠْﻌَﺘِﻟَو َنَﺰْﺤَﺗ ﻻَو ﺎَﻬُﻨْﻴَﻋ ﱠﺮَﻘَﺗ ْﻲَآ ِﻪِّﻣُأ ﻰَﻟِإ ُﻩﺎَﻧْدَدَﺮَﻓ ) ١٣ ( «Shunday qilib, Biz (Musoning onasining) ko‘zlari quvonishi va g‘am chekmasligi uchun hamda Allohning Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob) www.ziyouz.com kutubxonasi 92 va’dasi haq ekanini bilishi uchun uni onasiga qaytardik. Lekin, ko‘pchiligi (buni) bilmaydilar». (Qosos, 13.) Alloh taoloning hikmatini qarangki, kohinlarning bashoratidan so‘ng Fir’avn qattiq qo‘rqib yurgan Musoni – o‘zining ashaddiy dushmanini o‘z himoyasida, o‘z bag‘rida o‘stirib-ulg‘aytirdi. Muso (a.s.) chopib yuradigan bo‘lganda, Osiya Yukobidga odam yuborib: «Men o‘g‘limni juda sog‘indim, saroyga-mening ziyoratimga olib kel!» - deb buyurdi. Saroy a’yonlariga esa: «Biror kishi qolmasdan mening sevikli o‘g‘limni hadyalar va izzat-ikrom bilan kutib olsin!» - deb amr etdi. Saroy a’yonlari turli-tuman sovg‘alarni qo‘llarida ushlagancha, Osiyaning saroyidan Muso tug‘ilgan uyning darvozasigacha saf tortib, Muso va uning onasi Yukobidga hurmat bajo keltirdilar. Muso (a.s.) saroyga yetib kelgach, Osiya ham o‘g‘lini bag‘riga bosib, hurmat bajo keltirib, hadyalar berdi. Keyin Muso (a.s.)ni qo‘lida ko‘tarib, Fir’avn huzuriga olib bordi va uning tizzasiga o‘tqazib qo‘ydi. Muso (a.s.) Fir’avnning soqolidan ushlab, pastga torta boshladilar. Buni ko‘rib turgan g‘alamus kimsalar yomon gumon qilishib, Fir’avnga: «Eshitmaganmisiz, Ibrohimga uning Allohi nima deb va’da qilgan edi? Shubhasiz, bu bola ham sizning soqolingizni yerga tortib, o‘zini sizga merosxo‘r bo‘lishiga, sizga g‘olib bo‘lishiga, sizni halok etishiga ishora qilyapti!» - deyishdi. Fir’avn g‘azab otiga minib, darhol Musoni jallodlar qo‘liga yubordi. Buni ko‘rgan Osiya Fir’avnning yoniga kelib, bolaga qahr qilganining sababini so‘radi. Fir’avn unga: «Ko‘rmayapsanmi, u mening soqolimni yerga ishqab, meni halok etishga va mendan g‘olib bo‘lishga ishora qilyapti» - dedi. Osiya unga javoban: «Axir, bu aqli yo‘q yosh bola-ku! Agar unga cho‘g‘ bilan tilloni yonma-yon qo‘ysang, ularni bir-biridan ajratolmaydi» - dedi. Bir idishga qizib turgan cho‘g‘ni, ikkinchi idishga yaltirab turgan tillo tangalarni solib Muso (a.s.)ning oldilariga qo‘yilgan edi, Muso (a.s.) cho‘g‘ga qo‘l uzatdilar. Shunday qilib, Muso (a.s.)ni o‘ldirishdan Fir’avn ikkinchi bor qo‘l siltadi». (Nasaiy. Kitobut-tafsir. Toho surasining 40-oyati tafsirida.) Muso (a.s.) voyaga yetib, aqllari to‘lgan vaqtda Alloh taolo u kishini fahm-farosat va ilm-hikmat sohibi qildi. Buning ustiga Muso (a.s.) Fir’avnning saroyida hech narsaga muhtoj bo‘lmasdan, yayrab, jismonan baquvvat bo‘lib o‘sdilar. Shunga qaramasdan, o‘zlari isroiliy bo‘lganlari uchun, mazlum qavmlariga imkoniyatlari yetganicha yordam berar edilar, ularni qibtiylarning zulmidan himoya qilardilar. ِﻪِﺘَﻌﻴِﺷ ْﻦِﻣ اَﺬَه ِنﻼِﺘَﺘْﻘَﻳ ِﻦْﻴَﻠُﺟَر ﺎَﻬﻴِﻓ َﺪَﺟَﻮَﻓ ﺎَﻬِﻠْهَأ ْﻦِﻣ ٍﺔَﻠْﻔَﻏ ِﻦﻴِﺣ ﻰَﻠَﻋ َﺔَﻨﻳِﺪَﻤْﻟا َﻞَﺧَدَو ﻰَﻀَﻘَﻓ ﻰَﺳﻮُﻣ ُﻩَﺰَآَﻮَﻓ ِﻩِّوُﺪَﻋ ْﻦِﻣ يِﺬﱠﻟا ﻰَﻠَﻋ ِﻪِﺘَﻌﻴِﺷ ْﻦِﻣ يِﺬﱠﻟا ُﻪَﺛﺎَﻐَﺘْﺳﺎَﻓ ِﻩِّوُﺪَﻋ ْﻦِﻣ اَﺬَهَو اَﺬَه َلﺎَﻗ ِﻪْﻴَﻠَﻋ ٌﻦﻴِﺒُﻣ ﱞﻞِﻀُﻣ ﱞوُﺪَﻋ ُﻪﱠﻧِإ ِنﺎَﻄْﻴﱠﺸﻟا ِﻞَﻤَﻋ ْﻦِﻣ ) ١٥ ( ﻲِﺴْﻔَﻧ ُﺖْﻤَﻠَﻇ ﻲِّﻧِإ ِّبَر َلﺎَﻗ ُﻢﻴِﺣﱠﺮﻟا ُرﻮُﻔَﻐْﻟا َﻮُه ُﻪﱠﻧِإ ُﻪَﻟ َﺮَﻔَﻐَﻓ ﻲِﻟ ْﺮِﻔْﻏﺎَﻓ ) ١٦ ( «(Kunlarning birida Muso) shaharga uning aholisi g‘aflatda bo‘lgan (peshin) paytida kirgan edi, unda ikki kishini urushayotgan holatda topdi. Bunisi o‘z guruhidan (Isroil avlodi qavmidan) va unisi dushmanidan (qibtiylardan) edi. Bas, (Musoning) guruhidan bo‘lgan kishi undan dushmaniga qarshi yordam so‘radi. Shunda Muso bir musht urib, uni o‘ldirib qo‘ydi. (So‘ng pushaymon bo‘lib) dedi: «Bu shaytonning ishidandir. Albatta, u aniq adashtiruvchi dushmandir. Keyin Allohga iltijo qilib, dedi: «Ey, Robbim, darhaqiqat men o‘zimga zulm qilib qo‘ydim. Bas, meni mag‘firat et». Alloh uni mag‘firat etdi. Albatta, Uning o‘zigina mag‘firatli va rahmli zotdir». (Qosos, 15-16.) Muso (a.s.) ertasi kuni Fir’avn va uning ayonlaridan kechagi gunohlari uchun jazolanishlarini o‘ylab qo‘rqa- pisa ko‘chada ketayotsalar, kechagi isroiliy bugun yana bir qibtiy bilan janjallashib yordamga chaqiryapti. Muso (a.s.) tanbeh uchun isroiliyga yaqinlashib: «Darhaqiqat, sen o‘zing aniq gumroh ekansan», - deyishlari bilan u baland ovozda: َﺖْﻠَﺘَﻗ ﺎَﻤَآ ﻲِﻨَﻠُﺘْﻘَﺗ ْنَأ ُﺪﻳِﺮُﺗَأ ﻰَﺳﻮُﻣ ﺎَﻳ َلﺎَﻗ ﺎَﻤُﻬَﻟ ﱞوُﺪَﻋ َﻮُه يِﺬﱠﻟﺎِﺑ َﺶِﻄْﺒَﻳ ْنَأ َداَرَأ ْنَأ ﺎﱠﻤَﻠَﻓ َﻦﻴِﺤِﻠْﺼُﻤْﻟا َﻦِﻣ َنﻮُﻜَﺗ ْنَأ ُﺪﻳِﺮُﺗ ﺎَﻣَو ِضْرﻷا ﻲِﻓ اًرﺎﱠﺒَﺟ َنﻮُﻜَﺗ ْنَأ ﻻِإ ُﺪﻳِﺮُﺗ ْنِإ ِﺲْﻣﻷﺎِﺑ ﺎًﺴْﻔَﻧ ) ١٩ ( «Ey Muso, kechagi odamni o‘ldirganingdek, bugun meni o‘ldirmoqchimisan. Sen urushganlarni yarashtiruvchi emas, buzg‘unchi qotil ekansan!», (O’sha sura, 19.) - deb baqirdi. Ba’zi mufassirlarning fikrlaricha, Musoga tanbeh berib, muttahamlik qilgan odam isroiliy emas, balki kechagi voqeadan xabardor bo‘lgan yana bir qibtiy bo‘lib, u o‘zini ham o‘ldirgani kelyapti deb o‘ylagan va «buzg‘unchi qotil ekansan» - deb, Musoning kechagi gunohidan ham xabardor ekanligiga ishora qilgan. Keyin Fir’avnning huzuriga borib, uni Musoning ishidan xabardor qilgan va Fir’avnni Musodan o‘ch olishga tezlagan. (Ibn Kasir. Qisasul-anbiyo. Qohira. 228-bet.) Fir’avn kecha o‘ldirilgan qibtiyning qotili Muso ekanligidan xabar topgach, uni tutib kelishga odam yubordi. Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob) www.ziyouz.com kutubxonasi 93 ْﻗَأ ْﻦِﻣ ٌﻞُﺟَر َءﺎَﺟَو َكﻮُﻠُﺘْﻘَﻴِﻟ َﻚِﺑ َنوُﺮِﻤَﺗْﺄَﻳ ﻸَﻤْﻟا ﱠنِإ ﻰَﺳﻮُﻣ ﺎَﻳ َلﺎَﻗ ﻰَﻌْﺴَﻳ ِﺔَﻨﻳِﺪَﻤْﻟا ﻰَﺼ َﻦﻴِﺤِﺻﺎﱠﻨﻟا َﻦِﻣ َﻚَﻟ ﻲِّﻧِإ ْجُﺮْﺧﺎَﻓ ) ٢٠ ( ِمْﻮَﻘْﻟا َﻦِﻣ ﻲِﻨِّﺠَﻧ ِّبَر َلﺎَﻗ ُﺐﱠﻗَﺮَﺘَﻳ ﺎًﻔِﺋﺎَﺧ ﺎَﻬْﻨِﻣ َجَﺮَﺨَﻓ َﻦﻴِﻤِﻟﺎﱠﻈﻟا ) ٢١ ( «Shaharning ichkarisidan bir kishi shoshganicha kelib: «Ey, Muso, zodagonlar seni o‘ldirish uchun til biriktirmoqdalar. Bas, sen (bu shahardan) chiqib ketgin. Albatta, men senga nasihatgo‘y kishilardandirman» - dedi. Bas, u qo‘rquvga tushib, (atrofni) kuzatgan holda u yerdan chiqib, dedi: «Ey Rabbim, O’zing menga bu zolimlar qavmidan najot bergin!». (Qosos, 20-21.) Muso (a.s.) bu voqeadan keyin Misrdan qochib, Madyan shahriga keldilar. ِﻦْﻴَﺗأَﺮْﻣا ُﻢِﻬِﻧوُد ْﻦِﻣ َﺪَﺟَوَو َنﻮُﻘْﺴَﻳ ِسﺎﱠﻨﻟا َﻦِﻣ ًﺔﱠﻣُأ ِﻪْﻴَﻠَﻋ َﺪَﺟَو َﻦَﻳْﺪَﻣ َءﺎَﻣ َدَرَو ﺎﱠﻤَﻟَو ٌﺮﻴِﺒَآ ٌﺦْﻴَﺷ ﺎَﻧﻮُﺑَأَو ُءﺎَﻋِّﺮﻟا َرِﺪْﺼُﻳ ﻰﱠﺘَﺣ ﻲِﻘْﺴَﻧ ﻻ ﺎَﺘَﻟﺎَﻗ ﺎَﻤُﻜُﺒْﻄَﺧ ﺎَﻣ َلﺎَﻗ ِناَدوُﺬَﺗ ) ٢٣ ( «Qachonki, Madyanning suvi (qudug‘i)ga yetib kelgach, u joyda bir to‘p odamlar (chorvalarini) sug‘orayotganlarini ko‘rdi va ulardan beriroqda ikki ayol (o‘z qo‘ylarini) qo‘riqlab turganlarini ko‘rib: «Sizlarga ne bo‘ldi?» - dedi. Ular: «Biz, to podachilar (mollarini) qaytarmaguncha, sug‘ora olmaymiz. Otamiz esa qari chol» - dedilar». (O’sha sura, 23.) Mufassirlarning aytishlaricha, quduqda suv oz bo‘lganligidan cho‘ponlar o‘z mollarini suvga qondirib olganlaridan so‘ng, uning ustini og‘ir tosh qopqoq bilan yopib qo‘yardilar. Qizlar esa og‘ir toshni ko‘tarolmasdilar va quduq atrofidagi qolgan-qutgan suv bilan qo‘ylarini sug‘orishga majbur bo‘lardilar. (Ibn Kasir. Qisasul-anbiyo. Qohira. 229-bet.) Buning ustiga bu qizlar Shu’ayb (a.s.)ning qizlari edi. Madyan aholisi ularga payg‘ambar etib yuborilgan Shu’aybni mensimas edilar (bu haqda Shu’ayb payg‘ambar haqlaridagi faslda batafsil aytib o‘tilgan). Shuning uchun ular Shu’aybning qo‘ylarini sug‘orishga ataylab to‘sqinlik qilardilar. ٌﺮﻴِﻘَﻓ ٍﺮْﻴَﺧ ْﻦِﻣ ﱠﻲَﻟِإ َﺖْﻟَﺰْﻧَأ ﺎَﻤِﻟ ﻲِّﻧِإ ِّبَر َلﺎَﻘَﻓ ِّﻞِّﻈﻟا ﻰَﻟِإ ﻰﱠﻟَﻮَﺗ ﱠﻢُﺛ ﺎَﻤُﻬَﻟ ﻰَﻘَﺴَﻓ ) ٢٤ ( «Shunda (Muso) ularga qo‘ylarini sug‘orib berdi. So‘ngra (bir chetga) soyaga borib o‘tirib dedi: «Ey, Robbim, men uchun nima yaxshilik (rizq) tushirsang, o‘shanga muhtojdirman». (O’sha sura, 24.) Muso (a.s.) Misrdan Madyanga kelar ekanlar, yo‘lda ko‘katlar va daraxt bargidan boshqa narsa tanovul qilmagan edilar. Yo‘lda oyoq kiyimlari ham tushib qolgan edi. Hech bo‘lmasa bir dona xurmo bo‘lsa ham, og‘izlariga solib, ochlik dardini o‘zlaridan quvishni istar edilar. Muso (a.s.)ning g‘ariblik va bechorahollik bilan daraxt soyasiga o‘zlarini olib, Allohga qilgan iltijolari payg‘ambarning ziyrak qizlari e’tiboridan chetda qolmadi. Ular otalari huzuriga borganlarida, otalari qizlarining quduq boshidan juda tez qaytganlaridan ajablanib, buning sababini so‘radi. Qizlar Musoning xabarini aytganlaridan so‘ng, qizlardan biriga Musoni tez chaqirib kelishni tayinladi. ﻰَﻠَﻋ ﻲِﺸْﻤَﺗ ﺎَﻤُهاَﺪْﺣِإ ُﻪْﺗَءﺎَﺠَﻓ ﺎَﻨَﻟ َﺖْﻴَﻘَﺳ ﺎَﻣ َﺮْﺟَأ َﻚَﻳِﺰْﺠَﻴِﻟ َكﻮُﻋْﺪَﻳ ﻲِﺑَأ ﱠنِإ ْﺖَﻟﺎَﻗ ٍءﺎَﻴْﺤِﺘْﺳا َﻦﻴِﻤِﻟﺎﱠﻈﻟا ِمْﻮَﻘْﻟا َﻦِﻣ َتْﻮَﺠَﻧ ْﻒَﺨَﺗ ﻻ َلﺎَﻗ َﺺَﺼَﻘْﻟا ِﻪْﻴَﻠَﻋ ﱠﺺَﻗَو ُﻩَءﺎَﺟ ﺎﱠﻤَﻠَﻓ ) ٢٥ ( ْﺖَﻟﺎَﻗ َﺟْﺄَﺘْﺳا ِﻦَﻣ َﺮْﻴَﺧ ﱠنِإ ُﻩْﺮِﺟْﺄَﺘْﺳا ِﺖَﺑَأ ﺎَﻳ ﺎَﻤُهاَﺪْﺣِإ ُﻦﻴِﻣﻷا ﱡيِﻮَﻘْﻟا َتْﺮ ) ٢٦ ( ْنَأ ُﺪﻳِرُأ ﻲِّﻧِإ َلﺎَﻗ َكِﺪْﻨِﻋ ْﻦِﻤَﻓ اًﺮْﺸَﻋ َﺖْﻤَﻤْﺗَأ ْنِﺈَﻓ ٍﺞَﺠِﺣ َﻲِﻧﺎَﻤَﺛ ﻲِﻧَﺮُﺟْﺄَﺗ ْنَأ ﻰَﻠَﻋ ِﻦْﻴَﺗﺎَه ﱠﻲَﺘَﻨْﺑا ىَﺪْﺣِإ َﻚَﺤِﻜْﻧُأ ﺎﱠﺼﻟا َﻦِﻣ ُﻪﱠﻠﻟا َءﺎَﺷ ْنِإ ﻲِﻧُﺪِﺠَﺘَﺳ َﻚْﻴَﻠَﻋ ﱠﻖُﺷَأ ْنَأ ُﺪﻳِرُأ ﺎَﻣَو َﻦﻴِﺤِﻟ ) ٢٧ ( َﻚَﻨْﻴَﺑَو ﻲِﻨْﻴَﺑ َﻚِﻟَذ َلﺎَﻗ ٌﻞﻴِآَو ُلﻮُﻘَﻧ ﺎَﻣ ﻰَﻠَﻋ ُﻪﱠﻠﻟاَو ﱠﻲَﻠَﻋ َناَوْﺪُﻋ ﻼَﻓ ُﺖْﻴَﻀَﻗ ِﻦْﻴَﻠَﺟﻷا ﺎَﻤﱠﻳَأ ) ٢٨ ( «Bas, ulardan biri hayo bilan yurib kelib: «Otam seni bizlarga (qo‘ylarimizni) sug‘orib berganing haqini berish uchun chaqirmoqda» - dedi. Bas, (Muso Shuaybning huzuriga) kelib, unga o‘z qissasini so‘ylab bergach, u: «Qo‘rqmagin. Sen zolimlar qavmidan najot topding» - dedi. Qizlardan biri: «Ey, ota, uni ishga yollagin! Zero, sen yollagan eng yaxshi kishi kuchli, ishonchli kishidir» - dedi. (Shuayb) aytdi: «Menga sakkiz yil ishlab berishing evaziga men senga mana shu ikki qizimdan birini nikohlab bermoqchiman. Endi, agar o‘n yilni bitirsang o‘zingdan marhamatdir. Men seni qiynashni istamayman. Inshaalloh, mening solih kishilardan ekanimni bilursan. (Muso) dedi: «Mana shu sen bilan mening o‘rtamizdagi bitimdir. Ikki muddatdan qay birini ado qilsam, bas, menga adovat qilinmas. Alloh aytayotgan so‘zimizga guvohdir». (Qosos, 25-28.) Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob) www.ziyouz.com kutubxonasi 94 Ulamolar Madyanda Muso (a.s.)ni kutib olib, ijaraga ishga olgan, ikki dono qizning otasi bo‘lgan qariya kim ekanligi borasida turli fikrlar aytganlar. Ko‘pchilik ulamolarning fikricha, mazkur qariya Shuayb (a.s.)dirlar. Bu fikrni tasdiqlovchi hujjat Hasan al-Basriy va Molik ibn Anasdan rivoyat qilingan. Yana bir toifa ulamolar: «Shuayb (a.s.) o‘z qavmlari ommaviy halokatga uchragandan keyin, juda uzoq umr ko‘rganlar, hatto Musoning davrlarigacha yashaganlar va Muso Madyanga kelib, Shuaybning qizlariga uylanganlar» - deb qat’iy fikr bildiradilar. Ibn Abi Hotim va boshqa olimlar Hasan al-Basriydan keltirgan boshqa rivoyatlarida: «Musoni Madyanda kutib olgan qariyaning ham ismi Shuayb bo‘lib, u suvlarning boshlig‘idir, Madyan egasi bo‘lgan payg‘ambar emasdir» - deydilar. (Ibn Kasir. Qisasul-anbiyo. Qohira, 230-bet.) Ulamolar orasida, qariya Shuayb (a.s.)ning jiyanlari edi, amakivachchalari edi, Shuayb qavmidan bo‘lgan bir mo‘min edi, Yatrun ismli bir kishi edi, deganlar ham mavjud. Ahli kitoblardan birining fikricha, Yatrun Madyan kohinlaridan biri, eng ulug‘i edi. Ibn Abbos (r.a.) va Abu Ubayda (r.a.) aytadilar: «Uning (qariyaning) ismi Yatrun edi. Abu Ubayda: «Yatrun Shuaybning akalarining o‘g‘li edi», - deb, Ibn Abbos esa: «Yatrun Madyanning egasi edi», - deb qo‘shimcha qilganlar. Umar, Ibn Abbos, Shurayh al-Qoziy, Abu Molik, Qatoda, Muhammad ibn Ishoq va boshqalar shunday rivoyat qiladilar: «Shuaybning qizi: «Ey, ota, uni ishga yollagin!» - deganda, otasi unga: «Uning haqida nima bilasan?» - deb so‘radi. Qiz javob berdi: «O’n kishi zo‘rg‘a ko‘taradigan katta toshni bir o‘zi ko‘tarib, bizga yordam berdi. Men uni chaqirib kelayotganimda, oldinda yo‘lboshlamoqchi edim. U menga: «Sen orqamga o‘tib yur, burilish joyga kelganda qaysi tomonga yurishimni ko‘rsatish uchun mayda tosh otib menga yo‘lni ko‘rsat» - dedi. Ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: «Odamlarning o‘tkir farosatlisi uchtadir: 1. Misr azizi, chunki u xotiniga: «Uning hurmatini joyiga qo‘y» - dedi; 2. Shuaybning qizi, chunki u otasiga: «Ey, ota, uni ishga yollagin!» - dedi; 3. Abu Bakr Siddiq, chunki u o‘zidan keyin Umarni xalifalikka tavsiya etdi». (O’sha manba, 230-bet.) Shuayb (a.s.)ning «Menga sakkiz yil ishlab berishing evaziga men senga mana shu ikki qizimdan birini nikohlab bermoqchiman» - degan mazmundagi oyatni dalil qilib, Hanafiy mazhab ulamolari, bunday so‘zni tijoratda ham ishlatsa bo‘ladi, deganlar. Masalan: mana bu ikki quldan birini, mana bu ikki libosdan birini sotaman deb shartnoma qilsa bo‘ladi. Imom Ahmad Muso (a.s.)ning Shuayb (a.s.) bilan tuzgan shartnomalarini dalil qilib: «Har bir kishi o‘z qornini to‘yg‘azish uchun taom evaziga yoki kiyinish uchun libos evaziga o‘zini ijaraga qo‘ysa bo‘ladi», - deb fatvo berganlar. Dalil sifatida quyidagi hadisni keltiradilar: «Ataba ibn Al-Munzir aytadi: «Biz Rasululloh (s.a.v.)ning huzurlarida o‘tirgan edik. Rasululloh (s.a.v.) «To. Sin. Mim.» (Qosos surasi) surasini o‘qib, Muso (a.s.)ning qissalariga yetganda, shunday dedilar: «Albatta, Muso (a.s.) qornini to‘yg‘azish va nomusini saqlash uchun o‘zini sakkiz yoki o‘n yilga ijaraga bergan». Ataba ibn As-Salmo rivoyat qiladiki, Rasululloh (s.a.v.) dedilar: «Albatta, Muso qornini to‘yg‘azish va nomusini saqlash uchun o‘zini ijaraga bergan». (Ibn Kasir. Qisasul-anbiyo. Qohira. 230-231-bet.) Muso (a.s.) Shuaybga bergan ikki muddat – sakkiz va o‘n yildan qaysi birini o‘taganligi haqida ko‘plab hadislar rivoyat qilingan. Biz shulardan uchtasini keltirish bilan kifoyalanamiz. Imom Buxoriy rivoyat qiladi: «Sa’id ibn Jubayr aytadi: «Yahudiylardan biri mendan: «Muso (a.s.) ikki muddatdan qaysi birini o‘taganlar?» - deb savol qildi. Men unga: «Bilmayman, arab olimlarining biridan so‘rab, keyin aytaman» - dedim. Keyin Ibn Abbosning huzurlariga kelib, u kishiga shu savolni berdim. Ibn Abbos (r.a.) dedilar: «Muso (a.s.) ikki muddatdan ko‘prog‘ini va yaxshirog‘ini bajarganlar. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ham aytgan gaplarini albatta bajarardilar». Mujohid aytadi: «Payg‘ambarimiz (s.a.v.) Muso qaysi muddatni o‘taganligi haqida Jabroildan so‘radilar. Jabroil Mekoildan, Mekoil esa Alloh taolodan so‘radilar. Alloh taolo: «Muso ikki muddatdan eng yaxshisini va mukammalini ado etgan» - dedi. Abu Zarr aytadilar: «Rasululloh (s.a.v.)dan Muso (a.s.) ikki muddatdan qaysi birini o‘taganligi haqida so‘raldi. Rasululloh (s.a.v.): «Ikki muddatning eng yaxshisini va mukammalini o‘tagan» - dedilar. Keyin: «Agar mendan: «Muso ikki qizdan qaysi biriga uylangan?» - deb so‘ralsa, Men albatta: «Ikki qizning kichigiga uylangan» - deb javob berardim» - dedilar. (O’sha manba, 231-232-bet.) Muso (a.s.) va’dalariga vafo qilib, o‘n yil xizmat qilganlaridan keyin, Shuayb (a.s.) ham va’dalari bo‘yicha kichik qizlari Safurani Muso (a.s.)ga nikohlab qo‘ydilar. Ataba ibn al-Munzir rivoyat qiladiki, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) dedilar: «Muso (a.s.) nomusini saqlash va qornini to‘ydirish uchun o‘zini ijaraga qo‘ydi. Shartnomada ko‘rsatilgan ikki muddatdan yaxshisini va mukammalini ado qildi. Shu’ayb bilan xayrlashish vaqti kelganda, xotiniga: «Otangdan so‘ragin, qo‘ylaridan bizga ham tirikchiligimizga yetadigan darajada bersin!» - dedi. Shu’ayb ularga, shu yilgi tug‘iladigan Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob) www.ziyouz.com kutubxonasi 95 qo‘zilarning onasidan boshqa ranglisini hadya qildi. Muso (a.s.) qo‘ylarning barchasini ikki qismga bo‘lib, kichik bir hovuz yoniga qo‘ydilar-da, o‘zlari hovuzning bir chekkasida turib, yonlaridan o‘tgan qo‘yning qorniga cho‘p bilan turtib qo‘ya boshladilar. Natijada tug‘ilgan barcha qo‘zilar onasining rangidan boshqa rangda tug‘ildi... Rasululloh (s.a.v.) aytadilarki: «Agar Shomni fath etsalaringiz, mana shu qo‘ylarning qolgan-qutganini ko‘rasizlar. Ular «As-Somiriyya» deb nomlanuvchi qo‘ylardir». (O’sha manba, 232-bet.) Muso (a.s.) o‘z xotinlari bilan Madyanda shirin hayot kechirar ekanlar, Misrda qolgan qarindosh-urug‘lari, oila a’zolarini, yaqinlarini juda sog‘inar edilar. Kundan-kun ziyoda bo‘lgan sog‘inch Muso (a.s.)ni Misr tarafga safar qilishga undadi. Muso (a.s.) xotinlari Safurani, ikki o‘g‘illarini va qaynotalari bergan qo‘ylarini olib, Misrga qaytayotganlarida Tur tog‘i yaqinida, ittofoqo kecha juda qorong‘u, havo esa juda sovuq edi. O’t yoqishga imkoniyat yo‘q, yo‘l yurishga esa hech narsani ko‘rib bo‘lmasdi. Ochiq va yalanglikda, tog‘ yonbag‘rida to‘xtab qolishgan edi. Shu payt uzoqdan – Tur tog‘ining ustidan yongan olov ko‘rindi. Muso (a.s.) hamrohlariga: «Sizlar shu yerda turinglar, men olov ko‘ringan tarafga borib, biror xabar olib kelaman» - dedilar. ﻲِّﻧِإ اﻮُﺜُﻜْﻣا ِﻪِﻠْهﻷ َلﺎَﻗ اًرﺎَﻧ ِرﻮﱡﻄﻟا ِﺐِﻧﺎَﺟ ْﻦِﻣ َﺲَﻧﺁ ِﻪِﻠْهَﺄِﺑ َرﺎَﺳَو َﻞَﺟﻷا ﻰَﺳﻮُﻣ ﻰَﻀَﻗ ﺎﱠﻤَﻠَﻓ َنﻮُﻠَﻄْﺼَﺗ ْﻢُﻜﱠﻠَﻌَﻟ ِرﺎﱠﻨﻟا َﻦِﻣ ٍةَوْﺬَﺟ ْوَأ ٍﺮَﺒَﺨِﺑ ﺎَﻬْﻨِﻣ ْﻢُﻜﻴِﺗﺁ ﻲِّﻠَﻌَﻟ اًرﺎَﻧ ُﺖْﺴَﻧﺁ ) ٢٩ ( َﻠَﻓ ﺎَهﺎَﺗَأ ﺎﱠﻤ ﺎَﻧَأ ﻲِّﻧِإ ﻰَﺳﻮُﻣ ﺎَﻳ ْنَأ ِةَﺮَﺠﱠﺸﻟا َﻦِﻣ ِﺔَآَرﺎَﺒُﻤْﻟا ِﺔَﻌْﻘُﺒْﻟا ﻲِﻓ ِﻦَﻤْﻳﻷا ِداَﻮْﻟا ِﺊِﻃﺎَﺷ ْﻦِﻣ َيِدﻮُﻧ َﻦﻴِﻤَﻟﺎَﻌْﻟا ﱡبَر ُﻪﱠﻠﻟا ) ٣٠ ( ْﻢَﻟَو اًﺮِﺑْﺪُﻣ ﻰﱠﻟَو ﱞنﺎَﺟ ﺎَﻬﱠﻧَﺄَآ ﱡﺰَﺘْﻬَﺗ ﺎَهﺁَر ﺎﱠﻤَﻠَﻓ َكﺎَﺼَﻋ ِﻖْﻟَأ ْنَأَو ُﻳ َﻦﻴِﻨِﻣﻵا َﻦِﻣ َﻚﱠﻧِإ ْﻒَﺨَﺗ ﻻَو ْﻞِﺒْﻗَأ ﻰَﺳﻮُﻣ ﺎَﻳ ْﺐِّﻘَﻌ ) ٣١ ( َءﺎَﻀْﻴَﺑ ْجُﺮْﺨَﺗ َﻚِﺒْﻴَﺟ ﻲِﻓ َكَﺪَﻳ ْﻚُﻠْﺳا َنْﻮَﻋْﺮِﻓ ﻰَﻟِإ َﻚِّﺑَر ْﻦِﻣ ِنﺎَﻧﺎَهْﺮُﺑ َﻚِﻧاَﺬَﻓ ِﺐْهﱠﺮﻟا َﻦِﻣ َﻚَﺣﺎَﻨَﺟ َﻚْﻴَﻟِإ ْﻢُﻤْﺿاَو ٍءﻮُﺳ ِﺮْﻴَﻏ ْﻦِﻣ ُﻧﺎَآ ْﻢُﻬﱠﻧِإ ِﻪِﺌَﻠَﻣَو َﻦﻴِﻘِﺳﺎَﻓ ﺎًﻣْﻮَﻗ اﻮ ) ٣٢ ( «Bas, qachonki, Muso (kelishilgan) muddatni o‘tab, oilasi bilan Misr tomon yo‘lga tushgach, Tur (tog‘i) tarafidan bir olovni ko‘rib qoldi. U oilasiga: «Sizlar shu yerda kutib turinglar. Men bir olovni ko‘rib qoldim. Shoyad sizlarga biror xabar yoki isinib olishlaringiz uchun u olovdan cho‘g‘ olib kelsam» - dedi. Bas, qachonki, uning oldiga yetib kelgach, u muborak joydagi vodiyning o‘ng tarafidan – daraxtdan unga nido qilindi: «Ey Muso, Men barcha olamlarning parvardigori - Allohdirman! Asoyingni yerga tashla!». Bas, qachonki, Muso uni ilondek qimirlayotganini ko‘rgach, ortiga qaramay qochdi. (Unga deyildi): «Ey, Muso, qayt va qo‘rqma! Zero, sen omonlikdagi kishilardandirsan! Qo‘lingni qo‘yningga tiqqin, biror yomonliksiz oppoq bo‘lib chiqur va qanotingni (ya’ni, qo‘lingni) qo‘rquvdan yumib olgin (u yana o‘z holiga qaytar). Bas, shu ikkisi Rabbing tomonidan Fir’avn va uning zodagonlariga ikki hujjatdir. Darhaqiqat, ular fosiqlar qavmi edilar». (Qosos, 29-32-bet.) Muso (a.s.) ahllariga biror xabar olib kelaman, deb uzoqdan ko‘ringan olov yaqiniga bordilar. Mana shu muqaddas kecha va muqaddas makonda, ya’ni Tuvo vodiysida Muso (a.s.) Parvardigorlarining muborak ovozini eshitdilar, muborak bir vazifaga – payg‘ambarlik darajasiga erishdilar. ىًﻮُﻃ ِسﱠﺪَﻘُﻤْﻟا ِداَﻮْﻟﺎِﺑ َﻚﱠﻧِإ َﻚْﻴَﻠْﻌَﻧ ْﻊَﻠْﺧﺎَﻓ َﻚﱡﺑَر ﺎَﻧَأ ﻲِّﻧِإ ) ١٢ ( ﺎَﻤِﻟ ْﻊِﻤَﺘْﺳﺎَﻓ َﻚُﺗْﺮَﺘْﺧا ﺎَﻧَأَو ﻰَﺣﻮُﻳ ) ١٣ ( يِﺮْآِﺬِﻟ َةﻼﱠﺼﻟا ِﻢِﻗَأَو ﻲِﻧْﺪُﺒْﻋﺎَﻓ ﺎَﻧَأ ﻻِإ َﻪَﻟِإ ﻻ ُﻪﱠﻠﻟا ﺎَﻧَأ ﻲِﻨﱠﻧِإ ) ١٤ ( «Ey Muso, men sening Rabbingdirman. Bas, oyoq kiyimingni yechgin. Chunki sen muqaddas Tuvo vodiysidadirsan. Men seni (payg‘ambarlikka) tanladim. Bas, (O’zingga) yuboriladigan vahiyga quloq tut! Darhaqiqat, Men Allohdirman! Mendan o‘zga iloh yo‘q! Bas, Mengagina ibodat qil va meni eslash uchun namozni ado et!». (Toha, 12-14.) Alloh taolo «Toho» surasida ham, Muso (a.s.)ga o‘zining Parvardigor ekanini aytgandan so‘ng, Musoning qo‘llaridagi aso haqida so‘raydi va ushbu aso oddiy aso emasligini aytib, uni hamda Musoning qo‘llarini payg‘ambarlik mo‘‘jizasi qilganini xabarini beradi. ﻰَﺳﻮُﻣ ﺎَﻳ َﻚِﻨﻴِﻤَﻴِﺑ َﻚْﻠِﺗ ﺎَﻣَو ) ١٧ ( ﻲِﻤَﻨَﻏ ﻰَﻠَﻋ ﺎَﻬِﺑ ﱡﺶُهَأَو ﺎَﻬْﻴَﻠَﻋ ُﺄﱠآَﻮَﺗَأ َيﺎَﺼَﻋ َﻲِه َلﺎَﻗ ىَﺮْﺧُأ ُبِرﺂَﻣ ﺎَﻬﻴِﻓ َﻲِﻟَو ) ١٨ ( ﻰَﺳﻮُﻣ ﺎَﻳ ﺎَﻬِﻘْﻟَأ َلﺎَﻗ ) ١٩ ( ٌﺔﱠﻴَﺣ َﻲِه اَذِﺈَﻓ ﺎَهﺎَﻘْﻟَﺄَﻓ ﻰَﻌْﺴَﺗ Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob) www.ziyouz.com kutubxonasi 96 ) ٢٠ ( ﻰَﻟوﻷا ﺎَﻬَﺗَﺮﻴِﺳ ﺎَهُﺪﻴِﻌُﻨَﺳ ْﻒَﺨَﺗ ﻻَو ﺎَهْﺬُﺧ َلﺎَﻗ ) ٢١ ( ْجُﺮْﺨَﺗ َﻚِﺣﺎَﻨَﺟ ﻰَﻟِإ َكَﺪَﻳ ْﻢُﻤْﺿاَو ىَﺮْﺧُأ ًﺔَﻳﺁ ٍءﻮُﺳ ِﺮْﻴَﻏ ْﻦِﻣ َءﺎَﻀْﻴَﺑ Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling