Islomiyat tarixidir
Alloh bandalarini ko‘rib turuvchidir». Bas, Alloh u
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Payg'ambarlar tarixi islomiyat tarixidir
Alloh bandalarini ko‘rib turuvchidir». Bas, Alloh u (imon keltirgan kishi)ni ularning yomon makrlaridan saqladi va Fir’avn zodagonlarini yomon azob o‘rab oldi. (G’ofir, 45.) Muso (a.s.) va Horun (a.s.) qancha sa’y-harakat qilmasinlar, Fir’avn qavmidan juda oz kishi imonga keldi. Mufassirlarning ta’kidlashicha, qibtiylardan faqat uch kishi: Fir’avnning xotini Osiya, amakivachchasi Sham’on va Musoni Fir’avnning g‘azabidan ogohlantirib, hijrat qilishga ko‘ndirgan shaharlik kishi imonga kelgan edilar. Ibn Abbos (r.a.) aytadilar: «Mazkur imonga kelgan uch kishidan murod sehrgarlardan boshqalardir». Ba’zi olimlarning fikrlaricha, Muso va Horunga bani Isroilning hammasi, qibtiylardan ham katta guruh, bundan tashqari sehrgarlarning hammasi imon keltirgan edilar. Bu gapning rostligiga Qur’on oyati dalildir: ِّرُذ ﻻِإ ﻰَﺳﻮُﻤِﻟ َﻦَﻣﺁ ﺎَﻤَﻓ ﱠنِإَو ْﻢُﻬَﻨِﺘْﻔَﻳ ْنَأ ْﻢِﻬِﺌَﻠَﻣَو َنْﻮَﻋْﺮِﻓ ْﻦِﻣ ٍفْﻮَﺧ ﻰَﻠَﻋ ِﻪِﻣْﻮَﻗ ْﻦِﻣ ٌﺔﱠﻳ َﻦﻴِﻓِﺮْﺴُﻤْﻟا َﻦِﻤَﻟ ُﻪﱠﻧِإَو ِضْرﻷا ﻲِﻓ ٍلﺎَﻌَﻟ َنْﻮَﻋْﺮِﻓ ) ٨٣ ( “Musoga Fir’avn qavmidan faqat bir guruh kishilar Fir’avn va uning zodagonlarining fitna qilishlaridan xavfsiragan holda imon keltirdilar. Zero Fir’avn Yerda «oliy» va isrofgar tajovuzkorlardandir”. (Yunus, 83.) Shayx Abdulaziz Mansur ushbu oyatning tarjimasida: «Musoga qavmidan faqat bir guruh kishilar Fir’avn va uning zodagonlarining fitna qilishlaridan xavfsiragan holda imon keltirdilar» - deb, Isroil avlodlarining barchasi emas, bir qismi imonga kelganligini aytgan. Mazkur oyatning tafsirida Ibn Kasir shunday deydi: «Illo zurriyyatun min qovmihi» oyatidagi zamir Fir’avnga qaytadi. Chunki oyat mazmunining yo‘nalishi shuni taqozo qiladi. Ba’zilar zamirni Musoga qaytadi, deydilar. Avvalgi gap sahihdir. Chunki, Fir’avnning jabborligidan uning qavmi orasidagi mo‘minlar imonlarini yashirishga majbur bo‘lganlar. Musoning qavmi esa, ular imonlarini yashirsalar ham, yashirmasalar ham jabbor podshoh va kofir qavmning zulmi ostida edilar. Shuning uchun Muso (a.s.) o‘z qavmlarini sabrga, tavakkulga chaqirgan edilar: ْﻢُﺘْﻨُآ ْنِإ اﻮُﻠﱠآَﻮَﺗ ِﻪْﻴَﻠَﻌَﻓ ِﻪﱠﻠﻟﺎِﺑ ْﻢُﺘْﻨَﻣﺁ ْﻢُﺘْﻨُآ ْنِإ ِمْﻮَﻗ ﺎَﻳ ﻰَﺳﻮُﻣ َلﺎَﻗَو َﻦﻴِﻤِﻠْﺴُﻣ ) ٨٤ ( ﻰَﻠَﻋ اﻮُﻟﺎَﻘَﻓ َﻦﻴِﻤِﻟﺎﱠﻈﻟا ِمْﻮَﻘْﻠِﻟ ًﺔَﻨْﺘِﻓ ﺎَﻨْﻠَﻌْﺠَﺗ ﻻ ﺎَﻨﱠﺑَر ﺎَﻨْﻠﱠآَﻮَﺗ ِﻪﱠﻠﻟا ) ٨٥ ( َﻦﻳِﺮِﻓﺎَﻜْﻟا ِمْﻮَﻘْﻟا َﻦِﻣ َﻚِﺘَﻤْﺣَﺮِﺑ ﺎَﻨِّﺠَﻧَو ) ٨٦ ( Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob) www.ziyouz.com kutubxonasi 105 Muso dedi: «Ey qavmim! Allohga imon keltirgan ekansizlar, bas, Unga tavakkul ham qilingizlar, agar musulmon bo‘lsangizlar, albatta». Bas, ular dedilar: «Allohgagina tavakkul qildik. Ey Rabbimiz! Zolimlar qavmiga bizni fitna (aldanuvchi) qilib qo‘ymagin! O’z rahmating bilan bizni kofirlar qavmidan xalos etgin!». (Yunus, 84-86.) Muso va Horunga imon keltirganlarning soni ko‘paygani va shunga qaramay ular kofirlarning tazyiqi ostida yashashga majbur bo‘lgani uchun, Alloh taolo payg‘ambariga mo‘minlar uchun ibodatxona (masjid) bino qilishni, ko‘p ibodat bilan Allohga iltijo va tazarru’ qilishib, shu yo‘l bilan kofir qavmdan najot topishlarini vahiy qildi: ًﺔَﻠْﺒِﻗ ْﻢُﻜَﺗﻮُﻴُﺑ اﻮُﻠَﻌْﺟاَو ﺎًﺗﻮُﻴُﺑ َﺮْﺼِﻤِﺑ ﺎَﻤُﻜِﻣْﻮَﻘِﻟ ﺁﱠﻮَﺒَﺗ ْنَأ ِﻪﻴِﺧَأَو ﻰَﺳﻮُﻣ ﻰَﻟِإ ﺎَﻨْﻴَﺣْوَأَو َﻦﻴِﻨِﻣْﺆُﻤْﻟا ِﺮِّﺸَﺑَو َةﻼﱠﺼﻟا اﻮُﻤﻴِﻗَأَو ) ٨٧ ( Muso va uning birodariga vahiy orqali: «Qavmlaringiz uchun Misrda uylar hozirlangiz va uylaringizni qibla (namozgoh) etib, namoz o‘qingizlar va mo‘minlarga esa (ey, Muso) xushxabar (Bu “xushxabar” Fir’avn ustidan qilinadigan g‘alabaning xabaridir.) bering!» - deb aytdik. (Yunus, 87.) Barcha mo‘minlar ibodatda qoim bo‘lishib, Allohdan najot so‘rashga o‘tdilar. Muso (a.s.) esa butun qavmlariga najot so‘rab, Allohga iltijo bilan shunday duo qildilar: ﻻاَﻮْﻣَأَو ًﺔَﻨﻳِز ُﻩﻸَﻣَو َنْﻮَﻋْﺮِﻓ َﺖْﻴَﺗﺁ َﻚﱠﻧِإ ﺎَﻨﱠﺑَر ﻰَﺳﻮُﻣ َلﺎَﻗَو اﻮﱡﻠِﻀُﻴِﻟ ﺎَﻨﱠﺑَر ﺎَﻴْﻧﱡﺪﻟا ِةﺎَﻴَﺤْﻟا ﻲِﻓ َباَﺬَﻌْﻟا اُوَﺮَﻳ ﻰﱠﺘَﺣ اﻮُﻨِﻣْﺆُﻳ ﻼَﻓ ْﻢِﻬِﺑﻮُﻠُﻗ ﻰَﻠَﻋ ْدُﺪْﺷاَو ْﻢِﻬِﻟاَﻮْﻣَأ ﻰَﻠَﻋ ْﺲِﻤْﻃا ﺎَﻨﱠﺑَر َﻚِﻠﻴِﺒَﺳ ْﻦَﻋ َﻢﻴِﻟﻷا ) ٨٨ ( َﻞﻴِﺒَﺳ ِّنﺎَﻌِﺒﱠﺘَﺗ ﻻَو ﺎَﻤﻴِﻘَﺘْﺳﺎَﻓ ﺎَﻤُﻜُﺗَﻮْﻋَد ْﺖَﺒﻴِﺟُأ ْﺪَﻗ َلﺎَﻗ َنﻮُﻤَﻠْﻌَﻳ ﻻ َﻦﻳِﺬﱠﻟا ) ٨٩ ( Muso dedi: «Ey, Rabbimiz! Sen Fir’avn va uning zodagonlariga bu dunyoda zebu ziynat va molu mulk ato etding. Ey, Rabbimiz! (Bu esa, odamlarni) Sening yo‘lingdan ozdirishlariga sabab bo‘ldi. Ey, Rabbimiz! Mol-mulklarini barbod et va dillarini qattiq qil, toki (qiyomatda) alamli azobni ko‘rmagunlaricha imon keltirmasinlar». Alloh dedi: «Ikkingizning duoingiz ijobat etildi. Endi, to‘g‘ri bo‘lingizlar! Bilmaydiganlarning yo‘liga zinhor ergashmangizlar!». (Yunus, 88-89.) Muso (a.s.)ning duolari sababidan Alloh taolo Fir’avn va uning qavmi to‘plagan barcha boyliklarni, oltin-kumushlarni, don-dun, urug‘larni oddiy qiymatsiz toshga aylantirdi. Bu voqea xalifa Umar ibn Abdulaziz huzurida so‘zlanganda, u o‘zining bir quliga: «Bor, xaltani olib chiq!» - deb buyurdi. Qul xaltani olib kelganda, uning ichidan toshga aylanib qotib qolgan don va tuxum chiqdi». (Ibn Kasir. Qisasul-anbiyo. Qohira. 261-bet.) Alloh aytadi: َنﻮُﻌَﺒﱠﺘُﻣ ْﻢُﻜﱠﻧِإ يِدﺎَﺒِﻌِﺑ ِﺮْﺳَأ ْنَأ ﻰَﺳﻮُﻣ ﻰَﻟِإ ﺎَﻨْﻴَﺣْوَأَو ) ٥٢ ( “Biz Musoga: «Bandalarim (Isroil avlodi) bilan tunda yo‘lga chiqqin! Albatta, sizlarning izingizga tushilur» - deb vahiy yubordik”. (Shuaro, 52.) َﻳ ِﺮْﺤَﺒْﻟا ﻲِﻓ ﺎًﻘﻳِﺮَﻃ ْﻢُﻬَﻟ ْبِﺮْﺿﺎَﻓ يِدﺎَﺒِﻌِﺑ ِﺮْﺳَأ ْنَأ ﻰَﺳﻮُﻣ ﻰَﻟِإ ﺎَﻨْﻴَﺣْوَأ ْﺪَﻘَﻟَو ُفﺎَﺨَﺗ ﻻ ﺎًﺴَﺒ ﻰَﺸْﺨَﺗ ﻻَو ﺎًآَرَد ) ٧٧ ( Biz Musoga: «Sen bandalarimni (Isroil avlodini) tunda olib ket va (ortingdan) yetib kelishdan xavf qilmagan va (g‘arq bo‘lishdan ham) qo‘rqmagan holingda dengizdan ularga quruq yo‘l och» - deb vahiy yubordik. (Toha, 77.) Mufassirlar va ahli kitoblardan ba’zilarining xabar berishlaricha, Muso (a.s.)ga bani Isroilni olib Misrdan chiqib ketish buyurilgan kuni, ular o‘zlarining bir milliy bayramlariga to‘planish uchun Fir’avndan ijozat so‘radilar. Fir’avn ichida norozi bo‘lsa ham, ijozat bermaslikning yo‘lini topolmadi. Ahli kitoblardan rivoyat etilishicha, Bani Isroilga Misrdan chiqib ketishga amr etilgach, Alloh taolo ushbu oyni ularning yilboshiga aylantirdi va ularga har bir oila o‘zlari uchun yangi tug‘ilgan qo‘zi so‘yish, agar ular bunga muhtoj bo‘lmasalar, qo‘shnilarga yordam berish buyurildi. Qo‘zilar so‘yilgandan keyin, uning qoni bilan darvozalariga alomat qo‘yish ham ta’kidlandi. Qo‘zi a’zolarining hamma go‘shtlarini, qaynatib emas, qovurib yeyish, ulardan biror narsani qoldirmaslik, uydan tashqariga hech narsa chiqarmaslik, qo‘zining suyagini sindirmaslik, endi yetti kungacha ovqatlari faqat patir non bo‘lishi buyurildi. Bani Isroil bu ajoyib ziyofatni bahor payti, yangi yilning birinchi oyi, o‘n to‘rtinchi kunida boshladilar. Ularga yana shart qilindiki, taomlanayotgan vaqtlarida bellari belbog‘ bilan mahkam bog‘langan, oyoqlaridan mahsilari yechilmagan, hassalari qo‘llarida bo‘lgan va tik turgan holda taomni tez-tez tanovul qilsinlar. Ovqatdan ortib qolsa, uni kelgusi kunga saqlab qo‘ymasdan, o‘tda kuydirib yuborsinlar. Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob) www.ziyouz.com kutubxonasi 106 Isroil avlodlariga mana shu ajoyib ziyofat kuni shar’an bayram kuniga aylandi va to Tavrot dunyoda mavjud va ma’mul ekan bu bayram davom etadi. Shu kechada Misrliklar bani Isroilni unutsinlar va o‘zlari bilan ovora bo‘lsinlar deb, Alloh taolo Qibt qabilasi odamlaridan va chorva mollaridan juda ko‘pini o‘ldirdi. Misrliklar o‘zlarining musibatlari bilan band ekanlar, bani Isroil tun yarmida Misrdan chiqishib, Shom tarafiga qarab yurib ketishdi. Bani Isroilning Misrdagi turg‘unlik hayoti to‘rt yuz o‘ttiz yilni tashkil etdi. Ular Misrdan qochib chiqqan yil «Fasx» yili bo‘lib, ana shu yil munosabati bilan «Fasx» bayrami tashkil etilgan. Bani Isroilning e’tirof etishlaricha, ularning muqaddas kitoblarida shar’iy qilingan uchta bayram bo‘lib, birinchisi «Fasx» (Nasroniylarning “Pasxa” bayrami yahudiylarning mazkur bayramlarining davomidir) bayrami, ikkinchisi «Fitr» (Musulmonlar singari yahudiylarda ham “iydul-fitr”, ya’ni Ramazon hayiti mavjud) bayrami, uchinchisi «Himl» (Misrdan chiqib ketishga Fir’avn izn bergan kechada, hamma yahudiylar yeyish uchun qo‘zi so‘yishga buyurilgan va shu kuni ularda ozodlik bayrami hisoblanadi. Shu munosabat bilan bu bayram “iydul- himl”, ya’ni qo‘zi so‘yish bayrami deyiladi) bayrami deb nomlanadi. Misrdan Muso va Horun (a.s.)lar bilan chiqqan yahudiylar soni yetti yuz ming erkak edi. Bu hisobga ayollar va cho‘rilar kirmaydi. Ahli kitoblarning aytishlaricha, Allohning amri bilan bani Isroil bayramga bezanib chiqish uchun Fir’avn qavmlaridan turli qimmatbaho taqinchoqlarni ijaraga oldilar. Juda ko‘p boylikni o‘zlari bilan olib, kechasi Shom tarafga qarab yurishni tezlatdilar. Ular Misrdan chiqishda Yusuf payg‘ambarning tobutlarini ham olib ketdilar. Bani Isroil kechayu kunduz yo‘l yurdilar, ularga kunduzi bulut soya qilar, oq nurdan bo‘lgan ustun ularni yo‘lga boshlar, kechasi esa olov ustun ularning yo‘lini yoritar edi. Shu bo‘yi ular yo‘l yurib, dengiz sohiliga yetdilar. Muso va uning qavmi Misrdan chiqib, Shom tarafga qochib ketayotganining xabari Fir’avnga yetib kelgach, u o‘zini qo‘yarga joy topolmay qoldi va tezlik bilan askar to‘plab, bani Isroilning izidan quvishga tushdi. َﻦﻴِﻗِﺮْﺸُﻣ ْﻢُهﻮُﻌَﺒْﺗَﺄَﻓ ) ٦٠ ( ﱠﻧِإ ﻰَﺳﻮُﻣ ُبﺎَﺤْﺻَأ َلﺎَﻗ ِنﺎَﻌْﻤَﺠْﻟا ىَءاَﺮَﺗ ﺎﱠﻤَﻠَﻓ َنﻮُآَرْﺪُﻤَﻟ ﺎ ) ٦١ ( Bas, (Fir’avn lashkari) tong paytida ularning iziga tushdilar. Bas, qachonki, ikki jamoa bir-birini ko‘rishgach, Musoning hamrohlari: «Bizlar aniq tutildik» - dedilar. (Shuaro, 60-61) Fir’avnning quvib kelayotganini ko‘rib, qavm dahshatga tushdi. Ularning ba’zilari: «Qul bo‘lsak ham Misrda qolganimiz mana shu cho‘lda o‘lib ketganimizdan yaxshiroq edi» - deb afsus chekishdi. Ularni Muso (a.s.): «Qo‘rqmanglar, Fir’avn va uning askarlari endi Misrga qaytib borisholmaydi» - deb tinchlantirdilar. Alloh taolo aytadi: ِﻦﻳِﺪْﻬَﻴَﺳ ﻲِّﺑَر َﻲِﻌَﻣ ﱠنِإ ﻼَآ َلﺎَﻗ ) ٦٢ ( (Muso) aytdi: «Yo‘q, men bilan birga Parvardigorim bor. Albatta, U meni (xavfsiz) yo‘lga boshlar!». (Shuaro, 60-62.) Alloh taolo payg‘ambari Musoga najot yo‘lini ko‘rsatib, qo‘lidagi aso bilan dengizni urishni buyurdi: ِﻢﻴِﻈَﻌْﻟا ِدْﻮﱠﻄﻟﺎَآ ٍقْﺮِﻓ ﱡﻞُآ َنﺎَﻜَﻓ َﻖَﻠَﻔْﻧﺎَﻓ َﺮْﺤَﺒْﻟا َكﺎَﺼَﻌِﺑ ْبِﺮْﺿا ِنَأ ﻰَﺳﻮُﻣ ﻰَﻟِإ ﺎَﻨْﻴَﺣْوَﺄَﻓ ) ٦٣ ( “Bas, Biz Musoga: «Asoying bilan dengizni urgin!» - deb vahiy yubordik. Bas, (dengiz) bo‘linib, har bir bo‘lak suv ulkan tog‘ kabi bo‘ldi”. (Shuaro, 63.) Dengiz yorilib, undan o‘n ikkita yo‘l ochildi. Baniy Isroilning o‘n ikki qabilasi alohida-alohida yo‘ldan yura boshladilar. Suv esa Allohning buyrug‘i bilan o‘rkachlar misoli tog‘dek qotib qolgan edi. (Ibn Kasir. Qisasul- anbiyo. Qohira. 263-bet.) Abdulloh ibn Abbos, Mujohid, Ikrima, ar-Rabi’, az-Zahhok, Qatoda, Ka’bul ahbor, Sammok ibn Harb va boshqa olimlarning rivoyat qilishlaricha, Musoning qavmi dengizdan o‘tib bo‘lganda ham, dengiz harakatsiz holda, mavjlar o‘rkachsimon tog‘dek qotib turar ekan, dengiz sohiliga Fir’avn yetib keldi. Dengizning ko‘rinishi uning yuragiga vahima soldi. Dengizning bunday hay’atda ko‘rinishi faqat qudratli Allohning ishi ekanligini ko‘nglidan o‘tkazdi. Nogahon otining jilovini tortib, dengiz kechuviga tushmadi. Musoning ketidan quvib bekor yo‘lga tushdim, deb afsus chekdi, lekin bu yerdagi afsusdan hech foyda yo‘q edi. Qo‘rqayotganini bildirmaslik uchun o‘zini lashkarlariga jasur va mo‘‘jizakor qilib ko‘rsatishga urindi. Ularga: «Qaranglar, menga itoat qilmasdan, mening mamlakatimdan qochib ketayotgan qullarimni tutib olishim uchun dengiz menga qanday sharoit yaratib, bo‘yin egyapti» - deb xitob qildi. Ular ham shu yo‘ldan o‘tayotganlarida dengiz ularning ustini suv bilan yopdi va barcha dushman askarlari suvga g‘arq bo‘lishdi. Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob) www.ziyouz.com kutubxonasi 107 ُﻪَآَرْدَأ اَذِإ ﻰﱠﺘَﺣ اًوْﺪَﻋَو ﺎًﻴْﻐَﺑ ُﻩُدﻮُﻨُﺟَو ُنْﻮَﻋْﺮِﻓ ْﻢُﻬَﻌَﺒْﺗَﺄَﻓ َﺮْﺤَﺒْﻟا َﻞﻴِﺋاَﺮْﺳِإ ﻲِﻨَﺒِﺑ ﺎَﻧْزَوﺎَﺟَو َﺑ ِﻪِﺑ ْﺖَﻨَﻣﺁ يِﺬﱠﻟا ﻻِإ َﻪَﻟِإ ﻻ ُﻪﱠﻧَأ ُﺖْﻨَﻣﺁ َلﺎَﻗ ُقَﺮَﻐْﻟا َﻦﻴِﻤِﻠْﺴُﻤْﻟا َﻦِﻣ ﺎَﻧَأَو َﻞﻴِﺋاَﺮْﺳِإ ﻮُﻨ ) ٩٠ ( َنﻵﺁ َﻦﻳِﺪِﺴْﻔُﻤْﻟا َﻦِﻣ َﺖْﻨُآَو ُﻞْﺒَﻗ َﺖْﻴَﺼَﻋ ْﺪَﻗَو ) ٩١ ( «Isroil avlodini dengizdan o‘tkazdik. Fir’avn va uning lashkarlari ular ortidan zo‘ravonlik va zulm yuzasidan ergashdilar. Unga (Fir’avnga) g‘arq bo‘lish soati yetishganda aytdi: «Imon keltirdimki, Isroil avlodi imon keltirgan Zotdan o‘zga iloh yo‘qdir. Men ham musulmonlardanman». (Alloh dedi): «Endimi?! Axir, sen ilgari itoatsizlik qilganding va buzg‘unchilardan eding-ku! (Yunus, 90-91.) Abu Dovud at-Tayolisiy rivoyatida Ibn Abbos (r.a.) aytadilar: «Payg‘ambarimiz (s.a.v.) dedilar: «Menga Jabroil (a.s.) shunday dedi: «Dengiz yutgan kuni Fir’avnga Allohning rahmati yetib qolmasin deb uning og‘ziga qanday urganimni ko‘rsangiz edi». Said ibn Jubayr rivoyatida Ibn Abbos (r.a.) dedilar: «Alloh taolo Fir’avnni suvga g‘arq qilgan paytda, u barmoqlari bilan ishora qilib, baland ovozda: «Men Isroil avlodlari imon keltirgan yagona Allohga imon keltirdim!» - dedi. Jabroil (a.s.) Fir’avnga Allohning g‘azabidan oldin rahmati yetib qolishidan qo‘rqib, uning yuziga qanotlari bilan urib hushidan ketkizdilar». Zahhok ibn Qays odamlarga qilgan mav’izasida shunday rivoyat qiladi: «Jabroil (a.s.) dedilar: «Dunyoda men hech kimni «Men oliy rabbingizman» -degan Fir’avnchalik yomon ko‘rmaganman. Shuning uchun ham u g‘arq bo‘lishini bilib Allohga imon keltirgan vaqtda uning og‘ziga loy bilan urib to‘ldirganman». (Ibn Kasir. Qisasul-anbiyo. Qohira, 266-bet.) Ibn Abbos (r.a.) va boshqa bir necha olimlarning aytishlaricha, bani Isroil Fir’avnning o‘limiga ishonmadilar. Hatto ba’zilari: «Fir’avn o‘lmaydigan odam» - deyishardi. Alloh taolo ishonmaganlarga hujjat, o‘zining qudratiga ibrat bo‘lsin uchun dengizga, Fir’avnning jasadini ustidagi jang libosi bilan suv yuziga chiqarishni amr qildi. Alloh aytadi: َنﻮُﻠِﻓﺎَﻐَﻟ ﺎَﻨِﺗﺎَﻳﺁ ْﻦَﻋ ِسﺎﱠﻨﻟا َﻦِﻣ اًﺮﻴِﺜَآ ﱠنِإَو ًﺔَﻳﺁ َﻚَﻔْﻠَﺧ ْﻦَﻤِﻟ َنﻮُﻜَﺘِﻟ َﻚِﻧَﺪَﺒِﺑ َﻚﻴِّﺠَﻨُﻧ َمْﻮَﻴْﻟﺎَﻓ ) ٩٢ ( «Mana bugun sendan keyingilarga belgi (ibrat) bo‘lishing uchun jasadingni qutqarurmiz. Haqiqatan, odamlarning aksariyati oyatlarimizdan g‘ofildirlar». (Yunus, 92.) Imom Buxoriy «Sahih»ida rivoyat qilgan hadis Fir’avnning halok bo‘lishi Ashuro kuni sodir bo‘lganini tasdiqlaydi. Ibn Abbos (r.a.) aytadilar: «Payg‘ambarimiz (s.a.v.) Madinaga kelganlarida, u yerdagi yahudiylar Ashuro kuni ro‘za tutardilar. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ulardan buning sababini so‘radilar. Ular: «Bu kun Muso payg‘ambar Fir’avndan g‘olib kelgan kun» - deb javob berdilar. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) sahobalarga: «Musoga yahudiylardan ko‘ra sizlar haqdorroqsizlar, shu kuni ro‘za tutinglar! » - dedilar. Alloh taolo aytadi: ﺎَﻬﻴِﻓ ﺎَﻨْآَرﺎَﺑ ﻲِﺘﱠﻟا ﺎَﻬَﺑِرﺎَﻐَﻣَو ِضْرﻷا َقِرﺎَﺸَﻣ َنﻮُﻔَﻌْﻀَﺘْﺴُﻳ اﻮُﻧﺎَآ َﻦﻳِﺬﱠﻟا َمْﻮَﻘْﻟا ﺎَﻨْﺛَرْوَأَو ِﻨَﺑ ﻰَﻠَﻋ ﻰَﻨْﺴُﺤْﻟا َﻚِّﺑَر ُﺔَﻤِﻠَآ ْﺖﱠﻤَﺗَو ُنْﻮَﻋْﺮِﻓ ُﻊَﻨْﺼَﻳ َنﺎَآ ﺎَﻣ ﺎَﻧْﺮﱠﻣَدَو اوُﺮَﺒَﺻ ﺎَﻤِﺑ َﻞﻴِﺋاَﺮْﺳِإ ﻲ َنﻮُﺷِﺮْﻌَﻳ اﻮُﻧﺎَآ ﺎَﻣَو ُﻪُﻣْﻮَﻗَو ) ١٣٧ ( ٍمْﻮَﻗ ﻰَﻠَﻋ اْﻮَﺗَﺄَﻓ َﺮْﺤَﺒْﻟا َﻞﻴِﺋاَﺮْﺳِإ ﻲِﻨَﺒِﺑ ﺎَﻧْزَوﺎَﺟَو ًﻬَﻟِإ ﺎَﻨَﻟ ْﻞَﻌْﺟا ﻰَﺳﻮُﻣ ﺎَﻳ اﻮُﻟﺎَﻗ ْﻢُﻬَﻟ ٍمﺎَﻨْﺻَأ ﻰَﻠَﻋ َنﻮُﻔُﻜْﻌَﻳ ٌمْﻮَﻗ ْﻢُﻜﱠﻧِإ َلﺎَﻗ ٌﺔَﻬِﻟﺁ ْﻢُﻬَﻟ ﺎَﻤَآ ﺎ َنﻮُﻠَﻬْﺠَﺗ ) ١٣٨ ( «Bas, (Biz) ulardan «o‘ch» oldik – oyatlarimizni yolg‘onga chiqarganlari va ulardan g‘aflatda bo‘lganlari sababli ularni dengizga g‘arq qildik. Biz barakotli qilib qo‘ygan Yerning mag‘rib va mashriqlariga zaiflashtirilayotgan (xo‘rlanayotgan) qavm (Muso qavmi)ni merosxo‘r qilib qo‘ydik. Sabr qilganlari sababli Isroil avlodiga Rabbingizning chiroyli so‘zlari (bergan va’dasi) o‘z adosini topdi. Fir’avn va uning qavmi qurgan binolari hamda ko‘targan qasru burjlarini vayron qildik». (A’rof, 137- 138.) Alloh taolo Fir’avn va uning a’yonlarini, vazir va amirlarini, qudratli qo‘shinini dengizda halok qildi. Mamlakatda oddiy mehnatkash va hunarmand ra’iyatdan boshqa odam qolmadi. Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob) www.ziyouz.com kutubxonasi 108 Ibn Abdulhakim «Misr tarixi» kitobida shunday yozadi: «Mana shu vaqtdan boshlab ayollarning erkaklar ustidan hukmronligi boshlandi. Amirlar, vazirlar va boshqa mansabdorlarning beva qolgan xotinlari nasab jihatidan o‘zlaridan past sanalgan oddiy mehnatkash erkaklarga turmushga chiqishga majbur bo‘ldilar. Ammo avvaldan qul yoki xizmatkorga mensimasdan muomala qilib o‘rgangan boyvuchcha ayollar, ularga xotin bo‘lib tekkanlaridan keyin ham o‘z maqomlarini tark etmadilar, erlariga shunday qo‘pol muomala qilishda davom etdilar. Ayollarning bunday dimog‘dorligi, oila jilovini o‘z qo‘llariga olishga intilishlari Misrda hozirgi paytgacha davom etib kelmoqda». Ahli kitoblar aytadilar: «Alloh taolo Fir’avn va uning qavmini halok qilganidan keyin, Muso (a.s.) va bani Isroil: «O’zining do‘stlari bo‘lgan otliqlarni (Isroil avlodlarini) halokatli dengizdan sog‘-salomat o‘tkazgan, dushman askarlariga esa qahr qilgan qudratli Parvardigorimizni ulug‘laymiz!» - deb tasbih aytdilar. Nabiyya Maryam qo‘liga childirma olib chiqdi, boshqa ayollar ham childirma, nog‘oralarni ko‘targan holda unga ergashdilar. Maryam jo‘r ayollarga bosh bo‘lgan holda shunday tasbeh aytdi: «Otliq dushmanlarga qahr etib, ularni dengizga uloqtirgan Rabbimizni poklayman». Nabiyya Maryam Muso va Horunning tug‘ishgan opasi edi. Uning «nabiyya» deb atalishiga sabab, odatda podshoh xonadonidan bo‘lgan har qanday ayol-qizga malika, amirlik xonadonidan bo‘lsa, amira deb murojaat qilinganidek, ikki payg‘ambarning opasi bo‘lgan Maryamni ham nabiyya deb atashardi. Maryam va boshqa ayollarning xursandchilikdan childirma va nog‘ora chalishlari Muso (a.s.)ning shariatlarida man etilmagan edi. Shuningdek, nikoh to‘ylarida, g‘oyibni kutib olishda nog‘ora va childirma chalish Muhammad (s.a.v.)ning shariatlarida ham man etilmagan. Oysha onamizning xonadonlarida qizlar childirma chalib o‘yin qilishayotgan, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) esa devorga o‘girilib yotgan edilar. Abu Bakr Siddiq kirib qoldilar va qizlarga: «Rasulullohning uylarida Shaytonning o‘yinini qilyapsizlarmi?» - deb zajr qildilar. Payg‘ambarimiz (s.a.v.): «Ey Abu Bakr, ularni o‘z holiga qo‘ying, har bir qavmning bayram kuni bo‘ladi, bugun bizning bayramimizdir» - dedilar. ُﻣ ﺎَﻳ اﻮُﻟﺎَﻗ ْﻢُﻬَﻟ ٍمﺎَﻨْﺻَأ ﻰَﻠَﻋ َنﻮُﻔُﻜْﻌَﻳ ٍمْﻮَﻗ ﻰَﻠَﻋ اْﻮَﺗَﺄَﻓ َﺮْﺤَﺒْﻟا َﻞﻴِﺋاَﺮْﺳِإ ﻲِﻨَﺒِﺑ ﺎَﻧْزَوﺎَﺟَو ﻰَﺳﻮ َنﻮُﻠَﻬْﺠَﺗ ٌمْﻮَﻗ ْﻢُﻜﱠﻧِإ َلﺎَﻗ ٌﺔَﻬِﻟﺁ ْﻢُﻬَﻟ ﺎَﻤَآ ﺎًﻬَﻟِإ ﺎَﻨَﻟ ْﻞَﻌْﺟا ) ١٣٨ ( ِﻪﻴِﻓ ْﻢُه ﺎَﻣ ٌﺮﱠﺒَﺘُﻣ ِءﻻُﺆَه ﱠنِإ َنﻮُﻠَﻤْﻌَﻳ اﻮُﻧﺎَآ ﺎَﻣ ٌﻞِﻃﺎَﺑَو ) ١٣٩ ( َﻦﻴِﻤَﻟﺎَﻌْﻟا ﻰَﻠَﻋ ْﻢُﻜَﻠﱠﻀَﻓ َﻮُهَو ﺎًﻬَﻟِإ ْﻢُﻜﻴِﻐْﺑَأ ِﻪﱠﻠﻟا َﺮْﻴَﻏَأ َلﺎَﻗ ) ١٤٠ ( «Isroil avlodini dengizdan o‘tkazganimizda, o‘z sanamlariga sig‘inayotgan bir qavm ustidan chiqib qoldilar-da, aytdilar: «Ey Muso! Ularning ilohlari kabi bizga ham iloh yasab ber!» (Muso): «Sizlar johil qavm ekansizlar. Zero, ularning sig‘inib turgan narsalari barbod bo‘luvchi va qilayotgan ishlari botil (behuda ish)dir». (Muso yana) dedi: «Sizlar uchun olamlar uzra sizlarni afzal qilib qo‘ygan Allohdan o‘zga iloh qidirayinmi?!». (A’rof, 138-140.) Abu Voqid al-Laysiy shunday rivoyat qiladi: «Biz Rasululloh (s.a.v.) bilan Hunayn tarafga jihodga chiqdik. Sidra nomli daraxt yonidan o‘tayotganimizda Rasulullohga: «Bizga ijozat bersangiz, mana shu daraxtdan kofirlar foydalanganlaridek, biz ham qurol-aslahalarimizni unga osib, atrofida aylanib, biroz istirohat qilardik» - dedik. Rasululloh (s.a.v.): «Allohu akbar! Bu gap Isroil avlodlarining gapi edi. Sizlar ham qadimda o‘tgan qavmlarning ishini takrorlayapsizlar!» - dedilar. (Imom Ahmad rivoyat qilgan.) Muso (a.s.) o‘z qavmlari bilan dunyoning eng katta shahri hisoblangan Ariho(Hozirgi Quddus shahri) 454 ga yo‘l oldilar. U yerni Amoliqa qavmidan tortib olmoqchi bo‘ldilar. Isroil avlodlariga Allohning berayotgan ne’matlarini eslatib, uning shukronasi uchun jihodga buyurilganini, bu jihodda ularning g‘alaba qilish bashorati berilganini ham aytdilar. Lekin ular Muso (a.s.) ga itoatsizlik qilib: «Jabbor bir qavm bilan biz jang qilmaymiz. Sen Rabbing bilan borib jang qil», - deyishdi. ْذِإ ْﻢُﻜْﻴَﻠَﻋ ِﻪﱠﻠﻟا َﺔَﻤْﻌِﻧ اوُﺮُآْذا ِمْﻮَﻗ ﺎَﻳ ِﻪِﻣْﻮَﻘِﻟ ﻰَﺳﻮُﻣ َلﺎَﻗ ْذِإَو ﺎًآﻮُﻠُﻣ ْﻢُﻜَﻠَﻌَﺟَو َءﺎَﻴِﺒْﻧَأ ْﻢُﻜﻴِﻓ َﻞَﻌَﺟ Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling